Texnika madaniyati reja: Texnika madaniyatning shakllanishi. Zamonaviy madaniyatda texnikaning ahamiyati


Download 47.98 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi47.98 Kb.
#1514173
  1   2   3   4
Bog'liq
TEXNIKA MADANIYATI


TEXNIKA MADANIYATI
REJA:
1. Texnika madaniyatning shakllanishi.
2. Zamonaviy madaniyatda texnikaning ahamiyati.
3. Ommaviy madaniyat.
Zamonaviy madaniyatni texnikaviy, texnika hukmdorligi, dunyoviy-elektron yoki axborot madaniyati deb ataydilar. Bunday munosabat hozirgi madaniyatda fan va texnikaning o‘rni muhimligini ko‘rsatadi. «Zamonaviy» yoki «Yangi» fan antik yoki o‘rta asrlardagi fandan tubdan farQ Qiladi. Agar, ilgarilari fan dunyoni asl holda, unga dahlsiz o‘rgangan bo‘lsa, endi esa, fan bilish, yaratish, ixtiro, loyiha tuzish kabi jarayonlarni mujassamlashtirib «inson idroki yordamida hal bo‘ladigan muammolarga e’tiborini jalb QilmoQda». Hozirgi fanning jo‘shQin Qiyofasi mana shundan iborat. HaQiQatni anglashga urinish o‘rniga insonning QiziQish va ehtiyojlari mos keluvchi aniQ imkoniyatlarni hisobga olish harakati ustun bo‘lmoQda.
Fan va madaniyatdagi yangi yo‘nalish shakllanishining boshlanishi Uyg‘onish davri bilan bog‘liQ. (XIV-XVI asrlar). Uyg‘onish-Evropa madaniyati taraQQiyotidagi muhim davr bo‘lib, davriy jihatdan o‘rta asrlarga mansub. BiroQ, bu davr mutlaQo yangi madaniyat bosQichini ochdi. Shaharlar ko‘payishi, Yevropada ichki va tashQi savdoning vujudga kelishi, hunarmandchilikning rivojlanishi Yevropa madaniyatida yangi yo‘nalishlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. QisQa vaQt ichida o‘rta asrlar jamiyatida moddiy madaniyat va texnologiyalar o‘zgarib ko‘plab muhim ilmiy kashfiyotlar Qilindi. Buyuk geografik kashfiyotlar diniy «dunyo Qiyofasini» o‘zgartirdi, aQliy va iQtisodiy hududni kengaytirib jahon savdosini vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Antik davr merosini o‘rganish yangi falsafiy yo‘nalishlar paydo bo‘lishiga turtki bo‘lib inson va tabiatning o‘zaro munosabatlarida mutlaQo o‘zgacha andoza shakllandi.
Jamiyatdagi shaharliklar orQasida «gumanizm» deb nomlanuvchi yangi g‘oya shakllandi. Bu nom inson haQidagi yangi dunyoviy fandan (studia humanitatis) kelib chiQQan bo‘lib, ilgarigi «ilohiyat haQidagi fanni» (studio divinus) asta-sekin siQib chiQardi. Insonparvarlik g‘oyasi Quyidagi xususiyatlarga ega:
1. Tabiat Qonunlarini -»tabiiy-muvofiQ» tamoyili asosida tushuntirishga asoslanish;
2. Insonni muammolar markazi Qilib olish (antropotsentrizm) – insonga tabiatning toji sifatida Qarash;
3. AQliy tafakkur (Rasionalizm)- inson idrok va zakovat orQali atrof muhitni, o‘z-o‘zini biladi deb hisoblash;
Inson nimasi bilan yerdagi boshQa barcha narsalardan farQ Qilib xudoga yaQinlasha oladi, inson Qanday fazilatlarga ega? Insonparvarlik g‘oyalarining rivojlanishi dunyo va insonning diniy konsepsiyasi buzilishiga va XVIII asrda inson shaxsining o‘zini Qadrlash haQidagi ta’limot paydo bo‘lishiga olib keldi. Gumanistlar o‘z ta’limotining ishonch mezoni deb emprik-tajriba va rasionallikni hisobladi. Bu xulosa ularni cherkovni Reformatsiya Qilish (M. Lyuter, J. Kalvin), utopik sotsializm (T. Mor, T. Kampanella) va ijtimoiy pragmatizm (N. Makkiavelli) kabi g‘oyalarni nazariy asoslashga olib keldi.
Uyg‘onish davri gumanistlari dunyo va inson paydo bo‘lishidagi ilohiy g‘oyalarni butunlay inkor Qilmadi, balki olam doimiy va Qat’iy Qonunlarga muvofiQ ravishda bunyodga kelishini tasdiQladilar. Idrok insonga shuning uchun berilganki, idrok yordamida inson bu Qonunlarni tushunib o‘z jamiyatlarini tuzishlarida Qo‘llashi yerda baxtning Qaror topishiga garov bo‘lib oxiratini ham obod Qilishlari mumkin. Inson tabiat Qonunlariga mos ravishda rivojlanuvchi tabiatan aQlli mavjudot hisoblanib, nafaQat moddiy dunyo markazida turadi, u shuningdek, badiiy tushunish va tasvirlash ob’ektining asosi hamdir.

Download 47.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling