O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet272/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Xalq amaliy sanati 


496 
Amaliy sanat turlarining estetik xususiyati shundaki, ular bir vaqtning o‘zida 
ham badiiy, ham amaliy vazifani bajaradi. SHu bois, xalq madaniyati tarixini uning 
amaliy sanatisiz tasavvur qilish qiyin. O‘zbek xalqining ko‘p asrlik tarixida xalq 
amaliy sanati turlari boy va rang-barang madaniy merosining eng ajoyib va 
ommaviy qismini tashkil etadi. O‘zbek xalq amaliy sanati yodgorliklari o‘tmish 
ajdodlarimiz yaratgan barkamol, takrorlanmas va tarixan bebaho asarlarning 
namunalari bo‘lib, jahon madaniyatining durdonalaridan bo‘lgan badiiy va madaniy 
merosni tashkil etadi. 
Xalq amaliy sanati kishilarning manaviy olamini boyitadi, badiiy-estetik 
didini shakllantiradi, ruhiyatini tarbiyalaydi. Shuning uchun ham ham o‘zbek xalqi 
amaliy sanati kishilarning badiiy, axloqiy, umuminsoni jihatdan tarbiyalab, ularning 
ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda ham madaniy darajasini yuksaltirishda eng 
zarur manbalardan hisoblanadi. Bu manbalardan bugungi kunda ham usta va 
hunarmandlar samarali foydalanib keladi. 
Xalq amaliy sanatining milliy estetik mazmuni naqqoshlik sanatida yaqqol 
ko‘zga tashlanadi. Naqqoshlik sanati g‘oyat boy va mazmundor bo‘lib maishiy 
turmushimizda ishlatiladigan oddiy qoshiq, lagan, sandiq, cholg‘u asboblaridan 
tortib turar joy va jamoat binolarining devor hamda shiftlariga solingan naqshlar 
insonni hayratga soladi, zavqlantiradi. Bino yoki xonadon devoridagi naqshlar turli 
xil bo‘lib ulardan “girix” arabcha “tuguncha” degan manoni anglatgan xandasaviy 
naqshlar yani to‘g‘ri to‘rtburchak, romb, kavadrat kabi yaxlit kompozitsiyani tashkil 
qilgan naqshlar va “islim” (arabcha) yuguruvchi manosini anglatib to‘g‘ri yo‘l 
ichiga ilon izi shaklida chizilgan o‘simliksimon naqshlardan iborat bo‘lgan. Ular 
faqat foydali-amaliy ahamiyatga ega bo‘lib qolmay, balki xonadon egalarining orzu-
umidlari, badiiy-estetik didi va estetik idealining ko‘rsatkichi sifatida ham namoyon 
bo‘lgan. Bugun ham zamonaviy turar joylar va binolarni bu naqshlarsiz tasavvur 
etib bo‘lmaydi. 
Bugungi zamonaviy inshootlar kabi turar joylarda amaliy sanatning bir 
qancha turlarini ko‘rish mumkin. Turar-joy binolarining turli-tuman badiiy-
texnologik usullarda namoyon etilgan badiiy bezak turlari O‘zbekiston 
memorchiligida muhim o‘rin tutadi. CHunonchi, turar-joy dizayni bu milliy 
ananalarga tayangan noyob ijodiy faoliyat bo‘lib, ularning mahorati va badiiy 
bezatilishning ko‘pgina qirralarini ifodalaydi. Turar-joylar intererlaridagi umumiy 
devorlarning sathi ananaviy kompozitsion bo‘linish usullari, intererlarni badiiy-
bezakli pardozlashning asoslariga tayanadi va ko‘plab estetik xususiyat kasb etadi. 
Masalan, binoning tashqi ko‘rinishi - tarz (fasad)ga qaraganda uyning intereri ko‘p 
hollarda ko‘rkam bezakli bo‘ladi. Devorlarning tokchalarga bo‘linishi turg‘unlik va 
sokinlik taasurotini yaratsa, devorning barcha sathi naqshinkor bezatiladi, bezakni 
bajarishda simmetriya, ritm, mutanosiblik qonunlariga rioya qilinishi unga 
tartiblilik, uyg‘unlikni namoyon qiladi. O‘yma bezaklar bilan oro berilgan yog‘och 
eshiklar, ustunlar, shift bolorlari, gohida shift ustidan ko‘prangli naqshlar, 
shuningdek naqqoshlik bilan devor sathining barcha qismlari tokchalar, shiftlar 
karniz va bolorlar ham bezatilishi, deraza darchalari va eshik tabaqalari, ustunlari 


497 
devor va intererga berilgan naqshu bezaklar imoratga badiiy tantanvorlik va estetik 
qiyofa baxsh etadi. 
Intererlarning badiiy bezatilishda asosiy ahamiyat devoriy naqqoshlikka 
qaratilgan bo‘lib bu o‘zbek xonadonini bezatishda muhim jihatlardan hisoblanadi. 
Devorda ketma-ket joylashgan naqshinkor va pardozlangan naqshlar yordamida 
juda ham rang-barang, jozibador kompozitsiyalar yaratiladi. Interer dizaynida 
devoriy naqqoshlikning bir necha kompozitsion echimlarini kuzatish mumkin. Bu 
tokchalarga bo‘lingan, yalpi naqqoshlik bilan bezatilgan devor sathi va naqshinkor 
va o‘ymali naqshlar ketma-ket joylashgan, rang-barang naqshinkor kompozitsiya. 
SHift naqqoshligi ham Toshkent intererlarida muhim o‘rin tutadi. Ular o‘zida 
konstruktiv va badiiy echimning sintezini namoyon etadi. Ular turar-joylari ayvon 
va dahlizlarda ham keng qo‘llaniladi. Bu amaliy sanat turining gullashi va 
rivojlanishi, hozirgi davrda shaharda shakllangan qulay iqtisodiy sharoit, 
innovatsion tasir va amaliy-bezak sanatining ko‘p asrlik ananalari bilan bog‘liqdir. 
YOg‘och o‘ymakorligi faqat intererning sirtida namoyon bo‘lib qolmay turli 
shakl va kompozitsiyalarda ham aks etadi. Bu interer uchun ishlangan stol, stullar, 
xontaxtaning nafaqat shaklining bejirimligi balki yog‘och fakturasining go‘zalligi va 
ularga berilgan ishlov hamda naqshlarning betakror va engilligi kishiga zavq 
bag‘ishlaydi. Toshkent turar joy memorchiligida O‘rta Osiyo memorchiligi 
amaliyotida qo‘llanilgan badiiy bezaklarning deyarli barcha turlari mavjud: 
suvalgan devor ganch naqqoshligi avva o‘ymakorligi shular jumlasidandir. 
Intererning badiiy bezalishida asosiy ahamiyat devoriy naqqoshlikka qaratilgan 
bo‘lib, bu o‘zbek xonadonini bezatishda muhim jihatlardan hisoblanadi. Ko‘pincha 
naqqoshlik ganch o‘ymakorligi bilan muvofiqlikda bajariladi. Ayniqsa Toshkentda 
keng tarqalgan o‘simlik naqshlari- majnuntol, anor, xrizantema butalarining 
yoyilgan shoxlarini ko‘plab uchratish mumkin. Bu lavhalar faqatgina bezak emas 
o‘z falsafiy manosiga egadir. Masalan majnuntol - sevgi sog‘inchi, anor - 
serhosillik, lola - bahor, gulsafsar - osoyishtalik va uzoq umrni anglatgan. O‘zbek 
xalq amaliy sanatining eng rivojlangan ganchkorlik, naqqoshlik, kandakorlik, 
zardo‘zlik, kigizchilik, kashtachilik kabi bir qancha turlarining o‘ziga xos bajarish 
texnologiyasi, haqiqiy milliy nomlari, ularga xos atamalar, bu sanatlarga xos 
maktablar yo‘qolib ketishi xavfi bor edi. Ammo mustaqillikka erishgach milliy 
sanatimizning bu sohalariga bo‘lgan etibor kuchaydi. Ular tiklanib yangi ananalar 
paydo bo‘la boshladi. Bu esa hozirgi kunda sanatkorlar, xalq ustalari, mualimlar 
amaliy bezak sirlarini shogirdlariga o‘rgatib qolmay bu sanat asarlarini keng targ‘ib 
etib jamoatchilikning estetik didini, madaniy darajasini yanada yuksaltirishda 
muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling