O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet282/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Axloqiy tafakkur 

 axloq masalalariga bag‘ishlangan fikrlar, qarashlar 
g‘oyalar, har bir insonnning axloqiy meyorlar va 
qadriyatlarni anglash, ilmiy mushohada qilish jarayoni. 


519 
16.
Axloqiy tarbiya 

 inson tarbiyasining muhim qismi hisoblanib, odamga
yoshligidan boshlab to‘g‘rilik, halollik, izzat hurmat, burch-
masuliyat, sog‘lom turmush tarzi, or-nomus, sharm-hayo, 
Vatan azizligi, oila muqaddasligi, e’tiqod mustahkamligi 
xislatlarining singdirib borilish jarayonidir. 
17.
Axloqsizlik 

 jamiyatda qabul qilingan axloqiy meyorlardan chetga 
chiqish: boqimandalik, yolg‘onchilik, ichkilikbozlik, 
fohishabozlik, 
o‘g‘rilik, 
hasad, 
g‘iybat, 
tuhmat, 
vatanfurushlik, e’tiqodsizlik va shular kabi barcha salbiy 
xislatlarning namoyon bo‘lishi. 

18.
Bag‘rikenglik 

 
mehr-muruvvat, g‘amxo‘rlik, himoya, panoh, makon, 
saxiy, eshigi hamma uchun ochiq, dargohi keng; kengfellik. 
Bag‘rikenglik – o‘zgalarning dunyoqarashi, diniy e’tiqodi, 
milliy va etnik xususiyatlari, anana-marosimlariga hurmat-
ehtiromda bo‘lish, muomala-munosabatda kamsitishlar, 
tahqirlashlarga yo‘l qo‘ymaslik, insoniylikni hamma 
narsadan ustun hisoblab, jamoada, ish joylarida, mahalla-
kuyda bunga rioya etish. Xullas, turli dindagi, turli millat va 
elatlarga mansub kishilarning bir mamlakat doirasida, 
yagona davlat tarkibida bahamjihat, osoyishta yashashidir. 
Bag‘rikenglik ayrim shaxslarga yoki butun bir xalqqa xos 
xususiyat bo‘lishi mumkin. Bag‘rikenglik – o‘zbek 
xalqining eng olijanob fazilatidir.
 
19.
Barkamollik 

 kamolot, balog‘atga erishgan, bekamu ko‘st, etuk , 
mukammal, nuq-sonsiz, kamoli xirad – aql komilligi
kamoli marifat – ilmu marifatda mukammallik, kamol ahli – 
ilmu hikmat egalari, olimlar. Barkamollik insonning aqliy 
axloqiy va bilimdonlik jihatidan etuk ligi, o‘zi tanlagan 
kasbu hunarning ustasi bo‘lishi, shaxs sifatida shakllanib, 
vatan taraqqiyoti, el-yurt farovonligi uchun jon kuydirishi, 
ezgu g‘oya va niyatlar b-n bunyodkorlik va yaratuvchanlik 
qobiliyatiga ega bo‘lishi. 

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling