O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Dizayn va uning estetik xususiyatlari


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet271/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Dizayn va uning estetik xususiyatlari 
Italyanchada loyiha, rasm manolarini anglatuvchi disegno so‘zi o‘rta asrlarda 
inson tabiatida mavjud bo‘lgan ijodkorlik xususiyatlarini ham ifodalagan. Ammo, 
“ingliz tilidagi design so‘zi birinchi marta 1919 yil ingliz rassomi Djozef Sinelo 
tomonidan sanoatda ishlab chiqarilgan narsalar namunasiga nisbatan qo‘llanilgan. 
Bunda u aniqroq ifodalash uchun industrial so‘zini kiritib «industrial design“ 
sanoatga, uning taraqqiy etgan mashina texnikasi va seriyali ishlab chiqarishga 
yo‘naltirilgan yangi badiiy predmetli ijod sohasini anglatuvchi so‘z birikmasini 
qo‘llaydi. Vaqt o‘tishi bilan bu ibora xalqaro ahamiyatga ega bo‘lib bordi.” 
Dizayn avval narsa va buyumlar olamini estetik va funksional sifatlarini 
shakllantirish maqsadiga qaratilgan loyihalash faoliyati bo‘lsa bugunga kelib inson 
faoliyatining barcha yo‘nalish va ko‘rinishlarini qamrab olib, nufuzli, keng 
tarqalgan ijodiy faoliyatga aylandi. Narsa va predmetlar, atrof-muhitni loyihalar 
ekan dizayner ayni paytda inson va uning hayot tarzini ham loyihalaydi. 
Dizayn estetikaning ijodiy faoliyat turiga mansub bo‘lib, uning maqsadi 
sanoat mahsulotlari shakli va sifatini baxolash, belgilashdan iborat. Bu xususiyatlar 
mahsulotning tashqi belgilarini qamrab oladi, shu bilan birgalikda mahsulotni 
xaridor-istemolchi nuqtai nazarida ham, tayyorlab-etkazib beruvchi nuqtai nazaidan 
bir butunlikka olib keluvchi funksional va strukturaviy aloqadorligini ham o‘z 
ichiga oladi. Dizayn amaliy sanat sohalarini sanoat olamiga ham tadbiq etib, 
mahsulot shaklini faqat mantiqiy tuzilish, maqsadga muvofiq emas balki, 
hissiyotlarga tasir etishini taminlaydi. 


494 
Dizayn jamiyatning ilmiy-texnik va estetik darajasini ham ko‘rsatadi. Bu 
kundalik amaliyotimizda qo‘llaydigan mehnat qurollaridan tortib, uy jihozlari-yu, 
kommunikatsiya vositalari televizor, kompyuterlarda ham namoyon bo‘ladi. 
Insoniyat uchun yaratilgan buyumlar bir-birini to‘ldirishi hamda estetik qimmatga 
ega bo‘lishi lozim. Negaki ular insonning jismoniy-biologik, ruhiy-estetik 
rivojlanishiga xizmat qilmog‘i kerak. Bu vazifaning bajarilishi nafaqat dizaynerga, 
balki istemolchiga ham bog‘liq. Istemolchi yoki haridor o‘z didiga mos narsani 
tanlaydi, xarid jarayoni tovarga faol munosabat shakliga aylanadi. Ana shunday 
munosabatga loyiq bo‘lishi uchun tovarning shakli muhim ahamiyatga ega. Avvalo 
go‘zal va sifatli, qulay narsalargina xaridor etiborini qozonadi. SHunda tovarning 
umumezonga javob beradigan estetik qadriyat sifatida qabul qilinishi ro‘y beradi va 
u ishlab chiqarishning xaridorga, xaridorning esa ishlab chiqarishga estetik tasirini 
taminlaydi. 
Utilitar va estetik qonuniyatlarning birligi, chambarchas aloqasi dizaynning 
o‘ziga xos xususiyatni tashkil etadi. Utilitar xususiyatlar deganda - foydalilik
funsionallik, qulaylik, texnologik tejamlilik va konstruktiv xususiyatlarni o‘z ichiga 
oladi. Estetik prinsiplar esa go‘zallik, nafislik, badiiylik, obrazlilikni o‘z ichiga 
oladi. Bugungi kunda texnika estetikasi mehnat vositalaridan tortib ishlab chiqarish 
jarayonining moddiy shart-sharoitlarini ham o‘z ichiga oladi. U ishlab 
chiqaruvchining ish faoliyati, mehnat sharoitiga tasir ko‘rsatadi, mashina-yu 
uskunalarni yangilash, yaxshilashdan tortib, ularning ish joylarida estetik muhitni 
yaratish, ularning ijodkorlik qobiliyatlarini yuzaga chiqarishini taminlashni ham o‘z 
oldiga qo‘yadi. Demak inson badiiy-texnik faoliyatning xususiyatlari va 
qonuniyatlarini ochib berish texnika estetikasining vazifasidir. Dizayn esa 
dunyoqarashga ham tegishli va umumiy estetik nazariyaning tarkibiga kiradi. 
Inson hayoti, faoliyati nafaqat tabiiy ehtiyojlarga, balki o‘zi tomonidan yaratilgan 
narsalar olamiga ham bog‘liq. Inson o‘zini qurshab turgan olamning qanday 
bo‘lishini ko‘p hollarda o‘zi belgilaydi. Ana shu jarayonning asosida esa zamonaviy 
amaliyotning muhim ko‘rinishi hisoblangan narsalar olamini badiiy loyihalash 
masalasi yotadi. 
Fan-texnikaning taraqqiy etib borishi natijasida badiiy loyihalash ham 
tako¬millashib boradi. Dastlabki yaratilgan texnika vositalarini kishilar go‘zallik 
olamiga mutlaqo begona bo‘lgan hodisa sifatida idrok etishgan edi. Keyinchalik 
loyihachilar tomonidan texnikaga nisbatan badiiy yondashuv natijasida u o‘zining 
avvalgi dag‘al, qo‘pol, noqulay, insonni cho‘chitadigan ko‘rinishini yo‘qotdi. 
Endilikda texnika o‘zining bejirimligi, qulayligi, jozibasi bilan «insoniylama» 
boshladi. Mazkur holatning rivojlanib borishi bilan birga texnika loyihasiga nisbatan 
ikki xil munosabat ham shakllanib bordi. Birinchidan, loyihaning asosida 
texnikaning mexanik faoliyati, uning ishlash jarayoni ko‘zda tutilgan bo‘lsa, 
ikkin¬chidan, uning tashqi ko‘rinishiga etibor qaratildi. Keyinchalik mazkur ikki 
munosabatning uyg‘un faoliyati natijasida mashinalashgan ishlabchiqarishning 
«insoniylashgan» yangi uchinchi olami, zamonaviy ibora bilan aytganda-dizayn 
yuzaga keldi. 


495 
Dizayn go‘zallik bilan hamkorlikda taraqqiy etib boradi. Holbuki, buyumni 
badiiy loyihalashtirishda uning shakli bilan mazmuni hamohang, mos bo‘lishi kerak. 
Qisqasi, dizayndagi estetik talab shaxsning moddiy ehtiyoji bilan birga manaviy 
ehtiyojini ham qondira olgandagina o‘zida go‘zallikni namoyon ettiradi. 
Mustaqillikdan so‘ng aholi turmush darajasining yuksalayotganligi, estetik 
madaniyatning takomillashib boryotganini kuzatish mumkin. Bunda dizayn katta rol 
o‘ynamoqda. Dizayn moddiy ishlab chiqarish muhitini estetik qayta qurish, uning 
insonning manfaatlari va ehtiyojlariga mos keltirishga xizmat qiladi. Dizaynning 
zaruriyatga aylanishi esa faqat zamonaviy ilmiy-texnikaning taraqqiyotigagina 
emas, balki ommaviy ishlab chiqarish va ommaviy madaniyat darajasining 
yuksakligiga ham bog‘liqdir. 
Dizayn estetikasi bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar muallifi N.Abdullaeva dizayn 
yoki badiiy loyihalash texnika estetikasining tarkibiy qismi ekanligini uqtiradi. 
Uning fikriga ko‘ra, dizayn texnika estetikasining ijtimoiy-falsafiy mohiyatini, 
hozirgi davrdagi ahamiyati, sanat bilan o‘zaro aloqadorligi, buyumlar olamining 
estetik muammolarini o‘rganadi. Dizayn ishlab chiqarishda go‘zallik va 
foydalilikning uyg‘unligini taqozo etadi. Iqtisodiy, utilitar, texnologik jihatlar bilan 
birgalikda buyumlarning estetik qimmati ham muhim ahamiyatga ega. Negaki, u 
insonda manaviy zavq uyg‘otibgina qolmay, moddiy ishlab chiqarish jarayoniga 
samarali tasir ko‘rsatish xususiyatiga ega. 
Dizaynning estetik mohiyati uning sanat bilan aloqadorligida ham namoyon 
bo‘ladi. Bizga malumki dizaynning sanat bilan hamkorligi o‘ziga xos bo‘lib, bu 
xususida tadqiqotchilarning fikrlari turlichadir. “Dizayn-abstrakt sanat” (Genrbert 
Rid), “Dizayn sanat emas” (Gloag, eshford), “istemol predmeti badiiy asar 
funksiyasini bajarishi mumkin emas, u sanat taqdiri bilan mos kela olmaydi”( 
T.Maldonado), “dizaynnning maqsadi go‘zal shakl va narsalar dunyosini 
yaratishdan iborat bo‘lib, ular sivilizatsiyamizning chinakam xarakterini ochib 
berishi lozim” (D.Ponti) deb takidlashgan. 
Darhaqiqat, dizayn sohasini aniqlash juda murakkab, ayrim vaqtda ular sanat 
bilan o‘zaro qorishib ketadi. Har ikkalasi ham ijodiy faoliyat ekanligi, inson 
manaviy va moddiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilishi, estetik qonuniyatlar 
asosida vujudga kelishi ularning chambarchas aloqadorligini ko‘rsatadi. Sanatning 
kelib chiqishi haqida turlicha fikrlar mavjud bo‘lib ularning asosida ikki xil mazmun 
yotadi. Biri u o‘yin natijasida, ikkinchisi esa mehnat. Sanat o‘yindan kelib chiqqan, 
chunki unda majburiylik yo‘q, sanat avalo inson manaviy ehtiyoji natijasi degan fikr 
asos sifatida olinadi. Dizayn sanatni istisno qilmasada bizning nazarimizda mehnat 
natijasida vujudga keladi. CHunki hunarmand ko‘zga yasaydi, unga ishlov beradi, 
bezaydi bu uning mehnatining tarkibiy qismi hamdir. U majburiyat bilan bog‘liq, 
maqsadga yo‘naltirilgan ijtimoiy hodisa va mehnatdan manfaatdorlik mavjud. 
YUqorida takidlanganidek xalq amaliy sanati haqida gap ketganda bu yanada 
yaqqolroq namoyon bo‘ladi. 

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling