Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim
Download 201.5 Kb.
|
Makroiqtisodiyot nazorat ishi Uslubiy ko\'rsatma
KIRISHKadrlar tayyorlash milliy dasturida chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan bir qatorda tanlagan sohasi bo‘yicha mustaqil faoliyat ko‘rsata oladigan, o‘z bilimi va malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, masalaga ijodiy yondoshgan holda muammoli vaziyatlarni to‘g‘ri aniqlab, taxlil qilib, sharoitga tez moslasha oladigan mutaxassisllarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan. “Makroiqtisodiyot” fani talabalarni makroiqtisodiy kategoriyalar, makroiqtisodiy muammolarning namoyon bo’lishi shakllari va sabablari, iqtisodiy jarayonlarni makroiqtisodiy modellar vositasida tahlil etish, makroiqtisodiy siyosat maqsadlari va vositalari, ochiq iqtisodiyot sharoitida makroiqtisodiy siyosat yuritish xususiyatlari to’g’risida ilmiy tasavvurlarni shakllantirish hamda makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash, makroiqtisodiy konsepsiya va modellardan foydalangan holda iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish, makroiqtisodiy siyosat natijalarini aniqlash usullarini o’rgatish vazifalarini bajaradi. Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi. Talaba: makroiqtisodiyot fanining predmetini, obyekti hamda makroiqtisodiy agentlar; makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning mohiyati va ularni hisoblash shartlari; asosiy makroiqtisodiy modellar va ularda iqtisodiy jarayonlarning kechishi hamda makroiqtisodiy siyosat natijalarini aks ettirish; tovarlar va xizmatlar bozorida makroiqtisodiy muvozanatga erishish mexanizmining mohiyati; pulga talab, pul taklifi va pul bozorida muvozanatga ta’sir etuvchi omillar; byudjet-soliq va pul – kredit siyosatining maqsadlari, vositalari, ko’rinishlari; iqtisodiy o’sishning mohiyati, o’lchanishi, omillari va modellari; tashqi savdo siyosatining nazariy asoslari va vositalari; mamlakat to’lov balansining tuzilishi, makroiqtisodiy ahamiyati va uni tartibga solish usullari; valyuta kursining mohiyati, makroiqtisodiy ahamiyati, uni belgilovchi omillar va barqarorligini ta’minlash shartlari; iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda makroiqtisodiy modellarni qo’llashni; makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni tahlil qilishni; makroiqtisodiy siyosatning ijobiy va salbiy oqibatlariga baho berishni; makroiqtisodiy siyosatning natijalarini prognoz qilishni bilishi va ulardan foydalana olish; makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash; tovarlar va xizmatlar bozorida qisqa va uzoq muddatli muvozanatni ta’minlash mexanizmini tushuntirib berish; pul bozorida muvozanat yuzaga kelishining o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash; makroiqtisodiy siyosatning iqtisodiy jarayonlar va alohida ko’rsatkichlarga ta’sir ko’rsatishi qonuniyatlari aniqlash; tashqi savdo siyosati va valyuta kursini tartibga solish orqali to’lov balansi holatiga, yalpi talab va yalpi taklif hajmlariga ta’sir ko’rsatish usullarini tavsiflab berish; ochiq iqtisodiyot sharoitida makroiqtisodiy jarayonlarning kechishi hamda makroiqtisodiy siyosatning o’ziga xos xususiyatlarini, milliy va jahon iqtisodiyoti darajasida bozor mexanizmi qanday amal qilishini izohlab berish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak. Ma’lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan kengayib borayotgan hozirgi sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat dars mashg‘ulotlari paytida talabalarga yetkazish qiyin. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug‘ullansa va o‘z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o‘zlashtirishi mumkin. Talabalarning asosiy bilim, ko‘nikma va malakalari mustaqil o’zlashtirish jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko‘rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo‘ladi. Shuning uchun talabalarning nazorat ishlarini bajarish bo’yicha mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida talabalarni o‘qitish bilan bir qatorda ularni ko‘proq o‘qishga o‘rgatish, bilim olish yo‘llarini ko‘rsatish, nazorat ishlarini yozish hamda o’zlashtirish uchun yo’l yo’riq berish oliy ta’lim muassasasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Download 201.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling