Audivizual idrok (ing. audio - eshitmoq vision - ko’rmoq) - bir vaqtning o’zida ham eshitib, xam ko’rib idrok qilish.
Gallyusinasiya (lot. - cinatio - alahlash) - real voqelikdagi narsa va hodisalarning analizatorlarga bevosita ta'sirisiz ongimizda turli obrazlarning hayoliy ravishda paydo bo’lishidan iborat psixopatologik hodisa.
Idrok - sezgi a'zolariga ta'sir etib turgan narsa va hodisalarni bevosita yaxlitligicha aks ettirish jarayoni.
Idrokning konstantligi - (lot. constantis - o’zgarmas, doimiy) - idrok sharoiti o’zgarsada, idrok qilishdan hosil bo’lgan narsa obrazlarning (ularning shakli, rangi, hajmi) nisbatan o’zgarmasligi, turg’unlik holati.
Idrokning predmetliligi - jamiki olamdan olingan ma'lumotlarni - axborotlarni ichki olam ob'ektiga kiritish xususiyati.
Idrokning butunliligi - idrok xususiyatlaridan bo’lib, bu sezgi a'zolariga bevosita ta'sir etib turgan ob'ektlarni, ularning belgi va xususiyatlari bilan birgalikda qo’shib idrok qilishdan iborat.
Illyuziya - (lot. illusio - aldash) - borliqning noto’g’ri idrok etilishi.
Kuzatuvchanlik - shaxs xususiyatlaridan biri, u kishining idrok qilish jarayonnda narsalarni kamdan-kam uchraydigan ammo muhim tomonlarini payqay olishida namoyon bo’ladi.
Perseptiv harakatlar (lot. regsertio - idrok etmoq) - idrok jarayonining asosiy tuzilishi birligi, bu idrok ob'ektlarini bilib olish va uni xotira obrazlari bilan solishtirishdan iborat.
Perseptiv tizim - idrokning muayyan jarayonini ta'minlovchi analizatorlar yig’indisi.
Predmetlilik (idrokda) - ob'ektivlashtirish holati, unda tashqi olamdan olinadigan ma'lumotlar qayta va shu borliq bilan solishtiriladi va natijada idrokning haqiqiy buyum va narsalarni qabul qilishini ta'minlaydi.
Tanlovchanlik - idrokning xususiyati, buni shaxsning yo’nalishi yoki uning tajribasini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |