O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Ekoestetikaning XXI asr ilmiy-texnik taraqqiyotdagi o‘rni


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet267/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Ekoestetikaning XXI asr ilmiy-texnik taraqqiyotdagi o‘rni 
Globallashuv suratlarining ortishi, xalqaro raqobatning kuchayishi, axborot 
texnologiyalari jadal rivojlanishi hamda fanlar integratsiyalashib borayotgan hozirgi 
sharoitda jamiyat yangicha falsafiy tafakkurga zaruriyat sezmoqda. Endilikda, 
falsafa inson, jamiyat va davlatga har doimgidan ham ko‘ra ko‘proq kerak ekanligi 
ayon bo‘lib bormoqda. CHunki, inson manaviy kamol topib, jamiyat, fan va texnika 
rivojlanib borgani sari falsafiy tafakkurga bo‘lgan ehtiyoj ham kengayadi, 
chuqurlashadi. Bu esa falsafiy fanlarga yangicha, ijodiy yondashish zaruriyatini 
keltirib chiqaradi. Globallashuv jarayonida yangicha mazmunga va zamonaviy 
ko‘rinishga ega bo‘lgan estetik qadriyatlar shakllanmoqda. Bu insonning tabiatga
jamiyatga, turmush tarziga, atrof-muhitga bo‘lgan munosabatida tobora aks 
etmoqda. 
XXI asrda olamni bilish, voqelikni estetik o‘zlashtirish bilan bir qatorda uni 
qadriyat sifatida ezozlashga alohida etibor berilmoqda. Endilikda odamlarning 
yaratuvchanlik faoliyati yuksalishi barobarida estetik qadriyatlarga nisbatan 
munosabati tubdan o‘zgarmoqda. Bu o‘z navbatida inson mohiyatan eng oliy 
qadriyat ekanligi, inson manfaatlarining ustuvorligini taminlash barcha islohot va 
evrilishlarning bosh maqsadiga aylanganligi bilan belgilanadi. 
Ekologiyaning inson ekologiyasi bo‘limi odamning atrof-muhitga 
moslashishi, kasalliklarning kelib chiqishi va ularni oldini olish, salomatlikning 
tabiiy va ijtimoiy omillari, irsiyat, atrof-muhit, turmush tarzi, oilani rejalashtirish, 
sog‘liqni saqlash, sport bilan shug‘ullanish va shaxsiy gigienalar haqida bilimlar 
beradi, shuningdek salomatlikni baholash ko‘nikmalarini shakllantiradi. SHubhasiz, 
ekologik talim dolzarb global muammo hisoblangan tabiat va inson o‘rtasidagi 
uyg‘unlikni taminlashda katta o‘rin egallaydi. Insoniyatni o‘rab turgan borliq, tabiiy 
va ijtimoiy atrof-muhit, tirik va notirik tabiatning eng muhim tomonlarini 
ifodlaydigan qadriyatlar umumbashariy xususiyatga egadir. Bunday qadriyatlar 


486 
jamiyat uchun hech qachon o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydigan, abadiy, mutlaq va 
muqaddas qadriyatlardir. Darhaqiqat tabiat go‘zalligini his qilish, undan zavqlanish, 
nafosat qonuniyatlari asosida tabiatni yanada go‘zallashtirish, inson estetik didini 
rivojlantirish va estetik ehtiyojini qondirish bilan estetik qadriyatlarning yangi 
ko‘rinishlari shakllanib bormoqda. Tabiat va uning borlig‘idagi estetik qadriyatlarga 
aylangan nabotot va hayvonot olami shular jumlasidandir. 
Ekoestetika quyidagi prinsiplarga asoslanadi: 
- Dunyoni ekologik manzarasiga estetik munosabat. 
- Inson hayoti- Hayvonot dunyosi - Nabotot olami uyg‘un rivojlanishi. 
- Atrof-muhitni muhofaza qilishning estetik asoslari. 
- Tabiatni estetik qadriyat sifatida baxolash. 
- Tirik organizmlar bir butunliginini estetik anglash. 
- Tabiiy jarayonlar va hodisalarning antropotsentrikdan biotsentrik va 
politsentrikka o‘zgarishi usulini qo‘llash. 
- ekologik tanglikning estetik madaniyat tangligi sifatida xis etish. 
- Ishlab chiqarish munosabatlarni estetik mezonlar asosida tartibga solish. 
- ekoestetika va etikosferaning axloqiy-estetik maqomini anglash. 
- Insoniyat barqaror rivojlanish konsepsiyasiga tabiat va jamiyat 
koevolyutsiyasi sifatida estetik baxo berish. 
Insoniyat kech bo‘lsada Yer sayyorasidagi tabiatning yuksak qadriyat 
ekanligini anglab bormoqda. Endilikda tabiat go‘zalligini asrash, tabiatga oqilona 
munosabatda bo‘lish va tabiatni go‘zallashtirish global masalalardan hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov “Ekologiya 
hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni 
hal etish barcha halqlarning manfaatlariga mos bo‘lib, qivilizatsiyaning hozirgi kuni 
va kelajagi ko‘p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog‘liqdir” - deb 
takidlagan edi. Darhaqiqat, insoniyat hozir o‘z tarixining masuliyatli davrida 
yashamoqda, u “Tabiat – Jamiyat - Inson” munosabatlari uyg‘unligining yangi 
rivojlanish bosqichiga qadam qo‘ydi. Bu tarixiy davr o‘z real imkoniyatlari, obektiv 
taraqqiyot qonuniyatlari bilan jamiyat oldiga turli muammolarni qo‘ymoqda. Bu 
muammolar orasida eng muhimi - tabiatni asrash va oqilona munosabatdir. 
Tabiat alohida bir xalq va millatniki emas. Tabiat muqaddas bir dargoh, inson 
ko‘z ochib ko‘rgan dunyo, ona zamin, insoniyatning umumiy uyi. SHunday ekan 
uni avaylab-asrash, atrof-muhitning ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik, umumdavlat, 
umuminsoniyat ishidir. Ekologik muammoni hal etish barcha xalqlarning 
manfaatlariga mos bo‘lib, sivilizatsiyaning yashab qolishi ham ushbu muammoni 
qay tariqa hal qiliinishiga bog‘liq. Bu o‘z navbatida, insonning tabiatga estetik 
munosabatini o‘zgartirishni taqozo etadi. Negaki, voqelikka estetik munosabat - 
tabiatga muhabbatdan boshlanadi. CHunki, tabiat inson kamoloti, salohiyati
iqtidori, imkoniyati uchun betakror manba bo‘lib xizmat qiladi. 
Inson bilimining ortishi, tabiatni o‘rganish va o‘zlashtirish imkoniyatlarini 
kengayishi texnik-texnologik taraqqiyotga va inson qudratini yuksalishiga olib 
keldi. Bu holat o‘z navbatida, insonni tabiat ustidan hukmronlik qilishga undadi. 


487 
Buning oqibati turli ko‘rinishdagi ekologik halokat, tahdid, zarar va illatlarni yuzaga 
keltirdi. 
Endilikda tabiat va inson o‘rtasida yangicha muloqot vujudga kelmoqda. 
Inson tabiatning hukmroni emas, balki uning bir bo‘lagi ekanligi tabiatga nisbatan 
qilingan har qanday yomonlik oqibat insonga qilingan yomonlik ekanligini anglab 
etdi. Har qancha ekologiyaga etibor qilmaylik, uni fan sifatida zo‘r berib 
o‘qitmaylik, baribir tabiatni tushunishimiz qiyin, zotan ekologiya tabiatni asrashni, 
qutqarishni, boyitishni targ‘ib qiladi. Biroq ularning hammasiga faqat estetika 
yordamida, uning ekologiya bilan hamkorligida erishish mumkin. CHunki estetika 
insonga tabiatni sevishni, uning go‘zalligiga beg‘araz munosabatda bo‘lishni 
o‘rgatadi, yani tabiatni faqat odamlar uchun yaratilgan deb emas, uni jamiyatdan 
tashqaridagi umumolamiy mustaqil qadriyat sifatida idrok etishni taqozo qiladi.
Ekologiya atrof-muhitning sifat holatini belgilovchi omil bo‘lganligi uchun u 
iqtisodiyot, ijtimoiy hayot, davlatlarning ichki va tashqi siyosatiga ham kirib bordi. 
Bu bejiz emas, chunki dunyoda ekologik muammolarning jiddiylashib 
borayotganligi hech kimga sir emas. Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar 
milliy va mintaqaviy doiradan chiqib butun insoniyatning umumiy muammosiga 
aylandi. Ayniqsa Markaziy Osiyo davlatlarida tabiatni muhofaza qilishga oid 
qonunchilik 
rivojlanmoqda 
va 
takomillashmoqda, 
genofondni 
barqaror 
rivojlantirishni 
saqlab 
qolishni 
tabiiy 
resurslarda 
oqilona 
foydalanishni 
taminlaydigan hamda fuqarolarning maqbul atrof muhitga bo‘lgan huquqni 
kafolatlaydigan xalqaro konvensiyalar, shartnoma va bitimlarga qo‘shilish jarayoni 
davom etmoqda. 
Atrof-muhitga bepisandlik, tabiat nematlariga hurmatsizlik, o‘simlik va 
nabotot olamiga etiborsizlik bugungi kunga kelib pirovardida inson va uning 
genofondiga salbiy tasirini o‘tkaza boshladi. Bundan tashqari, tabiatga g‘ayriestetik 
munosabat biologik xilma-xillikning qisqarishiga, katta hajmdagi sanoat va boshqa 
xil chiqindilarning ko‘payishiga, cho‘llanish, Yer va suv resurslari degradatsiyasiga 
hamda mintaqaviy va global miqyosda echilishi zarur bo‘lgan muammolarni keltirib 
chiqardi. Bu muammolar inson hamda uning manfaatlari himoyasi, avvalo, sog‘lom 
va musaffo atrof-muhitga ega bo‘lish huquqini taminlash jarayoni amalga 
oshirilayotgan islohotlarning o‘zagini tashkil etgan O‘zbekiston uchun atrof tabiiy 
muhitni asrab-avaylashni va uni sog‘lomlashtirishni yanada dolzarb qilib qo‘ydi. 

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling