Hamkorlik shartnomasi


Download 80 Kb.
bet4/5
Sana14.03.2023
Hajmi80 Kb.
#1267584
1   2   3   4   5
Bog'liq
МАГИСТРЛИК АКАДЕМИК ДАРАЖАСИНИ ОЛИШ УЧУН ДИССЕРТАЦИЯ УСТИДА

TOMONLARNING VAZIFALARI


1. Qumqo‘rg‘on tumani xalq ta’limi bo‘limining majburiyatlari:

1.1. Qumqo‘rg‘on tumanidagi 2-3-sonli umumta’lim maktablarida tajriba sinov ishlarini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, sinovlarni holisona va to‘laqonli o‘tkazishga ko‘maklashish hamda amaliyotga joriy qilinishini ta’minlash.


1.2. Ilg‘or tajribali pedagoglarning ijodkorlik va tashabbuskorlik namunalari hamda pedagogik mahorat qirralari bilan tadqiqotchini yaqindan tanishtirish.
1.3. Maktab o‘quvchilarining ota-onalari bilan ishlashda tadqiqotchi bilan hamkorlik qilish. O‘tkaziladigan ota-onalar yig‘ilishlarida tadqiqotchi tomonidan tayyorlangan materiallar (so‘rovnomalar, anketa-testlar)dan foydalanishni ta’minlash.
1.4. Maktablarning ijtimoiy pasportlarini tayyorlashda tadqiqotchi tomonidan ishlab chiqilgan metodlardan unumli foydalanish.
1.5. Tadqiqotni olib borishda umumta’lim maktablarining mas’uliyatini oshirish, natijalarini umumlashtirish, shu asosda ma’ruza va maqolalar tayyorlashda hamkorlik o‘rnatish.
1.6. Tajriba-sinov ishlarining yakuniy bosqichiga qadar mutasaddilarning mas’ulligini ta’minlash.


2. Termiz davlat institutining majburiyatlari:

2.1. Tadqiqotchiga tajriba-sinov jarayonida malakali ilmiy-metodik yordam ko‘rsatish, ularni ilmiy ishlanmalar va metodik ko‘rsatmalar bilan ta’minlash.


2.2. O‘qituvchi-pedagoglarning pedagogik mahoratlarini oshirish maqsadida davra suhbatlari, seminar-treninglar tashkil etish.
2.3. Umumta’lim maktablarida ota-onalar bilan ishlash jarayonini yanada takomillashtirish bo‘yicha sinf rahbarlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, sinf rahbarlari metod birlashmalari rahbarlarini tavsiyalar bilan ta’minlash.
2.4. Tajriba-sinov ishlarini to‘g‘ri tashkil etish va o‘tkazib borilishini nazorat qilish.
2.5. Tajriba-sinov o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish.

Download 80 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling