О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/16
Sana04.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1165698
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
TAFAKKUR VUJUDGA KELISHINING BIOLOGIK ASOSLARI. ASILBEK INOQOV

Deduksiya – bu umumiy mulohazalardan xususiy mulohazalar keltirib 
chiqarish, umumiy qonunlar va qoidalar asosida ayrim dalillar va hodisalarni bilish.


fikrlash jarayonida inson atrof-olamni o‘ziga xos aqliy opersiyalar vositasida 
o‘rganadi. Asosiy 
fikrlash 
operatsiyalariga analiz va sintez, taqqoslash, 
abstraksiya va umumlashtirish, aniqlashtirish, tasniflash va tizimlashtirish kiradi.
Analiz – bu yaxlitlikni fikran qismlarga yoki yaxlitlikni tomonlar, harakatlar, 
munosabatlarga ajratish. Stolni, masalan, qopqog‘i, tirgaklari, g‘aladonlari va 
boshqalarga bo‘lish mumkin. Fikrlash jarayoni bevosita nutqiy faoliyatga 
kiritilganida analiz amaliy, va nazariy holatda aqliy bo‘ladi.
Sintez – bu 
qismlar, 
xossalar, 
harakatlarni 
fikran 
yaxlitlikka 
birlashtirish. Xuddi shunday, o‘quvchi biror mavzuni o‘rganishda matnning 
hammasini o‘qib chiqadi, so‘ngra esa alohida ma’noga ega bo‘lgan qismlarni 
ajratadi, ya’ni matnni tahlil qiladi. Keyin eslab qolish uchun reja tuzadi – bu sintez 
operatsiyasi bo‘ladi.
Taqqoslash – bu jism va hodisalar, yoki ularning alohida belgilari o‘rtasidagi 
o‘xshashlik yoki farqlarni aniqlash. Taqqoslash bir tomonlama (chala) va ko‘p 
tomonlama (to‘liq); yuzaki va chuqur; bevosita va vositali bo‘lishi mumkin.
Umumlashtirish  – jism va hodisalarni ularning umumiy va ahamiyatli 
belgilari bo‘yicha fikran birlashtirish. Masalan, olma, nok, olxo‘ri, o‘rik va 
h.k.lardagi o‘xshash belgilar «mevalar» so‘zi bilan ifodalanadigan yagona 
tushunchada namoyon bo‘ladi. Sodda umumlashtirishlar ob’ektlarni alohida, 
tasodifiy belgilar asosida birlashtirishdan iborat, majmuiy umumlashtirish 
murakkab bo‘lib hisoblanadi, bunda ob’ektlar turli asoslarga ko‘ra birlashtiriladi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling