O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziligi
Mutafakkirlarning oilada bola tarbiyasini tashkil etishga oid usullari va ularning amaliy tahlili
Download 85.79 Kb.
|
JUMABOYEV RAXMATJON
1.2. Mutafakkirlarning oilada bola tarbiyasini tashkil etishga oid usullari va ularning amaliy tahlili
Har bir inson kelajakda o‘z mavqeyiga ega bo‘lishni, jamiyatda o‘zining o‘rnini topib, kamol topish uchun tinimsiz harakat qiladi. Aslida esa u o‘zining bu xatti-harakatlarining barchasini uyida oila deb atalmish muqaddas dargohda uni hamisha intiqlik bilan kutib, dadajon yoki oyijon deb kutib oladigan jonidan aziz farzandi har kuni ertalab turib, qo‘llarini duoga ochib kuzatadigan va kutadigan ota-onasi va hamisha og‘ir damlarida qo‘llab-quvvatlab, shodon kunlarida u bilan birgalikda quvongan umr yo‘ldoshi, ishdan va muammolaridan charchagan vaqtda beg‘ubor tabbasumi-yu, shirin so‘zlari bilan ko‘nglini tog‘dek ko‘taradigon farzandlari uchundir. Dunyoda har bir ota-ona faqat farzandining kamolini, baxt-u iqbolini ko‘rishni xohlaydi.Oila jamiyatning asosiy kichik bo‘g‘inidir. Go‘yoki bu kichik bo‘g‘in ya’ni oila mustahkam va barqaror ekan jamiyat barqarordir. Jamiyatning kichik bo‘g‘ini bo‘lmish oilani barqarorligini saqlash uchun barcha mamlakatlarda xususan yurtimizda ham ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Ota-onaning har bir qilayotgan yaxshi va yomon xatti-harakati farzandlarining tarbiyasiga ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Chunki oilada ota-ona qanday bo‘lsa ,uning tarbiyasini olgan va o‘sha muhitda ulg‘aygan bola ham albatta ularga taqlid qiladi. Shunday ekan farzand tarbiyalashning muhim omillaridan biri avvalo oilada ota-onaning tarbiyali va madaniyatli bo‘lishidir. Bundan tashqari, ota-onalarimiz o‘z sog‘ligini saqlash maqsadida gigenik qoidalariga rioya qilishi , har kuni ertalab sport bilan shug‘ullanishi va oilada o‘ziga hos tartib-qoidalariga asoslanishi ham katta ahamiyatga ega. Bu esa farzandlarga hayotdagi yashash qoidalarini yolga qo‘yish uchun andozadir. Albatta farzand eng oliy ne’mat bo‘lganligidek ,farzandli bo‘lish ham buyuk bir baxtdir. Lekin bu aziz ne’mat bo‘lmish, farzandlarini erkalatib yubormaslik, bolalarning injiqlik va qaysarliklarida ham me’yorga rioya qilish ham uning tarbiyasidagi omillardan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Afsuski, ba’zan shunday oilalarga va ota-onalarga duch kelamizki, ular farzandning tarbiyasiga befarq bo‘lganligi yetmaganidek, ular barcha istak va hoxishlarini hech ikkilanmay amalga oshiradilar. Buyuk fransuz olimi Jan Jak Russo ta’biri bilan aytganda, “Farzandingizning tolesiz qilishning eng sinalgan usuli qandayligini bilasizmi ,-u nima desa hammasiga ho‘p deng“ Qaysi bir ilmiy ma’noda ijobiy fikr, ammo bugungi kunda bu tarbiya sohasida jiddiy muammolar tugdirayotgan savoldir. Bizning fikrimizcha, bunday ota-onalar farzandlarini og‘zidan chiqqanini muhayyo qilish orqali ularni xursand qilishdan ko‘ra o‘zining tinchligini o‘ylaydiganlar desak adashmaymiz.Eng achinarlisi shuki, bunday ota-onalarning tarbiyasini olgan bolalar kelajakda o‘zgalar manfaatidan ko‘ra o‘zining manfaatini o‘ylaydigan, turmushdagi arzimagan qiyinchiliklariga dosh berolmaydigan, insonlar bo‘lib yetishib chiqmasligiga hech kim kafolat berolmaydi. Yana shuni ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerakki, aksariyat ota-onalar yuqoridagi salbiy holatlar o‘z farzandlari bilan yuz berganda nega shunday bo‘lganligini o‘ylaydilar. Oila a’zolarining o‘zaro muomalalarini organish shuni ko‘rsatdiki maktab o‘quvchilarining o‘qishga va mehnatga bo‘lgan munosabatiga bevosita ta’sir qiluvchi oila muhitidagi holatlar va omillar alohida o‘rin tutadi. Birichidan: ota-onalarning jamoatchilik faoliyati ularning mafkuraviy qarashlari va ishga nisbatan munosabatlari bola tarbiyasiga ta’siri kuchli bolar ekan,. Ikkinchidan: oila ichidagi munosabatlari ota va ona munosabati, ota- onalarning buva va buvisiga munosabatlari, aka-ukalar va opa-singillarning o‘zaro munosabatlari. Uchinchidan: ota-onalarning tarbiyaviy-pedagogik faoliyat ularning tarbiyaviy muammolari, qiziqishlari maktab bilan hamkorliklari, o‘quvchilarga darya tayyorlash kezida ota-onalarning yordami, ularning tarbiyaviy ahamiyati. To‘rtinchidan: oilada bolalalarning ta’limga munosabatlari va ijtimoiy normalarni bajarishllari vaboshqalar. Farobiy bilimidan ma’rifatli yetuk odamning obrazini tasvirlar ekan, bunday deydi: «Har kimki ilm xikmatni o‘rganmagan desa, uni yoshligidan boshlasin, sog‘ – salomatligi yaxshi bo‘lsin, yaxshi ahloq va odobi bo‘lsin, so‘zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlangan bo‘lsin, barcha qonun – qoidalarni bilsin, bilimdan va notiq bo‘lsin, ilmli va dono kishilarni xurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan mol – dunyosini ayamasin, barcha real moddiy narsalar to‘g‘risida bilimga ega bo‘lsin»3. Bu fikrlardan Farobiyning ta’lim – tarbiyada yoshlarni mukammal inson qilib tarbiyalashda xususan, aqliy – axloqiy tarbiyada aloxida e’tibor berganligi ko‘rinib turibdi, uning e’tiqodicha, bilim, ma’rifat, albatta yaxshi axloq bilan bezatmog‘i lozim, aks holda kutilgan maqsadga erishilmaydi, bola yetuk bo‘lib yetishmaydi. Ibn Sino bola tarbiyasi va tarbiya usullari haqida qimmatli fikrlarini bildirgan. Ibn Sino bolaning axloqiy tarbiyasi haqida bildirgan fikrlarida uy – ro‘zg‘or tutish masalalari xususida ham so‘z yuritadi. Bolani tarbiyalash oila ota – onaning asosiy maqsadi va vazifasidir. O‘z kamchiliklarini tuzatishga qodir bo‘lgan ota – ona tarbiyachi bo‘lishi mumkin. Axloqiy tarbiyada eng muxim vositalar bolaning nafsoniyatiga, g‘ururiga tegmagan holda, yakkama – yakka suxbatga bo‘lish unga nasixat qilishdir. Ibn Sino bolada axloqiy xususiyatlarni mehnat, jismoniy aqliy tarbiya bilan o‘zviy birlikda shakllantirishni, uni inson qilib kamol toptirishda asosiy omil deb biladi. Yusuf Xos Xojibning uqtirishicha har bir kishi jamiyatga munosib bo‘lib kamol topmog‘i kerak. Buning uchun u tug‘ilgan kundan bolab zarur tarbiyani olmog‘i lozim. U qobil qizning tarbiyasi haqida fikr yuritar ekan, ularning o‘zlariga xos xususiyatiga e’tibor berishni ta’kidlaydi. Farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmog‘i shart. Shundagina ularning noo‘rin xatti – harakatlariga berilishining oldi olinadi. Mirzo Ulug‘bekning oila muhiti sog‘lom avlodni yetishtirish haqidagi fikrlari shundan iboratki, alloma uqtirishicha, bolaning bilim olishiga bo‘lgan qiziqish, xavasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muxit muxim o‘rinni egallaydi. Download 85.79 Kb. |
ma'muriyatiga murojaat qiling