1-fasl. Yangi era boshlaridan jahonda va mintaqada ma’naviy yangilanish zaruratining kuchayishi va tavhid e’tiqodining shakllanishi


Download 18.77 Kb.
bet1/2
Sana30.10.2023
Hajmi18.77 Kb.
#1735286
  1   2
Bog'liq
UZbda madaniyat


Mavzu:Chor Rassiya hukmdorligi va bolshvezim qatag’onlari sharoitida milliy ma’naviyatimiz ahvoli.
Reja:
1.Yangi era boshlaridan jahonda va mintaqada ma’naviy yangilanish zaruratining kuchayishi va tavhid e’tiqodining shakllanishi.
2. Islom mintaqa madaniyatining tashkil topishi.

1-fasl. Yangi era boshlaridan jahonda va mintaqada ma’naviy yangilanish zaruratining kuchayishi va tavhid e’tiqodining shakllanishi.
Sosoniylar davrida zardushtiylik Eronda hukmron din bo’ldi. Bu davrga kelib mazdayasna e’tiqodi allaqachon asl ma’nosini yo’qotgan, asotir tafakkur ta’sirida tamomila mushriklik ruhidagi botil aqidalar bo’tqasiga aylanib bo’lgan edi. Payg’ambarimiz hazrati Muhammad (S.A.V.)ga vahiy tushgan davrda ham Sosoniylar ko’hna aqidalaridan voz kechmadilar. Xusrav II Parviz Rasululloh da’vatini rad qildi va sulola tanazzulini boshlab berdi. Shunday qilib, Yangi era boshlanishida Qadimgi dunyo qadriyatlari bo’hronli holatni boshdan kechirmoqda, butun ahli bashar qarshisida ulug’ bir ma’naviy yangilanish ehtiyoji bunyodga kelgandi. Aslida ahli bashar ongidagi o’zgarishlar Yaratganning inoyati bilan ancha ilgari boshlangan edi. Miloddan avvalgi XVIII asrda hazrati Ibrohim alayhissalom Zardusht singari ilk bora tavhid nuridan bahramand bo’lgan bo’lsalar, XIV asrga kelib hazrati Muso Kalimulloh yagona Tangri inonchini yahudiy qavmiga targ’ib qildi. Milodiy era boshlaridan hazrati Isoyi Masih (Ruhulloh) va ul zotning havoriylari endi tavhid e’tiqodiga butun bashariyatni da’vat eta boshladilar. Iso (a.s.) nomi bilan bog’langan e’tiqod 3 asr xalq orasida yoyilib borib, IV asr www.ziyouz.com kutubxonasi 47 boshlarida Vizantiya imperatori ulug’ Konstantin tomonidan xristian dini sifatida rasman tan olindi. Allohning oxirgi kitobi Qur’oni karim 23 yil davomida (610-632) Makka shahridagi quraysh qabilasining hoshimiylar xonadoniga mansub Amin (ishonchli) laqabli Muhammad (sallallohu alayhi vasallam)ga vahiy orqali nozil bo’ldi. Muhammad Rasululloh oxirgi payg’ambar bo’lib, shu sababdan bu muhtaram zotni «Xotimat un-nabi», ya’ni «Payg’ambarlar muhri (yo oxirgisi)» deb atashadi. Muhammad (S.A.V.) ilk oyatlar nozil bo’lganda 40 yoshda, uylangan, 3 qizlarini turmushga chiqargan edilar. Ayollari Xadicha (raziallohu anho) o’sha paytda 55 yoshlarda bo’lib, avval boshidanoq Payg’ambarimizning risolatlariga ishonch bilan qaradilar va ul kishini doimo quvvatlab turdilar. Birinchilardan bo’lib islom e’tiqodiga imon keltirganlar payg’ambarimizning yaqin do’stlari Abu Bakr, jiyani Ali ibn Abu Tolib, tutingan o’g’illari Zayd va boshqalar bo’ldi. Ammo yangi e’tiqod Payg’ambarimizning ko’pchilik yaqin qarindoshlari tomonidan ham yaxshi qabul qilinmadi. Amakilarining ko’pchiligi avval qarshi chiqishdi, ulardan eng mehriboni bo’lmish Abu Tolib butun umri davomida jiyanini himoya qilgan bo’lsa-da, o’zi islom e’tiqo-diga imon keltir-madi. Abu Tolib va Xadicha onamiz vafotlaridan so’ng Makka musulmonlari ancha qiynalib qolishdi va Rasululloh do’stlari Abu Bakr bilan birga 622 yil yoz oxirlarida Makka shahridan Madina (o’sha davrda Yasrib)ga yo’l oldilar. Ularning izdoshlari ilgariroq ko’chib o’tishgan edi. Ushbu hodisa hijrat (ko’chib o’tish) deb ataladi va islom tarixida buyuk ahamiyat kasb etadi. Muhammad (S.A.V.) ning o’z tug’ilgan shaharlarini e’tiqod yo’lida tashlab chiqishlari bilan islom e’tiqodi g’alabasi boshlanadi, chunki Madina shahrining ko’pchilik aholisi Rasululloh da’vatlarini qabul qilib, yagona Allohga imon keltirgan edi. Ushbu voqea 16 yildan keyin musulmon yil hisobining boshlanishiga asos bo’ldi va shu sababli musulmon yil hisobi «hijriy era» deb ataldi. Islom dini asotir tafakkurga eng keskin va oxirgi zarbani berdi. Qur’oni karimda «ilm» so’zi asosidagi «alima» (bilmoq) fe’l negiziga tayangan kalimalar Tavhid e’tiqodi - Allohning barcha kitoblarida uqdirilgan, ajdodlarimiz asrlar davomida anglab etgan va imon keltirgan e’tiqod tizimi bo’lib, ahli sunna va jamoa aqidasiga binoan Allohning borligi va birligiga chin qalbdan iqror bo’lishni anglatadi. Milliy ma’naviyatimizda Borliq haqiqati ayni Tavhid e’tiqodida ifodalanadi. Aslida milliy ma’naviyatimizning tarixiy takomili Tavhid haqiqatini borgan sari teranroq idrok etish bilan bog’liq bo’lib, bu timsol-tushuncha turli zamon va turli soha namoyandalari tomonidan turlicha talqin etilgan. Masalan, diniy talqinda – faqat Allohning yagona ma’bud (sig’inishga loyiq yagona zot) ekanligiga urg’u berilsa (ruscha – «edinobojie»), ilmiy talqinda - yagona Alloh yaratgan va uning irodasi bilan boshqariladigan dunyodagi jonli va jonsiz, harakatda va sokinlikda ko’ringan, o’tmish, bugun va kelajakka oid barcha narsa va hodisalarning o’zaro uzviy bog’liqligi, yagona manba va manshaga oidligi, uyg’unligi va yaxlitligi (ruscha – «edinobыtie») tushuniladi. Yana uning irfoniy va mumtoz adabiyotimizga xos talqinlari ham bor. Ammo milliy ma’naviyatimiz an’analarida bunday turli talqinlarning birortasi boshqalariga zid emas, ular mohiyatan bir-birini to’ldirib keladilar. www.ziyouz.com kutubxonasi 48 750 marta uchrashligi ilmiy tadqiqotlarda qayd etilgan bo’lib, bu o’zak faqat «Alloh», «Rabb» (Parvardigor ma’nosida), «bo’lmoq» va «gapirmoq» kabi eng ko’p ishlatilgan o’zak-so’zlardan keyin beshinchi o’rinda turar ekan. Rasulullohga ilk nozil bo’lgan 5 oyat hozirgi Qur’oni karim matni 96-surasi («Alaq»)ning birinchi oyatlari bo’lib, shunday boshlanadi: «Iqra’ bi-ismi robbikallazi xalaq!» («Yaratgan rabbing nomi bilan o’qi!»). Orada bir oyat o’tib, yana «o’qi!» so’zi qaytariladi: «Iqra’ va robbikal akram, allazi allama bil qalam. Allama-l-insona ma lam ya’lam». («O’qi! Sening o’ta karamli parvardigoring qalam vositasi bilan ta’lim berdi. Insonga u bilmagan narsalarni o’rgatdi»). Shunday qilib, islom e’tiqodi avval boshidanoq insonni o’qib-o’rganishga, ilm vositasi bilan dunyoni anglab etishga targ’ib qiladi. Islom dinining yana bir muhim xislati ahli bashar ma’naviy kamolotida tarixiy tadrijiylikni qat’iy qoida qilib belgilab qo’yilganligidadir. Bu masala Qur’oni karimning ko’p suralari jumladan, ikkinchi («Baqara») va uchinchi («Oli Imron») suralarining boshlang’ich oyatlarida ochiq-ravshan ta’kidlangan bo’lib, o’zbekcha tarjimada quyidagicha ifodalangan: «Alif. Lom. Mim. Ushbu (ilohiy) Kitob (Qur’on) shubhadan xoli va (u shunday) taqvodorlar uchun hidoyat (manbai) dirkim, ular g’oyib (diniy xabarlar) ga imon keltiradigan, namozni mukammal o’qiydigan va Biz rizq qilib bergan narsalardan (sadaqa va) ehson qiladiganlardir. Yana, ular Siz (Muhammad) ga va Sizdan ilgari (o’tgan payg’ambarlarga) nozil qilingan narsa (ilohiy kitoblar)ga imon keltiradigan hamda oxirat (qiyomat) ga qat’iy ishonch hosil qiladiganlardir. Aynan ular Parvardigorlari tomonidan (ato etilgan) hidoyat uzradirlar va aynan ular najot topuvchi-lardir». («Baqara» surasi, 1-5-oyatlar). Demak, mo’’min bo’lmoqning asosiy shart-laridan biri faqat Qur’onni emas, balki undan oldingi payg’ambarlarga nozil etilgan kitoblarni ham yagona Alloh tomonidan yuborilganligini tan olishda ekan. Keyingi, «Oli Imron» surasining boshlang’ich oyatlarida ushbu g’oya yanada aniqroq qilib tushuntiriladi: «Alif. Lom. Mim. Alloh – Undan o’zga iloh yo’qdir. U tirik va abadiy turuvchidir. (U) Sizga (ey, Muhammad), Kitob (Qur’on) ni haqiqatan o’zidan oldingi (ilohiy kitoblar) ni tasdiqlovchi holida nozil qildi. Tavrot va Injilni oldin nozil qilishi esa, odamlarga hidoyat (manbai) bo’lishi uchun edi. (Endi esa) haq bilan nohaqlikni ajrim etuvchi (Qur’on) ni nozil qildi...» («Oli Imron» surasi, 1-4-oyatlar). Bu oyatlarda Qur’onning Furqon (“haq bilan nohaqlikni ajrim etuvchi”) deb nomlanishi alohida ta’kid etilganki, bu ham chuqur hikmatga ega. Tarixiy tadrijiylik nafaqat Qur’onda, balki undan oldingi ilohiy kitoblarda ham ta’kid etilgan va ularda o’zidan keyingi kitoblarga ishoralar mavjud ekanligi ma’lum. Islom dini – Muhammad (sav)ga vahiy orqali nozil bo’lgan Allohning oxirgi kitobi Qur’oni karimda va Payg’ambarimizdan etib kelgan sahih hadislarda o’z ifodasini topgan e’tiqod tizimi. Musulmonchilik – Allohning borligi va birligi hamda Muhammad(sav) uning oxirgi haq payg’ambari ekanligiga imon keltirgan barcha insonlarning islom dini haqidagi tasavvurlari. Islom madaniyati tarixida islom aqidalarini tushunishdagi turlicha qarashlarning mav-jud ekanligi islom va musulmonchilik o’zaro bog’liq bo’lgan turli voqeliklarni anglatishini ko’rsatadi. www.ziyouz.com kutubxonasi 49 Qur’onda qayta-qayta ta’kidlanishicha, islom dinida Alloh oldidagi eng og’ir gunoh shirk, ya’ni yagona Parvardigorga qaysi bir zotni sherik qilishga urinishdir. Barcha ilohiy kitoblarda olg’a surilgan Tavhid (yaratuvchining yagonaligi va barcha mavjudot manbai ekanligi) g’oyasi islomda o’zining oliy darajadagi talqinini topgan. Islom ma’naviyatining qirralari rango-rang, mohiyati teran. Sanab o’tganimiz ilmiylik va yozma madaniyatga tayanish, tarixiy tadrijiylik va tavhid izchilligi shular jumlasidandir. Qur’oni karim oyatlariga binoan insonning er yuzida xalifa ekanligining bir necha qayta ta’kidlanishi islom ma’naviyatining eng ulug’ qadriyatlaridandir. Qur’oni karimning juda ko’p oyatlarida insonning aziz va mukarram qilib yaratilgani, unga er va osmondagi barcha narsalar bo’ysundirib qo’yilganligi alohida uqdirib o’tilgan.

Download 18.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling