O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Zamonaviy shaharsozlik estetikasi


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet270/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Zamonaviy shaharsozlik estetikasi 
Har bir shahar yoki viloyat, tuman markazi o‘ziga xos estetik ko‘rinishga ega. 
Bugungi kunda shaharsozlik sohasiga estetikaning zamonaviy prinsiplari joriy 
etilmoqda. Ayniqsa, davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tizimini tubdan qayta 
tashkil etish, shaharsozlikning eskirgan metodologiya va normativlari, kapital 
qurilishdagi nomutanosiblik va muammolarni bartaraf etish, shuningdek, loyiha 
institutlarining samarasiz faoliyatini tubdan takomillashtirish masalalariga jiddiy 
etibor qaratilmoqda. 
Ijtimoiy taraqqiyotning ikki muhim jihati - moddiylik va manaviylikni o‘zida 
namoyon ettiradigan memorchilik o‘z navbatida, mamlakatda shaharsozlik 
sohasining shakllanishiga, ravnaq topishiga sezilarli tasir ko‘rsatadi. 
Kundalik hayotda «shaharsozlik» va «obodonlashtirish» degan so‘zlar tez-tez 
tilga olinmoqda. Sobiq Ittifoq davrida shaharsozlik madaniyati va estetikasi 
memoriy majmualarning umumiy ko‘rinishi, ularning eksterer (tashqi) va interer 
(ichki) bezagidagi bir xillik shaharning badiiy-estetik qiyofasiga salbiy tasir 
etganligini kuzatish mumkin. Ayniqsa, aholi uchun qurilgan turar joy binolarining 
bir xil shaklda bo‘lganligi shundan dalolat beradi. Mazkur binolar tartibsiz, noqulay 
hududda bunyod etilganligi, aksariyatining qurilishida tabiiy muhit, milliy 
xususiyatlar hisobga olinmaganligi natijasida shaharning jozibadorligini buzgan. 
SHahar o‘z ko‘rki va go‘zalligini qo‘yidagi estetik xususiyatlar orqali 
namoyon etadi: a) shaharda memoriy obidalar, ko‘hna yodgorliklar, 
ziyoratgohlarning mavjudligi va ularni odamlar etibori va tasarufida ekanligi; b) 
binolarning aholi tarmush tarzi uchun qulayligi va mos kelishi; v) shaharda bunyod 
etilgan inshootlar, yo‘llarning xalq manfaati bilan muvofiqligi; g) shaharning 
geografik jihatdan joylashuvi – suv va havosining musaffoligi, tabiiy manzaralarga 
boyligi. 
Bugungi kunda mamlakatimizda bunyod etilayotgan muhtasham inshootlar, 
mamuriy binolar, talim muassasalari milliy memorchilik ananalarining Ovro‘pa 


493 
memorchilik ananalari bilan uyg‘unligiga asoslanadi. Misol uchun, Vatanimiz 
poytaxtida qad rostlagan - Marifat markazi, Simpoziumlar saroyi, Alisher Navoiy 
nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, YOshlar ijod saroyi, Poytaxt biznes 
markazi kabi betakror inshootlar bir-biriga hamohang tarzda yaxlit kompozitsiyani 
tashkil qilgan. YOki Vatanimizning bosh maydoni - Mustaqillik maydoni betakror 
landshaft dizayni bilan g‘oyat go‘zal qiyofa kasb etgan. 
O‘zbek shaharsozligi estetikasi sobiq Ittifoq davrida nazardan chetda qoldi: 
memoriy obidalar qarovsiz holatga keltirildi, xalq amaliy sanatining nodir turlari 
yo‘qola boshladi, erkin ijodiy muhit taqiqlandi. Sanatkorlar, memorlar, usta va 
naqqoshlar tomonidan ko‘plab binolar, xalq amaliy sanatining nodir namunalari 
yaratilgan bo‘lsada, ammo ularda milliy bezak va uslublar, naqshlar to‘laligicha 
o‘zini namoyon etolmas edi. Bugungi memoriy binolar, tarixiy inshootlar xususan 
O‘zbekiston anjumani, mahobati, shakl va kompozitsiyasi, naqsh va bezaklari 
o‘zining falsafiy-estetik mazmuni bilan jahon memorligining buyuk namunasi
o‘zbek xalqining estetik qadriyatiga aylandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 
XXI asrni O‘zbekistonda shaharsozlik estetikasida tub burilish davri deyish 
mumkin. Bugungi kunda, shaharlarda nafaqat tarixiy obidalar qayta tiklandi, balki 
ziyoratgohlar obodonlashtirildi, qator zamonaviy kasb-hunar kollejlari, maktablar
zavodlar, fabrikalar, sport maydonlari, shifoxonalar, mehmonxonalar, istirohat 
bog‘lari, xiyobonlar, bozorlar, yo‘llar, ko‘priklar, savdo majmualari, favvoralar, 
gulzorlar barpo etildi. 

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling