O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Sport – estetik tarbiyaning muhim omili


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet277/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Sport – estetik tarbiyaning muhim omili 
Sport estetika va nafosat falsafasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Sport 
estetikasi sport sohasidagi estetik qonuniyatlarni o‘rganishi barobarida sportning 
estetik mazmunini, uning jamiyat madaniyatidagi o‘rnini, sport bilan sanatning 
o‘zaro aloqadorligini tadqiq etadi. U umummadaniyatning tarkibi qismi sifatida 
inson jismoniy kamolotining manaviy-estetik jihatlarini tahlildan o‘tkazadi. 
Ko‘rinib turibdiki sport nafaqat baxs, kurash, musobaqalardan iborat, balki ijtimoiy 
hayotda muhim o‘rin egallagan va inson sog‘lom turmush tarziga singib ketgan 
estetik sohadir. Misol uchun, Sharq yakka kurash usullaridan biri “Karate-do” bilan 
shug‘ullanuvchi insonlar nafaqat zarba berish mahoratini, o‘zini himoya qilish 
sanatini, buyumlarni parchalashni o‘rganish, jangovar uslub va strategiyasini 
o‘zlashtirib qolmay, olam va odamda bo‘lgan barcha mutanosibliklarning o‘zaro 
bog‘liqligi va tabiat bilan estetik uyg‘unligini idrok etgan holda ongli tarzda o‘z 
hayot tarzini o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Bugungi kunda sog‘lom turmush tarzini tashkil etish borasida ilmiy tadqiqot 
ishlari olib borilmoqda. Bu esa mazkur jarayonning ilmiy-nazariy asoslarini 
mustahkamlash imkoniyatini yaratdi. SHu bois mamlakatimizda sportga bo‘lgan 


512 
etibor 
nihoyatda 
jiddiy 
va 
sport 
hamda 
jismoniy 
tarbiya 
bilan 
shug‘ullanayotganlarning soni ham ortib bormoqda. 
Sport inson salomatligini taminlaydigan xarakatlar yig‘indisi hisoblanadi. 
Biroq sog‘lom turmush tarzi faqat sport orqali shakllanib qolmaydi, u insonni estetik 
jihatdan tarbiyalashni ham taqazo etadi. CHunki, inson ham jismoniy ham manaviy-
ruxiy tarbiyaga muhtoj. Zero, bu borada “Sog‘ tanda - sog‘lom aql” tamoyili bejiz 
amal qilmaydi. 
Malumki, sport va jismoniy tarbiya deyarli doimo yonma-yon tilga olinsa-da, 
ular bir-biridan jiddiy farq qiladi. Jismoniy tarbiya asosan inson salomatligini 
taminlashga qaratilgan jamiyatning turli yoshdagi barcha tabaqalari ixtiyoriy tarzda 
“o‘zi uchun” shug‘ullanadigan, ommaviylik tabiatiga ega mashqllar yoki mashq 
majmualaridan iborat. Sport esa, uning qaysi sohasida bo‘lmasin, mutaxassis 
ustozlar nazorati ostida maxsus tayyorgarlik ko‘rgan odamlarning, asosan 
yoshlarning yakkama-yakka yoki jamoaviy tarzda bellashuvini o‘z ichiga oladi. 
Sport va jismoniy tarbiya o‘rtasidagi estetik farqni faylasuf olim Abdulla SHer 
jismoniy tarbiya qay ko‘rinishda bo‘lmasin, (yakka yoki jamoaviy), bellashuvni rad 
etadi va insonga turli mashq shakllaridan hohlaganini tanlash imkonini beradi, deb 
aytadi. Sportda musobaqa birinchi o‘rinda turadi va unda muayyan mashqlar 
majburiy tarzda bajariladi. Lekin bu majburiylik sport malum bir turi doirasida 
sportchiga erkin harakat qilish imkonini beradi, yani sportda ijodiy yondashuv 
taqiqlanmaydi, balki qo‘llab-quvvatlaydi. 
SHuni takidlash lozimki, sport estetikasidagi eng muhim muammo, bu uning 
sanat bilan o‘xshashligida. SHundan kelib chiqib, klassik sport turlarini o‘ziga xos 
sanat sifatida talqin qilish mumkin. Bu borada Rene Mehyu, Morin Kovich, 
Benjamin Lou singari g‘arb olimlari va ko‘plab mashhur sportchilar sportni sanat 
sifatida qabul qilish mumkin degan fikrni o‘rtaga tashlaydilar. 
Sport va jismoniy mashqlardagi qonun-qoidalar yoshlarni hayotda o‘zining 
mustahkam egallashlarida muhim ahamiyatga ega. Bu qoidalar mohiyatan axloqiy 
va estetik mazmun kasb etadi. Zero sport raqibga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, 
ustoz va murabbiyga bo‘lgan e’tiqod mustahkamligi, hakamlar va tomoshabinlarga 
chuqur hurmat ko‘rsatish, chidamlilik, g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq, halollik kabi 
axloqiy qadriyatlarni ulug‘lashga va egallashga xizmat qilsa, ayni paytda go‘zal 
hatti-harakatlarni namoyon ettirish, insonga estetik zavq bag‘ishlash, xatto sport 
anjomlariga estetik munosabat orqali didni tarbiyalash ishlarini amalga oshiradi. 
Sport musobaqalari va jismoniy harakatlardagi zavqni estetik taxlil etish sport 
estetikasining muhim vazifalaridan biridir. Hozirgi paytda sport jahon bo‘ylab juda 
keng yoyilgan madaniy soha sifatida tan olinmoqda. Ayniqsa, buni O‘zbekiston 
misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Bizda mustaqillik sharofati bilan sportga milliy 
madaniyatning uzviy qismi sifatida qarash shakllandi, uning hamma turi bo‘yicha 
musobaqalar o‘tkazish odat tusiga kirdi, o‘zbek kurashi esa umumbashariy sport turi 
maqomini oldi. 
Bugungi kunda sport estetikasi sog‘lom turmush tarzimizning bir qismiga 
aylanib borayotganligini ijobiy xolatdir. Hoh sport, hoh jismoniy tarbiya bo‘lsin 


513 
sog‘lom turmush tarzini bu ikki omillarsiz shakllantirib bo‘lmaydi. SHunday ekan, 
sog‘lom turmush tarzini sport estetikasisiz tasavvur etish mumkin emas. 
Sport estetik tarbiya vositasi sifatida zamonaviy insonni kamol toptirishda 
alohida etiborga ega. Hozirda sportni rivojlantirish mamlakatimizda davlat siyosati 
darajasiga ko‘tarildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad avlodni jismonan baquvvat, 
sog‘lom, vatanning jasur himoyachisi qilib tarbiyalashdir. 
Mustaqillik yillarida xalqimizning boy madaniy merosini qayta tiklash, 
yuksak manaviyat, milliy o‘ziga xoslik va xalq ananalarining mavjud ko‘p asrlik 
sarchashmalarini butun choralar bilan rivojlantirish, jismonan sog‘lom, manan etuk 
va har tomonlama barkamol shaxslar jamiyatini barpo etish uchun zarur shart-
sharoitlar yaratildi. Aholining madaniy va estetik ehtiyojlarini yanada to‘la 
qondirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha tizimli 
va aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi. Nufuzli xalqaro 
musobaqalarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilish va yuksak marralarni 
zabt etishga qodir mahoratli sportchilar tayyorlashning samarali tizimi yaratildi. 
Biroq, sport-sog‘lomlashtirish muassasalari, obektlari va inshootlarining moddiy-
texnik bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash bilan bog‘li muammolarni 
bartaraf etish dolzarb bo‘lib bormoqda.
SHu bois madaniyat va sport sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish, 
mazkur sohada O‘zbekiston xalqining boy va o‘ziga xos madaniyati, sanati va 
ijodiyotini yanada rivojlantirishni taminlashga yo‘naltirilgan davlat siyosatini 
amalga oshirish samaradorligini tubdan yuksaltirish, aholi keng qatlamlari orasida 
manaviy-axloqiy kamolot va sog‘lom turmush tarziga intilishni kuchaytirish 
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 fevraldagi 
“Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni elon qilindji.
Farmonda aholining keng qatlamlari o‘rtasida sport va jismoniy tarbiya bilan 
shug‘ullanishni ommalashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni tashkillashtirish, 
jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish, sport tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini 
mustahkamlash, bolalar, ayniqsa, qizlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga 
keng jalb etish, bolalar sportini har tomonlama rivojlantirish, bolalar sport talimi 
sifatini oshirish orqali barcha hududlarda bolalar sport obektlari tarmog‘ini yanada 
kengaytirish, shu asosda bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlash va ularning barqaror 
jismoniy rivojlanishini taminlash kabi masalalar asosiy vazifa va faoliyat 
yo‘nalishlari qilib belgilangan: 

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling