O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim


Download 3.55 Mb.
bet44/314
Sana14.11.2023
Hajmi3.55 Mb.
#1773244
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   314
Bog'liq
хайдаров, халилова. umumiy psixologiya (1)

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Uning
Pedagogik psixologiya-uning predmeti o’quvchilarga ta'lim-tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini o’rganish, o’quvchilar tafakkurini taraqqiy topishi, intellektual faoliyat malakalari va usullarini o’zlashtirish jarayonini boshqarish masalalarini o’rganadi. Pedagogik psixologiya bo’limlari quyidagilardir:

    1. ta'lim psixologiyasi;

    2. tarbiya psixologiyasi;

  1. o’qituvchi psixologiyasi;

Tibbiyot psixologiyasi shifokor faoliyatining va bemor xulq-atvorining psixologik jihatlarini o’rganadi. Uni quyidagi tarmoqlari mavjud:

    1. neyropsixologiya - psixik hodisalar bilan miyadagi fiziologik tuzilishlar o’rtasidagi nisbatni o’rganadi;

    2. psixofarmakalogiya - dorivor moddalarning shaxs ruhiy holatiga ta'sirini o’rganadi;

  1. psixoterapiya - bemorni davolash uchun ruhiy ta'sir vositalarini o’rganadi;

Yuridik psixologiya-xuquq tizimi bilan bog’liq bo’lgan psixologik masalalarni o’rganadi.
Uning quyidagi tarmoqlari mavjud.

    1. sud psixologiyasi - jinoiy jarayon ishtirokchilarining xulq-atvorini, ruhiy xususiyatlarini tahlil qiladi;

    2. kriminal psixologiya - jinoyatchining xulq-atvori, shaxsining shakllanishiga doir psixologik masalalar, jinoyatning motivlari bilan shug’ullanadi.

Harbiy psixologiya - kishining harbiy harakatlar sharoitidagi xulq-atvori bilan bog’liq hodisalar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarini, psixologik targ’ibot metodlarini, harbiy texnikani boshqarishning psixologik muammolarini o’rganadi.

Download 3.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling