O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Inson kamolotida did – fahm – farosat uyg‘unligi


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet278/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Inson kamolotida did – fahm – farosat uyg‘unligi 
Odatda, farosat tushunchasi estetik baxo bilan belgilanadi. u ranjish
nomunosib xolat, ko‘ngilga xush yoqmagan ishlar qilganda munosabat bildiramiz. 
Shuning uchun bo‘lsa kerak, kamdan kam xollarda “farosatli kishi, farosati bor, 
farosatli” degan so‘zlarni ishlatamiz. Biroq. did, fahm, farosat kabi tushunchalar 
aynan estetika ilmiga tegishli bo‘lib, fahm - haqiqatga, farosat – ezgulikka, did – 
go‘zallikka munosabat orqali namoyon bo‘ladi. Har uchchala hodisaning asosida 
ham qobiliyat yotadi. SHu manoda fahm – aqliy, farosat – axloqiy, did – estetik 


514 
qobiliyatni yuzaga chiqaradi. Ayniqsa, estetik did va farosat murakkab tarbiya 
jarayonini taqozo etadi. CHunki u ham aqliy, ham axloqiy, ham hissiy tarbiya 
uyg‘unlashgan umumiylikdan iboratdir. 
SHuni alohida takidlash zarurki, didsizlik va farosatsizlik insonning asl 
qiyofasini bilishga, uning niyatini anglashga monelik qiladi. Zero, har qanday 
chiroyli ko‘ringan, istarali bo‘lishga intilgan, muomalali inson har doim ham go‘zal 
ishlarni qilavermasligini fahm, farosat, did yordamida ajratib olishimizga to‘g‘ri 
keladi. Inson manaviyatining yuksalishi uning fazilati bilan bog‘liq ekan, bu jarayon 
albatta, estetik tarbiyaga ehtiyoj sezadi. 
Farosat ilmi kishining ichki dunyosi bilan tashqi ko‘rinishi o‘rtasidagi 
bog‘liqlikni o‘rganuvchi ilmlar sirasiga kiradi. O‘tmishda farosat ilmi nozik va 
nazokatli ilm sifatida o‘rganilgan. CHunonchi, olmon mumtoz falsafasining vakili 
Immanuil Kant bu ilmga “botiniy olamni o‘rganuvchi ilm” deb tarif bergan edi. 
Qomusiy olim Abu Rayxon Beruniy “Kishining ko‘ngli kelishgan va tartibli har bir 
narsaga qiziqadi, tartibsiz narsadan nafratlanadi” - degan hikmati esa mohiyatan 
farosat bilan masalasiga dahldor. Bundan tashqari, o‘rta asrlar Musulmon Sharqi 
allomalaridan al-Kindiy farosatning hikmati, fazilati va ahamiyatiga doir “Risolai fil 
farosa” (X asr) deb nomlangan maxsus asar yozgan bo‘lsa, Husayn Voiz Koshifiy 
o‘zining mashhur “Axloqi muxsiniy” asarining 34-bobini “Farosat bayoni”ga 
bag‘ishladi. SHuningdek, turkiy tilda Uzun Firdavsiy (XVI asr)ning “Farosatnoma” 
asari ko‘plab qiziqarli malumotlarga boyligi bilan ahamiyatlidir. Manbalarda 
hakimlardan biri tomonidan taqdim etilgan farosat to‘g‘risidagi kitobni shoh 
Anushirvon har doim o‘zi bilan olib yurgani va hamisha u kitobni mutolaa qilib, 
uning mazmuni bo‘yicha hukm chiqarganligi haqida malumotlar uchraydi. 
Estetika ilmida farosat did tushunchasining tarkibiy qismi sanaladi. Farosat 
o‘ziga xos estetik tushuncha sifatida mohiyati aqlga borib taqaladi. Odatda, yomg‘ir 
yog‘ayotganini ko‘ra-bilib turib, yomg‘irpushsiz va soyabonsiz yo‘lga chiqqan 
odamni fahmsiz, chang, loy poyafzalini echmay, gilamni bosib, ichkariga kirgan 
odamni farosatsiz deb ataymiz. SHunga ko‘ra, fahm - aqliy, farosat - axloqiy, did - 
estetik qobiliyatni yuzaga chiqaradi. Uchchala qobiliyatning ham ibtidosi, tabiiy-
tug‘malikka borib taqalsa-da, ular o‘zlarini asosan tarbiya, ijtimoiy munosabatlar 
orqali ro‘yobga chiqaradi. Shuning uchun Sharq allomalari tarbiya jarayonida 
farosatning zarurligi masalasiga jiddiy etibor qaratganlar. 
CHunonchi, Sharqning buyuk voizi, notiqlik sanati nazariyotchisi Husayn 
Voiz Koshifiy “farosat” so‘zining lug‘aviy manosiga “biror narsaning yaxshi va 
yomon xususiyatini ko‘rib aniqlashdir. Istilohiy manosi esa umumiy bo‘lib, joning 
suratidagi zohir holini mushohada qilib, uning ichki mohiyatidan ogoh bo‘lishdir”, - 
deya tarif beradi. U hatto farosat hukumat ishlari orasidagi ulug‘ shartlardan biri 
ekanligini etirof qilib, biror bir voqea haspo‘shlanganda, asl mohiyati pinhon 
tutilganda va adolat mezoni buzilganligi yashirilsa qonun himoyachisi bu hodisani 
farosat nuri bilan topib, davogarlar so‘zlariga etimod qilmasligini uqtiradi. 
Alloma talqinida farosatning ahamiyati bir jihatdan ulug‘larning “Hukumat 
ziynati farosat zevari bilan go‘zaldir” degan qoidasiga asoslanadi. Ikkinchi jihatida 
esa “Har bir narsa farosat ahlidan yashirin emas, farosat Haq Taoloning mo‘min 


515 
bandaga bergan nuri” degan tamoyil ustuvor. Bu tamoyilning mohiyatini esa 
payg‘ambarimiz (s.a.v)ning “Qo‘rqinglar mo‘min farosatidan, u Xudo nuri bilan 
qarab har narsaning zamiriga eta oladi”, - degan hadis asoslaydi. 
Koshifiy farosatni ikki qismga ajratadi. Birinchisi - shariy farosat bo‘lib, unda 
pok va sof ko‘ngilli kishining ko‘zidan ko‘tarilib, farosat nuri bilan haqiqatni anglab 
etadi. Ikkinchichi - hukmiy farosat bo‘lib, donishmanlar uni tajriba bilan topadilar 
va dalillarini kishining shakli va shamoyilidan mushohada qilib, aniqlaydilar. 
Odatda, aksariyat holllarda bu usul kishi haqida to‘g‘ri malumotni bergan. Alloma 
har ikkala farosatga shoh Anushiravon va Aflotun hakim hayoti bilan bog‘liq 
talaygina misollarni keltiradi ... Alloma inson aksar ish binosini farosat dalillariga 
qo‘yish kerak va o‘zining pok zehni, tafakkuri, mulohazasiga ham murojaat qilishi 
lozim. CHunki, tashqi ko‘rinishlarida yomonlik nishonasi bor toifa ichidagi kishilar 
Haqdan fayzu ilhom topib, o‘z ahvolini o‘zgartirganlaridan voqif va ogoh bo‘lishga 
harakat qilish zarurligini uqtiradi: 
Farosatdan ko‘ngilga ko‘z ochilg‘ay, 
Hamma holatni ul malum qilg‘ay. 
Malumki, so‘z sermazmun bo‘lib, u ko‘p narsalarga dalolat qiladi. Bir 
so‘zning o‘zini turli holatlarda, turlicha manoda qo‘llash mumkin. Binobarin, so‘zni 
to‘g‘ri tushunish va to‘g‘ri ishlatish, uning manolarini iloji boricha mukammal bilish 
uchun ham kishidan farosat talab etiladi. Bu borada “Allomalar ibrati” (Toshkent, 
1982) nomli kitobda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning yuksak 
farosati bilan bog‘liq qiziq rivoyat keltirish mumkin. Uning mazmuni quyidagicha: 
bir kuni yasovulboshi bir yigit va bir qizni Umarshayx Mirzoning kabutarlarini 
o‘ziga o‘rgatib olmoqchi bo‘lganlikda ayblab, ularni jazolash maqsadida shohning 
huzuriga keltiradi. SHoh voqeani eshitib, yasovulga “Unday bo‘lsa alar boshini olib 
...” deyishi bilan birdan yo‘tal tutib qoladi. YAsovulboshi har ikkisini boshini 
kundagi qo‘yayotgan paytda shohning suyukli farzandi Bobur Mirzo 
yasovulboshiga qarab, “Otam ularning boshini oling demadilar. Oliy hazrat alarni 
bu yurtdan bosh olib chiqib ketsin, deb buyurmoqchi edilar” - deydi. YAsovulboshi 
qatlni to‘htatib shohning huzuriga boradi va unga Bobur Mirzoning gaplarini aytadi. 
SHunda Umarshayx saroy ahli oldida o‘rnimga podshoh bo‘ladi, deb yurgan 
farzandining so‘zini ikkita qilib qo‘ymaslikni o‘ylab: “Mirzo haq gapni aytibdur. 
Men alarni boshini oling demoqni hayolimga ham keltirgan emasman” deydi. ... 
Bobur Mirzoning marhamati tufayli ikkita yosh jallod kundasidan omon qoladi. Bu 
rivoyatning mazmuni ayni paytda Umarshayx Mirzoni ham Bobur Mirzoni ham 
yuksak farosatli kishilar bo‘lganligini ifodalaydi. 
Sharq allomalaridan Burhoniddin az-Zarnujiy (XII asr)ning “Talim al-
mutaallim – Ilm oluvchiga talim-tarbiya” asarida “SHijoat – bir lahza sabr”, degan 
hikmatni uchratamiz. Sabr, qanoat esa farosatni yuksaltiruvchi axloq meyorlaridir. 
Ayniqsa, ilm istovchining farosati aynan shunga. CHunonchi, tolibi ilm uchun 
keragi shulki, deydi alloma, - bir ustozga sabot ila sabr aylasin. Biror kitobga ham, 
hatto uni (mutolaa qilishda, undan dars olishda) noqis (chala) tark qilmasin. Biror 


516 
fanga ham, hatto birinchisini mustahkam qilishdan avval boshqa fan ila mashg‘ul 
bo‘lib ketmasin. SHerik ihtiyor qilish va uni tanlashda esa harakatchan, parhezkor, 
to‘g‘ri tab sohibi va fahm-farosatlisini ixtiyor qilishi darkor. Dangasa, bekorchi, 
ko‘p gapiruvchi, fisqu fasodga berilgan fitnachi (sherik)dan qochsin. Alloma ilm 
tolibining farosati o‘z ustoziga bo‘lgan munosabatida ham namoyon bo‘lishini 
uqtiradi. Tolibning farosati ustozga ulug‘lik keltiradi, deydi: “Muallimni 
ulug‘lashning jumlasidan biri uning oldiga tushib yurmagay, uning o‘rnida 
o‘tirmagay. Muallim oldida faqat uning izni ila gap boshlagay... Kimningki ustozi 
undan ozor topsa, ilmning barakasidan mahrum qoladi, ilmida ozginagina foyda 
topadi.” 
Beruniy nafosat va nafis didni, adabiyot va sheriyatni insonlarning talabi 
vujudga keltiradi, deb tariflagan edi. Uning takidlashicha, madaniylashgan kishilar 
ichidan chiqqan nozik (tabiatli) odamlar ko‘ngil ochar, shodlik bag‘ishlaydigan 
joylarga borib turishni odat qiladilar, bunday joylarga faqat nozik tabiatli 
kishilargagina emas, boshqa musiqaga tashna bo‘lgan kishilar ham ohanglar tinglash 
uchun boradilar. Ohanglar esa tartibga tushirilgan... bo‘lgandagina qalbga kuchli 
tasir etadi. CHunki, ruh tartibga tushirilgan narsani qabul qiladi va Shuning uchun 
ham u sherga ko‘proq intiladi negaki sher nizomli (tartibli)dir. Muhimi shundaki, 
Beruniy sanatning paydo bo‘lishini insoniyat jamiyatining madaniylashuvi bilan 
bog‘laydi. Odamlarning madaniy darajasi oshib, badiiy nafosat tafakkuri o‘sa 
borishi bilan sanatga ehtiyoj kuchaygan. Sanat shodlik, quvonch manbai, u 
insonlarga orom beradigan, ruhini ko‘taradigan vosita sifatida paydo bo‘lganini 
takidlaydi. 
Umuman olganda, hozirda biz yashayotgan davr kishisining faoliyati 
farosatga ehtiyoj sezmoqda. Farosat endilikda ijtimoiy-manaviy hayotning 
zaruriyatiga aylanib ulgurdi. 
G‘oyaviy tahdidga qarshi kurash manaviy jihatdan mustahkam bo‘lgan estetik 
tayyorgarlikni taqazo etadi. Birgina farosat va uning fazilatini anglash, amal qilish 
barcha tahdidlarning mazmun-mohiyatini tushunish imkonini beradi. SHu bois har 
davrda farosat tarbiyasiga nozik va nazokatli ilm sifatida munosabat bildirilgan. 

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling