O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim


Tafakkurning nerv-fiziologik asosi


Download 3.55 Mb.
bet187/314
Sana14.11.2023
Hajmi3.55 Mb.
#1773244
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   314
Bog'liq
хайдаров, халилова. umumiy psixologiya (1)

Tafakkurning nerv-fiziologik asosi


Tafakkur faoliyati muayyan maqsadga qaratilgan alohida ongli jarayon tariqasida sodir bo’ladi. Bosh miyaning biror uchastkasidagi faoliyat emas, balki butun bosh miya po’stining faoliyati mana shu jarayonning fiziologik asosidir. Tafakkur faoliyati uchun avvalo analizatorlarning miyadagi uchlari o’rtasida vujudga keladigan murakkab bog’lanishlar muhim ahamiyatga egadir. Analizatorlarning bosh miya po’stidagi uchastkalari bir-biridan keskin ajralgan holda emas, balki bir-biriga tutashib, bir-biri bilan chambarchas bog’lanib
ketganligi sababli mazkur bog’lanishlarning vujudga kelishi yuqorida aytib o’tilganidek, tafakkurning maxsus nerv-fiziologik mexanizmlaridir. Bunda ikkinchi signallar tizimining bog’lanishlari birinchi signal tizimidagi bog’lanishlarga tayanadi.
I.P.Pavlov ikkinchi signal tizimining ishi hamisha birinchi signal tizimi bilan o’zaro o’tkazish jarayonida hozir bo’ladi, deb ta'kidlagan. Ikkinchi signal tizimi asosida birinchi signal bilan o’zaro ta'sir qilish jarayonida dastlab umuminsoniy empirizmni va nihoyat odamning o’z tevaragidagi olamni va uning o’zini bilish uchun oliy qurol bo’lgan oliy tafakkur voq'e bo’ladi. Tafakkurning muayyan bir narsaga qaratilishi uchun nerv-fiziologik asos bo’lgan orientirovka refleksi tafakkur jarayonlarida katta rol o’ynaydi. Akademik I.P.Pavlov ta'kidlaganidek, "avvalo umuminsoniy empirizmni nihoyat, atrof olamni va insonning o’zini ham bilish uchun oliy qurol bo’lgan fanni ham yaratuvchi maxsus insoniy oliy tafakkur zarurdir".

Tafakkur operasiyalari


Tafakkur jarayoni insonning bilishga bo’lgan ehtiyojlari, tevarak-atrofdagi olam va turmush to’g’risidagi o’z bilimlarini kengaytirishga va chuqurlashtirishga intilish sababli vujudga keladi. Fikr qiluvchi kishining tafakkuri-ob'ektni anglashi, bilishi tafakkur jarayonining xarakterli xususiyatidir. Odam o’zi idrok qilayotgan narsalar to’g’risida fikr qiladi. Shuning uchun tushunchalar narsalarning butun bir sinfi, turkumi to’g’risida fikr qiladi, ya'ni bular tafakkurning ob'ekti bo’ladi. Bir narsaga tayanmagan quruqdan quruq tafakkur bo’lishi mumkin emas.
Analiz, sintez, taqqoslash, abstraksiyalash va umumlashtirish, tasniflash va tizimga solish aqliy operasiyalarning asosiy turlaridir.
Analiz - shunday bir tafakkur operasiyasidirki uning yordami bilan biz narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy jihatdan xususiyatlarini tahlil qilamiz. Analiz jarayonida butunning uning qismlariga va elementlariga bo’lgan munosabati aniqlanadi. Tahlil ob'ektlari amalda ajratib bo’lmaydigan elementlarga yoki belgilarga bo’lishda ifodalanishi mumkin. Allomalarimizning ta'kidlashicha, maymunning yong’oqni chaqishining o’ziyoq boshlang’ich, oddiy analizdir. O’quvchi va talaba yoshlar turmushda va va dars jarayonida analiz yordami bilan ko’pgina ishlarni amalga oshiradilar, topshiriqlar, misol va masalalarni yechadilar. Demak, tabiat va jamiyatdagi bilim va tajribalarni inson tomonidan o’zlashtirib olish analizdan boshlanadi. Masalan, buni quyidagi sxemada ko’rish mumkin. Muammoli vaziyatlarni yechish usullari




Download 3.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling