O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet269/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Maishiy turmush estetikasi 
Turmush azaldan madaniy qadriyatlarni vujudga keltiradigan va asraydigan 
muhim makon bo‘lib kelgan. Turmush madaniyati inson hayoti va ijtimoiy muhitda 
iqtisodiy, ijtimoiy, estetik mezonlarni ko‘ratish bilan birga estetik madaniyatni ham 
shakllantiruvchi hodisadir. 
“Turmush” tushunchasi, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da “inson, millat va 
xalqning yashash tarzi, urf-odatlar, rasm-rusum majmui, obektiv reallik, moddiy, 
oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, sog‘liqni saqlash, shuningdek, manaviy 
qadriyatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishdan iborat ijtimoiy hayotning noishlab 
chiqarish sohasi” deb talqin etiladi. Moddiy nematlar ishlab chiqarish va ijtimoiy-
siyosiy amaliyot bilan bir qatorda shaxs tarbiyasida turmushning tasiri ham muhim 
omil sanaladi. Turmush madaniyatining o‘ziga xosligi mehnat, oila, Vatan, 
kattalarga hurmat, o‘zini tutish meyorlari kabi tabiiy, sodda ammo, asosiy 
qadriyatlarni singdirishida namoyon bo‘ladi. Aynan turmush tarixiy xotira 
madaniyatini asrovchi hodisa sifatida ham namoyon bo‘ladi, chunonchi u sanat, 
dinga nisbatan barqarorligi bilan farqlanadi. Turmushga singgan qadriyatlar nisbatan 
mutlaq bo‘ladi, juda kam o‘zgaradi. Ushbu fazilatlar, qadriyatlarni har bir shaxs o‘zi 
bilan oilasiga olib o‘tadi va uning abadiyligini taminlaydi. Turmush estetikasi 
dizayn, ekoestetika, atrof-muhit estetikasi, estetik tarbiya bilan bevosita bog‘liq 
bo‘lib, moddiy va badiiy madaniyatni integratsiyalashning eng tasirchan 
vositalaridan biridir. 


489 
Turmush estetikasi estetikaning insonning voqelikka munosabatini namoyon 
etadigan sohalaridan biri. Bunda tashqi ko‘rinish, kiyinish, muomala madaniyati, 
narsa-buyumlarga, turar joylarga munosabat aks etadi. Turmush estetikasi insonning 
barcha sohalarda go‘zallikka bo‘lgan intilishining ifodasidir. Insonni o‘rab turgan 
narsa va buyumlar olamining go‘zalligi bir tomondan inson hayotining uyg‘unligini 
taminlasa, ikkinchi tomondan estetik tarbiyalaydi. Turmush tarzi, tashki ko‘rinishi, 
kiyim ko‘rkamligi orqali inson yashayotgan, mansub bo‘lgan jamiyat haqida estetik 
tasavvur shakllanadi. Aksincha turmushda tartibsizlik, palapartishlik estetik 
madaniyat pastligidan dalolat beradi. 
Maishiy turmush estetikasi insonni o‘rab turgan narsa va buyumlar olami, 
atrof-muhit, yashash tarziga munosabati masalalarini o‘z ichiga oladi. Insonning 
dizaynerlik, ijodkorlik qobiliyatlari dastavval turmushda shakllanadi. Bunda malum 
bir xalqning tarixi, mentaliteti, avvaldan shakllanib kelgan turmush tarzi muhim 
o‘rin tutadi. Turli xalq, ijtimoiy guruh va boshqalar turmush madaniyatining moddiy 
ko‘rinishlari kishilarning narsa va buyumlar olami, estetik didi va ijtimoiy ideallari 
haqidagi tasavvurlari umumiyligi va rang-barangligi bilan uzviy bog‘langan. 
Inson yashash va ijtimoiy muhiti iqtisodiy, ijtimoiy, funksional, estetik meyor 
va shart- sharoitlarini gavdalantiradigan turmush madaniyati olamni estetik idrok 
etish, uning estetik madaniyati asosini tashkil qiladi. Bu jihat esa insonning atrof-
olamga keng qamrovli estetik munosabatini shakllantiradi. Kiyinishidan tortib, 
oilaviy ananalar, oilaviy makongacha bo‘lgan hodisalarda odamlarning narsalar 
dunyosiga, go‘zallik va ulug‘vorlik orqali qarashlari, estetik didga, ijtimoiy 
ideallarga o‘ziga xos munosabatlari namoyon bo‘ladi va bu pirovard natijada 
turmush madaniyatining yuksalishiga xizmat qiladi. 
Maishiy turmush estetikasi turli madaniyatlar tasiri, turmush tarzi va usuli, 
ananaviylik va yangilik, milliylik va umuminsoniylik masalalari bilan bog‘langan 
bo‘lib, texnika, ekologiya, predmetli muhitni jihozlash, tarbiya sohasidagi estetik 
jihatlarni ifodalaydi, moddiy va badiiy madaniyat integratsiyalashuvining samarali 
vositalaridan hisoblanadi. Turmush estetikasining o‘ziga xosligi ham shu jarayonda 
takomillashib boradi. 
Estetik did turmush estetikasining shakllanishida muhim o‘rin tutadi, ayni 
paytda, turmush estetikasi ham insonda badiiy-estetik didning shakllanishiga tasir 
ko‘rsatadi. CHunki, chiroyli narsa va buyumlar muhiti inson his-tuyg‘ulari, 
kayfiyatiga estetik tasir ko‘rsatadi. 
Odamlarning turmush tarzini o‘zgartirish, estetik dunyoqarashini boyitish 
orqali bir xillikdan – rang-baranglikka, qo‘pollikdan – ihchamlikka, noqulaylikdan - 
qulaylikka qarab yo‘nalish maishiy turmush estetikasining asosiy maqsadi va 
prinsipi hisoblanadi. Ayniqsa, estetik madaniyat infratuzilmasi, madaniy hordiq 
maskanlari maishiy turmush estetikasi rivojiga ijobiy tasir ko‘rsatuvchi omillardir. 
Turmushning ijtimoiy-estetik mohiyati uchta omil bilan belgilanadi: 1) inson 
hayot kechiradigan rang-barang predmetlar olami; 2) insonning boshqalar bilan 
muloqotda o‘zligini namoyon qilish holatlari; 3) insoniy munosabatlarning odob-
axloqda aks etish imkoniyati va xususiyatlari. Bundan tashqari, yaratuvchanlik va 
bunyodkorlik turmush estetikasining muhim mezonlari hisoblanadi. CHunik, inson 


490 
turmush tarzini qay tarzda yo‘lga qo‘yishi uning badiiy tafakkuri va ruhiyatini ham 
aks ettiradi. Zero, Hegelning “Agar sanatni uning butun maftunkorligi bilan yaxlit 
idrok etish zaruriyati tug‘ilsa, uni hamma joyda - varvarlarning zebu ziynat
liboslaridan tortib, to bag‘oyat go‘zal qilib bezatilgan ibodatxona anjomlarigacha - 
jami narsalar olamida uchratish mumkin”- degan fikri bejiz emas. 
Zamonaviy maishiy turmush estetikasi farovon hayot va uning uchun zarur 
bo‘ladigan kamponentlarning o‘zaro maqsadga muvofiqligi, mutanosibligi va 
mosligini taqazo etadi. Bu moddiy nematlar (orgtexnika, tele va mobil 
kommunikatsiya vositalari) va manaviy nematlar (kitob, sayohat, qadriyat)ning boy 
zahirasini taqazo etadi. 
Hozirgi globallashuv va axborotlashgan jamiyatda inson haqidagi dastlabki 
malumot uning tashqi ko‘rinishi orqali olinadi. Bunda insonning kiyinish 
madaniyati muhim omil hisoblanadi. CHunki, kiyim-libos insonni nafaqat 
go‘zallashtiradi, balki uning madaniyatlilik darajasini ham belgilaydi. Shuning 
uchun kiyinish ham ijtimoiy-manaviy, ham axloqiy-estetik hodisadir. 
SHuni alohida takidlash zarurki, kiyinish dastlab tabiiy zaruriyat - yani tashqi 
omillar tasiridan badanni himoya etish vositasi sifatida vujudga kelgan bo‘lsa, 
zamonlar o‘tishi bilan u inson madaniyati namunasiga aylandi. SHu bois yuksak 
madaniylikka asoslangan kiyinishni ham axloqiy qadriyat, ham estetik qadriyat deb 
aytish mumkin. Axloqiy qadriyat ekanligi shundaki, kiyim o‘zida uyat, hayo, ibo 
kabi fazilatlarni mujassam etadi. Kiyimning estetik qadriyat ekanligi esa u insonga 
go‘zallik va chiroy baxsh etadi. 
Bugungi kunda yoshlarning kiyinish madaniyatida zamonaviylik bilan 
ananaviylikning uyg‘unligini taminlash milliy-madaniy taraqqiyotda muhim o‘rin 
tutadi. Buning uchun quyidagi omillarga etibor qaratish zarur: Birinchi omil - did 
bilan kiyinish. Bu kiyinish madaniyatining nozik jihatlariga etibor qaratish 
demakdir. CHunki, inson o‘z chiroyini egnidagi libosni to‘g‘ri tanlay olganligi bilan 
ham boyitishi mumkin. Ikkinchi omil - zamonaviy kiyinish. Bu yoshlarning didini, 
qiyofasini qiyofasini aks ettirishi bilan bir Moda - maishiy turmush estetikasining 
muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Moda – bu tashqi madaniyat shakllarining vaqti-
vaqti bilan qisman o‘zgarish va takrorlanib turishidir. Bunday takrorlanishlar va 
o‘zgarishlar iqtisodiy, manaviy, axloqiy, estetik omillar kabi ijtimoiy asosga ega 
bo‘ladi. 
Modani asosiy ko‘pchilik etirof etadi, u o‘zini faqat kiyinishda emas, ishlab 
chiqarishda ham, siyosatda ham, sanatda ham, fanda ham, hatto mafkurada ham 
namoyon qila oladi. U ijtimoiy-estetik mezon sifatida baholash xususiyatiga ega va 
shu bilan odamlarga nima kerakligini belgilab beradigan hukmron didga aylanadi. 
Moda odamlarning yashash tarzidan (uslubidan) kelib chiqib, doimiy ravishda 
o‘zgarib boradigan hayot mazmuniga mos shaklni taklif etadi. Zotan u ommaviy 
estetik didning darajasi va o‘ziga xosliklarini zamon ko‘zgusida aks ettirish 
xususiyatiga ega. SHu jihatdan u, yuqorida aytib o‘tganimizdek, o‘zgaruvchanlik 
tabiatiga ega. 
SHuni alohida takidlash zarurki, kiyinish insoniylikni taqazo etadi. CHunki, 
kishilar jinsi, yoshi, gavda tuzilishi, ruxiy xolatiga qarab kiyim tanlaydi va kiyadi. 


491 
SHu bois bugungi kunda yoshlarning kiyinish madaniyati quyidagi jihatlar asosida 
shakllanayotganligini kuzatish mumkin: 
1. Badanni tabiiy omillar tasiridan himoyalash; 
2. Qulaylikka erishish. 
3. Zamonaviy axloq va etnik xususiyatga mos odobni namoyon etish. 
4. Atrofdagilarning etiborini qozonish. 
YOshlar tomonidan yuqoridagi jihatlarning amalga oshish mexanizmi modani 
taqazo etadi. CHunki, moda kiyinishning o‘ziga xos meyori. Biroq, bu meyor 
insonning go‘zalligini taminlashishi shart. Aks xolda meyorning buzilishi natijasida 
bachkanalik vujudga keladi. Qolaversa, ijtimoiy madaniy taraqqiyot muayyan moda 
umrining qisqarishiga olib keladi. Taraqqiyot natijasida yangi modalar eskisini 
muomala jarayonidan siqib chiqaradi. 
Bugungi kunda yoshlarning kiyinish madaniyatiga etibor qaratishning 
ijtimoiy ehtiyojga aylanish sababi shundaki, har bir xalqning tarixiy-madaniy 
rivojlanish bosqichlari ularning ajdodlari tomonidan kiyilgan kiyimlarda o‘z aksini 
topgan. Bu esa milliy g‘urur, vatanparvarlik va o‘zlikni anglash kabi buyuk 
hodisalar bilan chambarchas bog‘liq. SHunday ekan, bugungi kunda kiyinish 
madaniyatiga jo‘n va oddiy maishiy xol sifatida munosabat bildirish mumkin emas.
Inson faoliyatining barcha ko‘rinishlari estetik bilimni taqazo etadi. Estetik bilim esa 
insonda turmush tarzini tartibli, oqilona va maqsadli tashkil etish ko‘nikmasini 
shakllantirishga ko‘mak beradi. Bu boradi dizaynning turmush estetikasiga tasirini 
alohida takidlash joiz. 
Narsalar inson ehtiyojlarini qondirishi uchun o‘zgarib takomillashib boradi, 
bu inson faoliyatini erkin va qulay tashkillashtirish ijobiy, mo‘tadil ruhiy muhit 
yaratishga imkon yaratadi. Estetik A.P.Marder rivojlangan hozirgi jamiyatda 
obektiv olam faqat fizikaviy, kimyoviy va boshqa xossalar bilan emas, shu bilan 
birga, estetik xususiyatlar va unga munosabatlar yig‘indisi sifatida ham inson 
manaviy va moddiy hayoti, axloq-odobiga emotsional tus beradigan estetik reallik 
bo‘lib namoyon bo‘ladi, - degan fikrni bildiradi. Darhaqiqat,insonni qurshagan 
predmet va narsalar muhiti uyg‘unlik, shinamlik va qulaylik xususiyatlari bilan 
insonda zavq, ko‘tarinki kayfiyat, xotirjamlik kabi hissiyotlarni uyg‘otishi; insonga 
o‘z hayotidan mamnunlik uyg‘otishi, ruhiy muammolar echimini hal etishda yordam 
berishi mumkin. Binobarin, memorlar, amaliy sanat namoyandalari, dizaynerlar, 
umuman ijodkorlar bu estetik qulayliklarni nafaqat moddiy balki insonning manaviy 
ehtiyojlarini qondirish maqsadida yaratadi. 
So‘nggi besh yilda mamlakatimiz shaharlari va qishloqlari qiyofasi tubdan 
o‘zgardi. Buning natijasida odamlarning estetik dunyoqarashi va tafakkurida ham 
o‘zgarish paydo bo‘ldi. CHunki, barpo etilayotgan ijtimoiy obektlar – muassasa, 
maydon, markaz, hiyobon, maskan, ziyoratgoh odamlarda turmush estetikasi 
haqidagi tasavvurini boyitadi, yuksaltiradi. Atrof-muhitning go‘zalligi kayfiyatga 
tasir ko‘rsatish, faollikka undash, xatti-harakatlariga tetiklik baxsh etishi asosida 
baholanadi. 
Estetik muhitda tarbiya topgan inson narsalar olamining estetik shakli va 
mazmunini qadrlaydi, anglaydi, oqilona munosabatda bo‘ladi. Ayniqsa, badiiy 


492 
konstruktorlik badiiy loyihalash unsurlarini ham o‘z ichiga oladi. Konstruktorlikni 
rivojlantirish bolalar va o‘smirlarda badiiy loyihalash qobiliyatini shakllantirish 
imkonini beradi, konstruktorlik ishlarini amalga oshirishi ijodiy tasavvur va badiiy 
qobiliyatning rivojlanishiga olib keladi. Bu esa estetik xarakter kasb etadi. 
Turmush estetikasi inson faoliyati sohalari, narsalar olami, intererning 
tarkibiy qismlari, uning shakllanish qonuniyatlari, ish joylar muhitini shakllantirish 
kabi masalalarni hal etishda yangi texnik va texnologik ishlanmalar va dizaynga 
asoslanadi. Narsa-buyumlarni qulay, shinam joylashtirish va ulardan to‘g‘ri 
foydalanish hayotimizning kun tartibidan muhimi o‘rin egallagan. CHunki 
kishilarning turmushi jamiyat taraqqiyotining iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va 
manaviy-madaniy jihatlarini o‘zida aks ettiradi va bu oiladagi sog‘lom muhitni 
belgilaydi. Insonni o‘rab turgan predmet-narsalar insonning moddiy ehtiyojlarini 
qondirish bilan cheklanmaydi, tashqi muhit, shu bilan birga, insonning o‘z 
qiyofasini shu muhitga moslashtirishga ham manaviy-ruhiy tasir ko‘rsatadi, dizayn 
inson bilan narsalar olami o‘rtasidagi uyg‘unlikni qaror toptirish vazifasini bajaradi. 

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling