O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti
“Ommaviy madaniyat”ning yoshlar estetik didiga tasiri
Download 5.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019
“Ommaviy madaniyat”ning yoshlar estetik didiga tasiri
Bugungi kunda manaviy olamni yuksaltirish, milliy-umuminsoniy estetik qadriyatlarni qaror toptirish va estetik tarbiyani mustahkamlash dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Bu ayniqsa, hozirgi murakkab va taxlikali zamonda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Xususan, milliy o‘zligimiz, azaliy qadriyatlarimizga yot va begona bo‘lgan turli xil hurujlar, yoshlarimizning ongi va qalbini egallashga qaratilgan g‘arazli intilishlar tarbiyaning oliy shakli bo‘lmish estetik tarbiya jarayoniga sezilarli tasir ko‘rsatmoqda. Ana shunday tasirning zamonaviy ko‘rinishlaridan biri - “ommaviy madaniyat”dir. “Ommaviy madaniyat”ning inson estetik tafakkuriga, jamiyatdagi estetik qadriyatlarga hamda shaxs estetik kamolotiga salbiy tasiri ko‘plab vosita, omil va yo‘nalishlarga ega. Bular orasida eng tasirchani va kengqamrovlisi – Internet va ijtimoiy tarmoqlardir. Internetdan foydalanish madaniyatini oshirish, past saviyali “ommaviy madaniyat”ning kirib kelishiga qarshi kurashish, yoshlarni internetdagi ijtimoiy tarmoqlar orqali kirib kelayotgan ilg‘or zararli malumotlardan himoya qilish avvalo, Internet-klublar faoliyatiga talablarni oshirishni talab etadi. Sababi Internet aloqaning bir muncha tez taraqqiy etgan vositasi, shu bilan birgalikda axborot tarqatishning ham eng tezkor mexanizmi hisoblanadi. Bugungi kunda axborot texnologiyasi va Internetning yaqinlashuvi dunyoni industrlashtirish inqilobi kabi o‘zgartirib yubordi. Tahlillarga ko‘ra, 50 millionli auditoriyani radio 38 yilda, televidenie 13 yilda, internet esa bor-yo‘g‘i 4 yilda egallab olishini inobatga olsak, internetning yoshlar estetik dunyoqarashiga tasiri va o‘zgartirish tezligini tasavvur qilish qiyin emas. Bugungi kunga kelib esa internetdan foydalanayotganlar 1,5 mlrddan oshib ketdi. Agar hozirda internetga uyali aloqa vositalari orqali bog‘lanish yo‘lga qo‘yilganligini inobatga olsak, mazkur raqam bir necha barobar oshishi mumkin. Demakki, axborot va kommunikatsiya texnologiyasi hozirgi paytda 511 manaviy va moddiy taraqqiyotning muhim vositasiga aylanishi natijasida odamlarning turmush tarzini, o‘zaro aloqasini xatto tashqi ko‘rinishini ham tubdan o‘zgarishiga olib kelayotganligini inkor etib bo‘lmaydi. XXI asrda “ommaviy madaniyat” zamonaviy qiyofada go‘yo rivojlangan madaniy dunyoga integratsiyalashish, liberallashish, demokratlashish niqoblari ostida namoyon bo‘lmoqda. YOshlar bu niqoblar ostidagi salbiy xolatlar va ular shakllantirishi mumkin bo‘lgan illatlar bilan umuminsoniy qadriyatlar orasidagi keskin tafovutni anglashlari kerak. Birgina “ommaviy madaniyat” hodisasi eng avvalo, milliy nafosatga zarba berib, jamiyatning g‘oyaviy tizimini izdan chiqarishi bilan hatarli ekanligini to‘g‘ri tushunish uchun ham estetik bilim zarur. Bunday havf-xatarga qarshi qatiy tura oladigan shaxsni shakllantirishda tarbiyaning estetik ko‘rinishini uyg‘un xolda olib borish maqsadga muvofiq. SHuni alohida takidlash kerakki, estetika niqobi ostida turli xil ko‘rinishdagi “sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotchilari”, “ko‘ngilochar” va “musaffo tuyg‘u” baxsh etuvchi saytlar talaygina. Eng dahshatlisi keyingi paytlarda internet tarmog‘ida vampirizm estetikasi va uning targ‘iboti bilan bog‘liq saytlarning ko‘payib borayotganligi tashvishlanarli xoldir. CHunki, go‘zallikdan zavqlanishning bu taqlid ko‘rinishlari ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodning estetik didini, dunyoqarashini yot g‘oyalar bilan “boyitadi”. Bunday tahdidlarga qarshi go‘zal qadriyatlarni dunyoga tanitish, xalqimizning boy va betakror estetik dunyosini aks ettiradigan personajlarni yaratish bilan bog‘liq tarbiyaviy jarayonlarga yo‘naltirilgan tadbirlar yordamida kurashish maqsadga muvofiqdir. Zero “Tarbiyaning estetik shakli ijtimoiy jarayonlarda ishtirok etar ekan, u o‘z navbatida kishilarga jamiyatda olib borilayotgan ijobiy ishlardan zavqlanish, demokratik munosabatlarga nisbatan qiziqish tuyg‘usini uyg‘otishni o‘zining maqsadi deb biladi. Download 5.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling