MAGISTRLIK AKADEMIK DARAJASINI OLISH UCHUN DISSERTATSIYA USTIDA
ILMIY IZLANISH OLIB BORISH HAMDA MAVZUNI YORITISH BO‘YICHA
HAMKORLIK SHARTNOMASI
«____» _________ 2023 yil ____-son Termiz shahar
Termiz davlat pedagogika instituti rektori v.v.b., professor I.T.Xasanov va Termiz shahar Mahalla va nuroniylarni qo`llab-quvvatlash bo`lim boshlig`i Z.Meyliyev tomonidan ushbu shartnoma imzolandi. Termiz davlat pedagogika instituti Magistratura bo‘limi 70110102-Pedagogika va psixologiya mutaxassisligi magistranti Ashurova Shaxnoza Faxriddinovna “O`zbek oilalarida sog`lom turmush tarzini shakllantirishning pedadogok-psixologik omillari” mavzusida (ilmiy rahbar dots.A.B.Qodirova) magistrlik akademik darajasini olish uchun dissertatsiya ustida ilmiy izlanish olib borishi hamda ushbu mavzuni yoritishda Termiz shahridagi Mehrabod,Gulirano,Katta bog`, Baynal mahallarida tajriba sinov ishlarini tashkil etish, natijalarni sinovdan o‘tkazish va amaliyotga joriy qilish bo‘yicha hamkorlik shartnomasida quyidagi mazmunda ishlarni tashkil etish belgilandi.
TOMONLARNING VAZIFALARI
1. Termiz shahar Mahalla va nuroniylarni qo`llab-quvvatlash bo`lim boshlig`i:
1.1. Termiz shahridagi Mehrabod, Gulirano, Katta bog`, Baynal mahallarida tajriba sinov ishlarini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, sinovlarni holisona va to‘laqonli o‘tkazishga ko‘maklashish hamda amaliyotga joriy qilinishini ta’minlash.
1.2. Ilg‘or tajribali pedagoglarning ijodkorlik va tashabbuskorlik namunalari hamda pedagogik mahorat qirralari bilan tadqiqotchini yaqindan tanishtirish.
1.3. Mahallalar bilan ishlashda ota-onalari bilan ishlashda tadqiqotchi bilan hamkorlik qilish. O‘tkaziladigan ota-onalar yig‘ilishlarida tadqiqotchi tomonidan tayyorlangan materiallar (so‘rovnomalar, anketa-testlar)dan foydalanishni ta’minlash.
1.4. Maktablarning ijtimoiy pasportlarini tayyorlashda tadqiqotchi tomonidan ishlab chiqilgan metodlardan unumli foydalanish.
1.5. Tadqiqotni olib borishda umumta’lim maktablarining mas’uliyatini oshirish, natijalarini umumlashtirish, shu asosda ma’ruza va maqolalar tayyorlashda hamkorlik o‘rnatish.
1.6. Tajriba-sinov ishlarining yakuniy bosqichiga qadar mutasaddilarning mas’ulligini ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |