O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziligi


Allomalar tarbiyaviy-ahloqiy qarashlarining bugungi kundagi amaliy ahamiyati


Download 85.79 Kb.
bet6/7
Sana17.06.2023
Hajmi85.79 Kb.
#1525823
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
JUMABOYEV RAXMATJON

2.2. Allomalar tarbiyaviy-ahloqiy qarashlarining bugungi kundagi amaliy ahamiyati

Mashoyixlarning aytishlaricha, "har bir millatning saodati, davlatlarning tinch va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog‘liqdur".


A.Avloniyning "Turkiy guliston yohud axloq" asari yangi usul maktablarining yuqori sinflarida ta'lim va axloqiy tarbiya berish uchun darslik sifatida o‘qitilgan. A.Avloniyning asarini chuqur o‘rganar ekanmiz, biz o‘sha davrda maktablarda o‘quvchilarga dars berishda umuminsoniy va diniy qadriyatlari, xalq og‘zaki ijodi, Qur'on oyatlari, hadislar shuningdek, buyuk allomalarimizning hikmatli so‘zlaridan imkon qadar keng foydalanganliklarini ko‘ramiz. Masalan, "Yaxshi xulqlar" qatoriga kiruvchi "Sabr" mavzusida: "Sabr insonlar uchun buyuk bir fazilatdurki, janobi haq sobrlarni madh qilishdur. Shariati islomiyada janobi Haq tarafidan kelgan balo va qazoga sabr qilmoq farzi ayndur" Shul xususda so‘ylanmish bir hadisi sharifning ma'nosi "ilm imonli kishilarning muhibi, hilm homiysi, aql dalili, yaxshi amal sarmoyasi, muloyimat volidi, afv axavoni, sabr hokimi vijdonidur," - deyilishi. Arablar "assabru miftohulfalah"- sabr shodlig‘ning kalilidur deyurlar11. Oilada bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda milliy qadriyatlardan foydalanishning milliy pedagogik va uslubiy asoslarini ilmiy-nazariy jihatdan ishlab chiqishga bugungi kundagi ehtiyoj va uni samarali hal etishning optimal yo‘llarini topish asosiy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda.
Shunday ekan, oilada bola tarbiyasi umumdavlat ahamiyatiga molik muammodir. Shu boisdan har qanday jamiyatni oilaga, oilada bola tarbiyasiga bo‘lgan talabi ortib boradi. Ayni vaqtda - davlatning, ota-onaning bolalarni tarbiyalashdagi, farzandlarning ota-ona oldidagi mas'uliyatini oshirishdagi roli kuchayadi.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.Karimov aytganlaridek, "Buyuk ma'rifatparvar bobomizning bu so‘zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda ham biz uchun shunchalik, balki undan ham ko‘ra muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi".
"Milliy madaniyatimiz, xalq ma'naviy boyligining ildizlariga e'tibor berish zarur. Bu xazina asrlar davomida misqollab to‘plangan. Tarixning ne-ne sinovlaridan o‘tgan. Insonlarga og‘ir damlarda madad bo‘lgan. Bizning vazifamiz - shu xazinani ko‘z qorachig‘imizdek asrash va yanada boyitish"12. Milliy taraqqiyotimiz uchun fundamental ahamiyatga ega ushbu fikr, ko‘rsatma san'atga oid ilmiy tadqiqotlar uchun ham muhim ahamiyatga egadir.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yoshlar tarbiyasiga alohida to‘xtalib: "Bolalarimizni birovlarning qo‘liga berib qo‘ymasdan, ularni o‘zimiz tarbiyalashimiz lozim. Buning uchun yoshlarimiz bilan ko‘proq gaplashish, ularning qalbiga quloq solish, dardini bilish, muammolarini echish uchun amaliy ko‘mak berishimiz kerak. Bu vazifalarni amalga oshirishda biz asrlar mobaynida shakllangan milliy an'analarimizga, ajdodlarimizning boy merosiga tayanamiz" Biz ta'lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz. Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda, Abdurauf Fitrat bobomizning mana shu fikrlariga har birimiz, ayniqsa, endi hayotga kirib kelayotgan o‘g‘il-qizlarimiz amal qilishlarini men juda-juda istardim. Mana, ulug‘ ajdodimiz nima deb yozganlar: "Xalqning aniq bir maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi yoki zaif bo‘lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e'tibordan qolib, o‘zgalarga tobe va qul, asir bo‘lishi ularning o‘z ota-onalaridan bolalikdan olgan tarbiyalariga bog‘liq"13 deya ta'kidlab o‘tdi.
Tarbiya o‘z navbatida oiladan boshlanar ekan, biz o‘z farzandlarimizni baxti-saodatini, kamolini, iqbolini, buyuk inson bo‘lib etishganligini va hayot abadiyligi avlodlar davomiyligini ta'minlaydigan ma'naviy qo‘rg‘oni bo‘lmish o‘z oilamizning mustahkamligini ko‘rishni istar ekanmiz, demak oilada tarbiyalanuvchilarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashda tarbiyaning barcha turlariga e'tiborni kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ota-bobolarimizdan qolgan boy ma'naviy merosning yosh avlodni har tomonlama yuksalishi tizimidagi o‘rni va roli o‘ziga xos xususiyatga va ko‘rinishlarga ega. "Darhaqiqat, ajdodlar tomonidan yaratilgan tarbiyaviy qadriyatlarni o‘rganishda ta'lim tizimi imkoniyatlarga alohida e'tibor qaratishlozim. Sharq mutafakkirlarining asarlarini o‘rganish, tahlil qilish, ularning ijodi va ta'lim-tarbiyaga oid qarashlarini pedagogik nuqtai nazardan tadqiq etish muhim amaliy ahamiyatga ega"14. Ular o‘z asarlarida shaxs ma'naviyati, insonda odob-axloqning yuksak namunalarini tarkib toptirish, oila, nikoh, farzand tarbiyasi, halol mehnat bilan kun kechirish, atrof-muhitga nisbatan oqilona munosabatda bo‘lishga oid qarashlarni bayon qilganlar. Shunday qilib, inson va uni tarbiyalash masalalari Sharq mutafakkirlari va allomalari o‘z asarlarida insonning bilim olishi, hunar egallashi, undagi yuksak ma'naviy-ahloqiy sifatlarni ulug‘laydilar va shunday fazilatlarga ega bo‘lishga barchani chorlaydilar. Ma'naviy yuksak, zamonaviy ilm-fanni egallagan, ajdodlarimizning boy ma'naviy merosga sohib chiqqan avlodni hech qanday tashqi kuch, g‘oya yoki mafkura aslo o‘z ta'siriga tushira olmaydi. Bunday avlodni voyaga etkazgan xalqning istiqboli porloq, kelajagi buyukdir.
Alisher Navoiy bolaning voyaga yetishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga alohida e’tibor beradi. Tarbiya natijasida bolaning foydali va yetuk kishi bo‘lib o‘sishiga ishonadi. Yosh bolaning juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur. Tarbiya insonga o‘zida yaxshi odat va fazilatlar xosil qilishga yordam beradi. U odam shaxsi kishilar bilan munosabatda, ayniqsa kishilarning bir – birlariga bo‘lgan ruxiy ma’naviy ta’sirlari natijasida tarkib topadi deb voyaga yetkazishda asosiy omillardan biri tarbiya ekanligi o‘qtiradi.
Voiz Al – Koshifiyning o‘qtirishicha insonni ta’lim – tarbiya orqali qayta tarbiyalash aqliy qobilyatni o‘stirish mumkin. Koshifiy o‘zining pedagogik qarashlaricha bolalarda mustaqil fikrlash qobiliyatini o‘stirish masalasiga aloxida e’tibor beradi. Ota – onalar muallimlardan bu masalaga aloxida axamiyat berishni talab etadi. Bu masalada oilaviy hamda tashqi muxit muxim o‘rin tutadi. Bola to‘g‘ri so‘zli, vadaga vafodor, yaxshi xulqli qilib tarbyalanishi kerak.
Jaloliddin Davoniy ota – onaning bolani tarbiyalashdagi axamiyatiga keng to‘xtalgandi. Uning fikricha oila tarbiyasida ota ham, ona ham teng huquqli, teng ishtirok etishi bolaning yaxshi xulq – odob qoidalarini muayyan bir kasbni egallashiga ko‘maklashishi ilm – fan va kasb – hunar egallashining moddiy asosi bo‘lmishoziq – ovqat, kiyim – kechak, kerakli buyum va jixozlarni yetkazib berish uchun jozibalik ko‘rsatishi kerak.
Sharq mumtoz adabiyotining buyuk namoyondalaridan biri Muslixiddin Sadi Sheroziy Sheroz shaxrida 1184-yilda tug‘ildi. Sadining fikricha, oila, bolaning baxti, kelajagi uchun zamin yaratuvchidir. Oilada asosiy tayanch otadir. U ma’suliyatli tarbiyachidir. Ota o‘z bolalarini tarbiyalashi, o‘qitishi, hunarga o‘rgatishi, jismonan chiniqtirishi kerak.
Sadining pedagogik qarashicha bola qobiliyatli va kamqobiliyatli bo‘lishi mumkin. Qobiliyat o‘z – o‘zidan rivojlanmaydi. Uning rivojlanishi uchun bolani tarbiyalash kerak, tarbiya bo‘lmasa, boladagi qobiliyat so‘nadi, tarbiyani 3 asosiy – aqliy, nafosat va jismoniy mehnat tarbiyasiga bo‘ladi. Adib bolani tarbiyalash vazifasini ularning ota – onalariga, ya’ni oilaviy tarbiyaga kata e’tibor beradi.
Sadi ota – onalarga xarakterini hisobga olgan holda axloqiy tarbiyani bolaning yoshligidan boshlashni tavsiya etadi, xarakter shakllangach, bolaga ta’sir etmaydi.
XIX asr o‘zbek ijtimoiy va adabiy xayotning yirik vakillaridan biri Komil Xorazimiy o‘z asarlarida ma’rifat axloqiy kamolot, vatanparvarlik g‘oyalarini olg‘a surdi.U ilm-ma’rifatning xalq, jamiyat farovonligiga, insonning axloq kamolatida tutgan o‘rni, axloqiy va nafosat tarbiyasini uzviy birligi xaqidagi pedagokik fikrlarini xam bayon etadi.
Komil Xorazimiyning fikricha ilm-xunar, ilm-ma’rifat inson axloqiy kamoloti, ijtimoiy ma’naviy xayotning rivoji uchun xizmat qilishi kerak. Kamtarlik eskirmaydigan, eng go‘zal insoniy fazilatdir. Bu fazilatlarga ega bo‘lganlar obro‘-e’tiborli komil insonlardir. Kamtarlik insonni turli noxushlikdan xijolatdan saqlaydi.
Shoir tarixshunos, tarjimon va xattot Munis Xorazmiy tilga ko‘p erk bermaslikni maslaxat beradi. Uning ta’kidlashicha, ortqcha so‘zmonlik kishi boshiga olin o‘rniga qattiq tosh bo‘lib tegishi mumkin.
Shoir yomon so‘zli, ozor beruvchi murodlar sifatini tasvirlab, kishilarni jumladan yoshlarni ular bilan xamsuxbat bo‘lmaslikka undaydi. Munis Xorazmiy o‘z asarlarida xalqni adolatli, ongli, bilimli bo‘lishga, jaxolatdan yiroq turishga da’vat etadi, uning fikiricha, adolat sharaf ko‘rki, osoyishtali, xushnutlikdir. U yoshlarni kamtarlik bilan muloqotda bo‘lishga, ularni hurmat qilib e’zozlashga chorlaydi.
Munis Xorazmiyning asarlariga bayon etilgan ta’lim – tarbiyaga oid fikrlar faqat u yashagan davr uchun emas, balki xozirgi davr uchun ham qimmatlidir.
Mohlar oyim Nodiraning inson va tabiatiga nisbatan qarashlariga faqat shaxsiy tuyg‘u emas, balki yoshlar tarbiyasida milliy an’analarning roli haqidagi fikrlari ham namoyondir. Nodiraning tarbiya haqidagi qarashlarida insonparvarlik g‘oyalari-adolat, insof, xalq manfaati muxim o‘rinni egallaydi. Nodira xayotning tub mohiyatini yaxshilik binosini barpo etishdan iborat deb biladi. Uning fikricha, kimki tiriklik chog‘ida yaxshilik bunyod etgan bo‘ladi, o‘zining bu ezgu ishlari bilan o‘zidan keyin hayotda yorqin xotira qoldiradi. Umuman, Nodira o‘z she’rlarida barkamol insonni ulug‘laydi. Ta’lim – tarbiyaga oid ko‘p foydali o‘gitlarni bayon etdi.
Muxammad Rizo Ogahiy o‘z ijodiy faoliyatini pedagogik qarashlarida nafosat tarbiyasi ham yuqori baholanadi. Ogahiy milliy an’analarimiz mexmondo‘stlikni go‘zal fazilatlardan biri hisoblaydi. Mehmonga chuqur xurmat bilan qarash, mehmon kutish, kuzatish odobi Ogahiy ijodidan o‘z ifodasini topdi, odamlarni bu fazilatni egallashga da’vat etdi.
Ogahiyning ta’kidlashicha, insonga do‘st va dushmanni ajratib olish xayotda o‘z o‘rnini topib olishda g‘oyat muximdir. Uning fikricha to‘g‘ri so‘z kishilar xayotda qiyinchilik bilan yashasalarda, dunyoning mavjudligini saqlab turadilar, mangu yashaydilar.
Ogahiy ta’lim-tarbiya ilmlarni egallash va tilni bilishda xam muxim axamiyatga molik ekanligini ta’kidlaydi.
Muxammad Rizo Ogaxiy o‘z ijodiy faoliyatida binobarin yoshlarni odamlarni xalq, vatan, jamiyat farovonligi yo‘lida xizmat qilishga da’vat etdi. U do‘stlikni mehmondo‘stlikni axloqiy go‘zallikni ulug‘ladi. Insonlarni ziyraklikka, to‘g‘ri so‘zli bo‘lishga chorlaydi. Ogahiyning buf ikr o‘gitlari hozir ham pedagogik qadriyat sifatida qimmatlidir.
Berdimurod Berdaq Qaraqolpog‘iston xalq shoiri butun ijodi davomida xalqlar tengligi, insonparvarlik, vatanparvarlik, adolat haqidagi g‘oyalarini olg‘a suradi.
Berdaq insonning shaxsiy baxti xalq baxti bilan bog‘liq deb biladi. Uning ta’kidlashicha, har bir odam haqiqiy baxtga erishishi uchun o‘z shaxsiy manfaatini xalq manfaati bilan birlashtirishi, xalq baxti uchun kerak bo‘lsa jonini ham ayamasligi kerak. Berdaqning fikricha inson oliy axloqiy sifatlariga, chunonchi, beg‘arazlik, olijanoblik, vijdoniylik, mehnatsevarlik, mardlik fazilatlariga ega bo‘lishi lozim.
Berdaq yoshlarning aqliy tarbiyasida maktabning mavqyei katta ekanligini ta’kidlaydi. Maktabda bolani yaxshi xulqi atvorli qilib tarbyalash lozim. Uning fikricha maktabda dars beruvchi muallim o‘z xushmuomilaligi, pok qalbligi, haqgo‘yligi, o‘z fanini yaxshi puxta bilishi bilan bolalarga o‘rnak bo‘lishi kerak.
Berdaq oilaning bola tarbiyasida, muxim o‘rin tutishni aloxida ta’kidlaydi, oila muxitida ota – onalar bilan bolalar o‘rtasida o‘zaro hurmat bo‘lgandagina tarbiya yaxshi natijalarga erishishi mumkinligini aytadi. Berdaqning uqtirishicha, inson tug‘ilgan kundanoq tarbiyaga muxtojdir, uning ilk tarbiyachilari, albatta ota – onalardir. Berdaqning fikricha barcha odamlar insonparvar va adolatli bo‘lsa jamiyat gullab yashnaydi. Buning uchun esa, xalqqa ta’lim berish, unda ijobiy xulq-atvorni tarbiyalash lozim.
Markaziy Osiyo xalqlari ilm – fani va madaniyatini jaxon miqyosiga olib chiqqan Markaziy Osiyoda pedagogik fikr taraqqiyotiga munosib xissa qo‘shgan ulug‘ siymolardan biri Mirzo Ulug‘bek. U avvalo yosh avlodning aqliy va ma’rifiy tarbiyasiga katta axamiyat berib, ularni dunyoviy bilimlarini egallashga da’vat etdi. Faqat rivojlangan fan va madaniyat inson tafakkurining komil topishini ta’minlashga ishondi15.
Allomaning uqtirishicha, bolaning bilim olishga bo‘lgan qiziqishi, havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muxit muxim o‘rinni egallaydi. Oilada ota – onalar ayniqsa, o‘qimishli ota – onalar o‘z farzandlarining xaqiqiy inson bo‘lib kamol topishiga aloxida e’tibor berishlari lozim.
Mirzo Ulug‘bek o‘z pedagogik qarashlarida bolalarning jismonan sog‘lom, harbiy xunarni puxta egallagan, jasur, mard bo‘lib yetishuviga aloxida axamiyat beradi. Ulug‘bekning fikricha odam sog‘lom va baquvvat bo‘lishi uchun yoshlik chog‘idayoq jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishi, ta’lim – tarbiyada poraxo‘rlik, qalloblik bo‘lmasligi uchun mudarrislar odil va halol bo‘lishi kerak.
Buyuk shoir va olim, fors – tojik mumtoz adabiyotning ulug‘ namoyondasi Nuriddin Abduraxmon Jomiy o‘zidan keyin turli fan, adabiyot, jumladan pedagogikaga doir o‘lmas me’ros qoldiradi. U o‘z asarlarida, ayniqsa, nasriy yo‘lda yozilgan «Baxoriston» asarida ta’lim – tarbiya masalalari xususida fikr bildirdi. Jomiy o‘z asarlarida yoshlarni ilmlarini egallashga da’vat etadi. U o‘z pedagogik qrashlarida kishilarni adolat, xushmuomalalik va dono so‘z bilan zulmkorlarga ma’sir etishga da’vat etadi.

Xulosa

Xulosa qilib aytish mumkinki, shaxs tarbiyasida ota-ona bilimlarini doimiy oshirib borishlari lozim va bunda tarixiy tarbiya borasidagi to‘plangan bilimlar katta ahamiyatga ega. Yagona haqiqat shuki, uyda ota-ona, maktabda ustoz va murabbiylar ma’naviy boy, dunyoqarashi keng bo‘lishlari zarur. Shundagina o‘sib kelayotgan avlodlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsata olish mumkin. Eng muhimi ularning psixologik rivojlanishi, ruhiyatidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida umumiy ma’lumotga ega bo‘lish mumkin bo‘ladi. Bu esa o‘z o‘rnida munosabatlarni to‘g‘ri rivojlanishiga, ularni hayotini oldindan ko‘ra bilishga, kelajagini porloq qilib voyaga yetkazishga katta yordam beradi.


Mening nazarimda, Oilaviy hayot, mehnat, kattalar va kichiklar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, axloqiy-ma’naviy qiyofalari, ota-onalarning siyosiy va ma’naviy saviyalari, ularning iqtisodiy ta’minlanganligi, turli ko‘rinishdagi faoliyatlari, vaqtni to‘g‘ri rejalashtirish, yashash sharoitlari va boshqalar oilada farzand tarbiyasini samaradorligini ta’minlovchi omil sifatida namoyon bo‘ladi. Biz mavzu yuzasidan quyidagi ilmiy-nazariy, tahliliy natijalarni qo‘lga kiritdik:
Farzandlar tarbiyasini barqarorligini ta’minlashda ulug‘ allomalarning merosi katta ahamiyatga ega boladi;
Oiladagi axloqiy tarbiya bilan ta’lim muassalari tarbiyasi mushtarakligini ta’minlash farzandlarning tarbiyalanganlik darajalarini oshiradi;
Farzandlar tarbiyasida oilaviy an’analarni, milliy urf odatlar mohiyatini ular ongiga singdirib borish tarbiyaning milliy xarakterini oshirish imkoniyatini beradi.
- oilaviy hayotda urf - odat, an’ana, milliy ong va milliy til kabi ijtimoiy tushunchalar va O‘rta Osiyo mutafakkirlarining axloq, odob va oilaviy hayot xususidagi didaktik qarashlaridan foydalanish yaxshi samara beradi;
- oilaviy tarbiyaning o‘ziga xos qoidalaridan xabardor bo‘lish va kamchili klarini psixologik - pedagogik bilimlarga tayanib bartaraf etish darkor;
- oilada shaxslararo munosabatlarning ko‘rinishini va rollar taqsimoti bola faoliyatini tashkil qilishda muhim ahamiyatga ega;
- oilada ma’naviy, axloqiy va madaniy malakalarni shakllantirish bolaning har tomonlama ma’nan pok, iymonli, vatani va xalqiga sodiq farzand bo‘lib yetishishida yetakchi rol o‘ynaydi.
Tavsiyalar: Farzand tarbiyasida oilaviy munosabatlarni o‘rni va ijtimoiy xarakteri masalalarini biz yuqorida nazariy va amaliy taxlillarimiz asosidagi xulosa qiladigan bo‘lsapk, demak farzand tarbiyasi bu o‘ta muxim va dlzarb masalal.uning shakllanishida birinchi o‘rinda ota-ona munosabatlari va tarbiyalanganlik darajalari yotadi. Ma’lumki, bolaning shakllanishi, tarbiyasi, dunyoqarashi, muomalasi avvalo oilada boshlanadi. Oiladagi bobo, buvi, ota-ona , aka-opalar bilan birgalikdagi munosabatlarida tarbiyalanib boradi. Tarbiyaning axloqiy jihatlari shakllanadi.
Ota-onalar o‘rtasida tarbiyaga oid bilimlarni targ‘ib qilish, ayniqsa, oilaviy tarbiyada qiyinchilikka uchrayotgan ota-onalarga jamoatchilik yordamini kuchaytirish lozim. Oilaviy tarbiyada ijobiy yutuqlarni qo‘lga kiritgan ota- onalarning tajribalaridan foydalanish uchun ularni maktabning kengaytirilgan yig‘ilishlariga, ota-onalar qo‘mitalarining majlislariga taklif etish va o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishni yo‘lga qo‘yish nihoyatda muhimdir. Ulardan unumli foydalanish uchun maktablarda ota-onalar kunini joriy etish zarur.
Ta’lim muassalarida psixolog va pedagoglarga tashxis vositasi sifatida farzandlar bilan “Ota-ona va farzand munosabatlari” , “Burch va uning oilaviy munosabatlardagi o‘rni”mavzusida suhbat, yozma ishlar, Dj.Moreno tomonidan tavsiya etilgan sotsiometriya metodi, M.Rokichning “Qadriyatlar orientatsiyasi” metodlaridan foydalanish, Feldsning “Psixologik yaqinlik” testi yordamida ota- ona, oila-a’zolari, tengdoshlariga munosabatlarining emotsional, kognitiv, shuningdek, ijtimoiylashuv xususiyatlari ta’sirini o‘rganish uchun M.Saks va S.Levining “Tugallanmagan jumlalar”, mutaxassislarga havola qilingan “Suratlar albomi” metodikalari tavsiya etiladi.16


Download 85.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling