Sport psixologiyasi - sportchilar shaxsi va faoliyati xususiyatlarini, ularning psixologik jihatdan tayyorligining shart-sharoitlari, musobaqalarni tashkil etish va o’tkazish bilan bog’liq psixologik omillarni o’rganadi.
Savdo psixologiyasi - asosan rivojlangan mamlakatlarda keng taraqqiy etgan bo’lib, kishilar ruhiyatiga tijorat ta'sirini psixologik shart-sharoitini, xaridorlarga xizmat ko’rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi. Modalar psixologiyasini tadqiq qiladi.
San'at psixologiyasi - san'at asarlarining yaratilishida faoliyat-ning psixologik tomonlarini, inson tomonidan badiiy asarlarni idrok etilishi, turli
hodisalarni paydo bo’lishi va estetik tarbiya muammolari, musiqaviy, badiiy, adabiy qobiliyatlarni shakllantirish va tarbiyalash muammolarini o’rganadi.
Ilmiy ijodiyot psixologiyasi ilmiy faoliyatning psixologik xususiyatlari, ijodiyotda intuisiya va ilhomni tadqiq qiladi.
Rivojlanishning yosh xususiyatlarini o’rganuvchi sohalar.
yosh psixologiyasi - inson shaxsining psixologik xususiyatlari va bilish jarayonlarining ontogenezda rivojlanishini o’rganadi. Yosh psixologiyasi bolalar psixologiyasi, o’smirlar psixologiyasi, kattalar psixologiyasi, gerontopsixologiya kabi tarmoqlarga bo’linadi.
patopsixologiya- miya faoliyati buzilishlari natijasida kelib chiqadigan turli shakldagi ruhiy rivojlanishdan chetlanishni o’rganadi.
Oligofrenopsixologiya - miyaning tug’ma kamchiliklari tufayli paydo bo’ladigan bo’limlarni o’rganadi.
Surdopsixologiya - eshitish faoliyatida jiddiy nuqsonlari bo’lgan bolalarning
rivojlanishini o’rganadi.
Tiflopsixologiya - ko’rish qobiliyati past yoki umuman ko’rmaydigan kishi faoliyatini o’rganadi.
Qiyosiy psixologiya -hayotning filogenetik shakllarini o’rganuvchi psixologiya sohasi bo’lib, inson va hayvonlar psixologiyasini solishtirish orqali o’xshashlik va farq qiluvchi tomonlarini aniqlaydi.
Akmeologiya yetuklik darajasiga erishgan shaxs rivojlanishining yuqori darajasi ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini, ayniqsa rivojlanishining eng yuqori cho’qqiga erishish xususiyatlarini o’rganadi.
Inson va jamiyat o’rtasidagi munosabatlarning psixologik tomonlarini o’rganuvchi psixologiya sohalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |