O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet268/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Texnogen 
sivilizatsiyaning 
ishlab 
chiqarish 
estetikasi 
va 
fan 
taraqqiyotiga tasiri 
XX asrda ilmiy-texnikaviy taraqqiyot natijasida biosfera ichida noosfera yani 
texnikaviy muhitning paydo bo‘lishi inson hayoti va faoliyatining asosi bo‘lgan 
mehnatga katta tasir ko‘rsata boshladi. Bugun uyali aloqa, kompyuterlarsiz hayotni 
tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu esa texnika hayotimizga tobora chuqur kirib 
borayotganini ko‘rsatadi. Albatta, biosferadagi barcha o‘zgarishlarning sababchisi 
inson-uning tafakkuri ekanligi ayon. XXI asr yuqori texnologiyalar, axborotlar asri 
sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bu esa kishilarning ongi, faoliyati mana shu 
tezkorlikka moslashishi lozimligini taqozo etadi. 


488 
Texnika rivojining ko‘p yillik tarixi bizning texnik bilimlarimiz, ixtirochilik, 
konstruktorlik qobiliyatimiz fan, inson ehtiyojlari, yashash muhiti rivojiga muvofiq 
doimiy mukammalashib borishini ko‘rsatmoqda. Hozirgi zamon sivilizatsiyasi 
sanoat va texnika taraqqiyoti bilan bog‘liqdir. U industrial sivilizatsiya yoki 
texnogen jamiyati deb atalmoqda. Texnogen olam, sivilizatsiya bevosita fan, 
texnika, «ratsionallik» singari tushunchalar bilan bog‘liqdir. Texnika yordamida 
insontabiatni, o‘z-o‘zini, jamiyatni tubdan o‘zgartiradi. Inson va jamiyat 
“texnosfera”da joylashgan bo‘lib, texnika bir joyda to‘xtab turmaydi. Texnika 
innovatsiyasi inson hayotini to‘xtovsiz o‘zgartirib turuvchi katalizator - harakatga 
keltiruvchi sifatida inson ongidan joy oldi. Mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish 
ijtimoiy hayotga, iqtisod, siyosat va mafkuraga kirib keldi. “Inson va mashina” 
munosabatlari tobora yangicha mazmun kasb etib bormoqda. 
Texnika insoniyat tomonidan yaratilgan barcha yutuqlarni o‘ziga singdirib, 
inson qudrati va aqliga xizmat qilishi lozim. Har qanday rivojlangan texnika ham 
ijtimoiy masalalarni insonsiz hal eta olmaydi. Biroq, taraqqiyot taqdirini manaviy 
jihatdan etuk odamlar hal qiladi. Texnikaviy bilim, murakkab texnologiyani egallash 
qobiliyati manaviy barkamollik va mustaqil tafakkur bilan birga borishi kerak. 
Texnik taraqqiyotni, uning jamiyatdagi o‘rni va rolini to‘xtatish, inkor etish mumkin 
emas. SHunday ekan, texnogen sivilizatsiyada inson texnogen madaniyat-fan 
amaliyoti, texnikaning yangidan-yangi shakllari, ularni ishlata bilish uquvi va 
mahoratiga ega bo‘lishi taqozo etiladi. 

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling