O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Tarbiyada estetik talim va estetik bilimning zaruriyati


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet274/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Tarbiyada estetik talim va estetik bilimning zaruriyati 
Inson qalbiga yo‘l avvalo talim va tarbiyadan boshlanadi. Ilmning hikmati va 
fazilatiga doir alloma vatandoshimiz Muhammad Imomzoda al-CHo‘g‘iy (vafoti 
1177)ning qarashlari ham diqqatga sazovor. Uning “SHirat al-islom – Islom yo‘li” 
nomli kitobida ilm olish odoblari va fazilatlariga doir ko‘plab malumotlarni 
muayyan axloqiy tizimga solgan. Qizig‘i shundaki, u shariy bo‘lmagan ilmlarni ikki 
qismga - maqtalgan va yomonlangan turlarga bo‘ladi. Dunyoni obod qilish uchun 
zarur bo‘lgan bilimlar – tibbiyot, hisob-kitob, dehqonchilik, to‘quvchilik kabi 
hunarlar hatto qon olishni bilishni maqtalgan va o‘rganish kerak bo‘ladigan ilmlar 


502 
sirasiga kiritadi, bu bilimlar sababli insoniyat boqiy qoladi, deydi. Ayni paytda, 
riyoziyotga chuqur kirishish, uning eng nozik jihatlarini ham tadqiq va tahlil etishga 
urinishni fazilat hisoblaydi. YOmonlangan bilimlarga esa – sehr-jodu va har xil 
tilsimlar, folbinlik bilan shug‘ullanishni kiritadi. Muboh, yani ihtiyoriy bilimlarga 
sheriyat va tarix kiradi. Biroq, falsafani bazi joylarda va bazi hollatlarda kerak 
bo‘ladigan fan, uni shunday zarurat holati uchun o‘rganish kerak. Aks holda, u 
yomonlangan fan sohasidir, deydi. 
Allomaning ilm haqidagi fikrlari ijtimoiy-manaviy jihatdan yuksak ahamiyat 
kasb etadi. U ilmga hiyonat qilishni o‘zgalarning moliga hiyonat qilishdan og‘irroq 
deb biladi. SHuni alohida takidlash zarurki, al-CHo‘g‘iy ilm oluvchining zimmasiga 
ham bir qator axloqiy masuliyatni yuklaydi. CHunonchi, chala eshitgan narsasini 
oshkor qilmasligi, aniq ishonch qilmagan bilimini odamlar orasida gapirmasligi va 
atrofga yoymasligi zarurligini uqtiradi. 
Tarbiyada estetik talim va bilimning zarur ijtimoiy talab hisoblanadi. 
BMTning ming yillik sammitida keltirilgan quyidagi malumotlari mushohada va 
mulohaza uchun asos bo‘ladi. Malumotlarga ko‘ra, 2001-2002 o‘quv yilida dunyo 
bo‘yicha 115 million bola yoki boshlang‘ich maktab yoshidagi bolalarning 18 foizi 
maktabga bormagan. Bularning 61,3 millioni qizlar (53 foizi), 45 millioni (39%) 
Afrika Saxarasidagilar va 42 millioni (36%) Janubiy Osiyodagi bolalardan iboratdir. 
Maktabni qoldirish ehtimoli katta bo‘lgan bolalar G‘arbiy va Markaziy Afrikadagi 
(45,3%), Sharqiy va Janubiy Afrikadagi (38,5%) Janubiy Osiyodagi (26%) hamda 
YAqin Sharq va SHimoliy Afrikadagi (18,7%) bolalar bo‘ldi. Mazkur 
mintaqalarning barchasida o‘g‘il bolalardan ko‘ra qiz bolalar ko‘proq maktabga 
bormasligi kuzatilgan. O‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasidagi eng katta farq YAqin Sharq 
va SHimoliy Afrikada kuzatilgan. Mazkur mintaqada o‘g‘il bolalarning 15,4 foizi, 
maktabni qoldirgan bo‘lsa, bu xolat qizlarning 22,1 foizida kuzatilgan. 
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish axloqiy
estetik va mantiqiy tafakkurni yangilash va boyitishni taqozo etadi. Xususan, davlat 
xizmatchilarining kasbiy tayyorgarligini axloqiy va estetik madaniyatdan, mantiqiy 
tafakkur va mushohadadan ayri holda tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu maqsadga 
erishish uchun bo‘lajak mutaxassis yoki davlat xizmatchisi avvalo axloqiy 
ko‘nikma, estetik bilim va mantiqiy mushohadaga ega bo‘lishi zarur. Qolaversa, 
estetika fani doirasida o‘zlashtiriladigan bilimlar umuman Sharqliklarga, xususan 
xalqimizga begona emas. Zero, bu ilmsiz o‘zbek xalqi tafakkuri, dunyoqarashi, 
qadriyati, madaniyati, bir so‘z bilan aytganda, uning buyukligini anglash mumkin 
emas. 
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning “3.3.1. Uzluksiz talimni tashkil etish 
hamda rivojlantirish prinsiplari”da talimning ijtimoiylashuvi – talim oluvchilarda 
estetik boy dunyoqarashni hosil qilish”ga bog‘liq ekanligi bundan buyon odamlar 
tafakkurini o‘zgartirish estetik tarbiyadan ayri holda amalga oshmaydigan jarayon 
ekanligidan dalolat beradi. Bugungi kunga kelib g‘oyaviy tahdidlarga qarshi kurash 
aynan estetik bilimni taqazo etmoqda. SHu bois avlodni estetik tarbiya asosida 
voyaga etkazish doimo dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Hozirda estetik bilimlar 


503 
doirasi shu qadar kengayib bormoqdaki, u deyarli barcha sohalarda masalan, 
sog‘liqni saqlash tizimida – tibbiyot estetikasi, ekologiya sohasida – ekologik 
estetika, texnikaviy taraqqiyot sohasida – texnika estetikasi (dizayn)ning yuzaga 
kelgani shular jumlasidandir. SHu bilan bir qatorda, jamiyat manaviy hayotini 
yuksaltirish 
ham 
estetika 
fani 
oldiga 
qator 
vazifalarni 
qo‘ymoqda. 
Estetika fani insonning kundalik hayotiga g‘oyatda yaqin. CHunki, erkin, 
demokratik jamiyatimizning har bir azosi go‘zallikni chuqur his etadigan, uni 
asraydigan nafis did egalari bo‘lishlari, haqiqiy badiiy asar bilan saviyasi past asarni 
farqlashlari, «ommaviy madaniyat»ning g‘ayriestetik xususiyatlarini rad qila 
olishlari lozim. Buning uchun esa talim tizimida estetika faniga bo‘lgan hozirgi 
munosabatni tubdan o‘zgartirish zarur. CHunki, jahondagi nufuzli oliy talim 
muassasalarida estetika fanini o‘qitish masalasiga jiddiy etibor qaratiladi. Birgina 
Garvard Universitetida (AQSH) estetika bo‘yicha 3 ta markaz, 18 ta yo‘nalishda (bu 
yo‘nalishda estetika sohasiga doir 46 ta fan o‘qitiladi) ilmiy tadqiqot hamda talimiy 
ishlar olib borilayotganligi, Oksford Universitetida (Angliya) esa “Estetika” 
fakulteti mavjudligi va unda shu sohaga doir 66 ta fan o‘qitilishi estetik bilimlarga 
bo‘lgan etibor katta ekanligidan dalolat beradi. SHu manoda, faylasuf olim 
Abdurahim erkaevning “YOshlarni kitob o‘qishga o‘rgatmoq mumtoz va zamonaviy 
yuksak sanat asarlariga qiziqtirmoq, estetik va axlokiy tarbiya saviyasini ko‘tarmok 
kerak. Manaviy tarbiyaning asosini tashkil qiluvchi etika va estetika fanlarini 
o‘qitishni oliy o‘quv yurtlarida qayta tiklash maqsadga muvofiq. Aks holda talim va 
kadrlar tayyorlash tizimida tarbiya jarayoni qashshoqlashib, biryoqlamalik avj oladi. 
Bo‘lajak mutaxassis texnokrat, o‘qituvchi va tarbiyachi nasihatguy safsataboz bo‘lib 
etishadi”, 
degan 
fikri 
g‘oyatda 
ahamiyatlidir. 
Bugungi kunda odamlarga, ayniqsa yoshlarga “huzur-halovat va lazzat manbai” 
sifatida taqdim etilayotgan malumotlarning aksariyati horijiy ommaviy-axborot 
vositalari hamda Internet tarmoqlaridagi turli xil saytlar hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. 
Keyingi paytlarda fetishestetika (engil-elpi, yaltiroq estetika), “ommaviy 
madaniyat”ning inson maishiy turmushi bilan bog‘liq saytlari shunchalik ko‘payib 
ketdiki, ular yoshlarning estetik didini pasaytirishga va estetik dunyoqarashini 
to‘poslashtirishga olib kelayotganligi bugungi kunda ochiq-oydin namoyon bo‘lib 
qolmoqda. YOshlar tarbiyasiga bunday g‘ayriestetik g‘oyalarning tahdid va uning 
salbiy oqibatlarini tushuntirib beradigan ilmiy nazariy asos aynan estetik bilimni 
yuksaltirish orqali amalga oshadi. 
Estetik bilimning hozirgi kunda umumjahoniy global muammolarni hal 
qilishdek muhim vazifasi ham borki, ular orasida eng dolzarbi sayyoramizda 
nafosatga asoslangan estetosfera muhitini yaratish bilan bog‘liq. CHunki 
texnogensivilizatsiya davrida texnika, texnologiya, umuman noosfera insonning 
yashash muhitiga aylanib qolgan. Binobarin, insoniyatning tabiiy ehtiyojlarini 
qondirish imkoniyatlari kengayib borayotgan bir davrda ularning estetik muhitga 
ehtiyojlari ortib bormoqda. SHuni ham takidlash lozimki, hozirgi kunda Internetdan 
foydalanuvchilar soni kam bo‘lsada, global tarmoqda ishlash yoshlar tomonidan 
juda qisqa fursatlarda o‘zlashtirilib olinmoqda. Biroq, yoshlarning qaysi veb 
saytlardan foydalanishi g‘oyaviy tarbiya masalasida katta ahamiyatga ega. Bu 


504 
borada belgiyalik professor Frenk Tevisson tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot 
natijalariga ko‘ra, Evropa mamlakatlarida 90 foiz talabalar Internetdan 
foydalanishar ekan. Ammo, ularning qaysi saytdan foydalanishlarini o‘rganilganda, 
atigi 10 foiz talaba bevosita o‘quv jarayoniga taalluqli saytlarga, 90 foizi esa, asosan 
pornografik mazmundagi saytlarga kirishni xush ko‘rishi malum bo‘lgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy talimni 
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorida “oliy talimning manaviy-
axloqiy mazmunini oshirish, talaba-yoshlarga mustaqillik g‘oyalariga, yuksak 
manaviyat va insoniylikning milliy ananalariga sodiqlik ruhini chuqur singdirish, 
ularda yot g‘oya va mafkuralarga nisbatan immunitet va tanqidiy tafakkurni 
mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli marifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish” 
muhim vazifalar etib belgilab berildi. Mazkur vazifalarni talim muassasalarida 
to‘laqonli va oqilona bajarilishi avvvalo, estetika fanining ilmiy va talimiy asoslarini 
yanada mustahkamlashni nazarda tutadi. Bunda estetika fanini o‘qitishni 
takomillashtirish, fanning mazmunini dolzarb mavzular bilan boyitish, talim bilan 
tarbiyaning uzviyligini taminlash hamda estetika talimi sifatini yuksaltirish dolzarb 
ahamiyatga ega. Bundan tashqari, estetika fanining tarbiya jarayonidagi o‘rni 
ayniqsa, oliy talim muassasalarida estetik tarbiyaning to‘g‘ri yo‘naltirilishi “talaba + 
mutaxassis = ziyoli” ko‘rinishning tarbiyaviy maqsadi va asosini mustahkamlashga 
xizmat qiladi. Bu turli tahdidlarning doirasi kengayib borayotgan, “ommaviy 
madaniyat”ning g‘ayriestetik ko‘rinishi tez o‘zgarib inson tafakkuriga salbiy tasiri 
kuchayib borayotgan hozirgi globallashuv davrida estetika faniga bo‘lgan talimiy, 
tarbiyaviy ehtiyojni yanada kuchaytiradi. 
YUrtimizda har bir yil qay nomda nomlanmasin, unda davlatimiz va 
jamiyatimiz taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan, kengqamrovli maqsadlarni 
amalga oshirishda hal qiluvchi o‘rin tutadigan reja va vazifalar hisobga olinadi. 
O‘tgan 2017 yilda ham mamlakatimiz iqtisodiy siyosatida noreal raqamlar ortidan 
quvish, amalga oshmaydigan xomxayollarni haqiqat sifatida taqdim etishdek 
nomaqul ish uslubi tanqidiy qayta ko‘rib chiqildi. Amaliy natijadorlik, inson 
manfaati va yana bir bor inson manfaati islohotlarning bosh maqsadi etib belgilandi. 
Joriy 2018 yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-
quvvatlash yili”da ham barcha amalga oshiriladigan ishlarning markazida bilim, 
marifat ustuvor bo‘lishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Bu haqda mamlakatimiz 
Prezidenti SH.M.Mirziyoev “Biz diniy jaholatga, zararli oqimlarga qarshi marifat 
bilan kurashish kerakligi haqida ko‘p gapiramiz. Bu to‘g‘ri, albatta. Lekin marifat, 
marifiy bilimlar qaerda – avvalo ota-bobolarimiz bizga qoldirib ketgan mana 
shunday mo‘tabar kitoblarda emasmi? Bizning ushbu yo‘nalishdagi barcha amaliy 
harakatlarimiz aynan mana shunday ezgu maqsadga qaratilgan bo‘lib, nafaqat 
mamlakatimiz va musulmon dunyosida, balki jahon miqyosida ham katta qiziqish va 
etibor uyg‘otmoqda. Ana shunday bebaho boylikka, minglab bilimdon ulamolar, 
faol ziyolilarga ega bo‘lgan, bu sohada katta tashabbuslar bilan chiqayotgan xalq va 
davlat sifatida yurtimizdan qandaydir aqidaparast, diniy oqimlarga berilgan 
kimsalarning chiqishi albatta bizga yarashmaydi” – degan to‘g‘ri talabni qo‘ydi. 


505 

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling