O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet273/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Takrorlash uchun savollar: 
1. Tabiatga estetik munosabatning mohiyatini tushuntirib bering. 
2. Tabiatni estetik idrok etishning qanday ananaviy usuli mavjud? 
3. Ekologik estetikaning qadriyatli maqomi nimadan iborat? 
4. Ekoestetikaning falsafiy mohiyatini izohlang. 


498 
5. Texnotsivilizatsiyaning ishlab chiqarish estetikasi rivojiga tasirini 
izohlang? 
6. Maishiy turmush estetikasining asosiy kamponentlarini tushuntiring? 
7. Zamonaviy turmush tarzining estetik talablarini izohlang? 
8. Zamonaviy shaharsozlik qaysi estetik mezonlarga asoslanadi? 
9. Dizaynning estetik xususiyatlarini tushuntirib bering. 
10. O‘zbek xalq amaliy sanatining estetik xususiyatlari sanatning qaysi turida 
ko‘proq namoyon bo‘ladi? 
18-MAVZU. ESTETIKANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI 
Estetik tarbiya va uning vositalari, yo‘nalishlari, vazifalari 
Tarbiya masalasi barcha ijtimoiy-gumanitar fanlar tadqiqot obektining 
muayyan qismini tashkil etadi. Bu xususiyat estetikaga ham xos. Biroq, tarbiyaning 
boshqa shakllaridan farqli o‘laroq, estetik tarbiya insonning doimiy hamrohi, yani 
uning tug‘ilishidan toki umrining oxiriga qadar ehtiyoj sezib yashaydigan tarbiya 
shaklidir. Inson o‘zining estetik tarbiyasini takomillashtirmay turib, hayotini 
to‘laqonli yo‘lga qo‘yishi mumkin emas. CHunonchi, hayotning go‘zalliklarini his 
etish va undan bahramand bo‘lish ham insonning estetik jihatdan qanday tarbiya 
ko‘rganligiga bog‘liq. 
Estetik tarbiya o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib, rivojlanadigan «mikroorganizm» 
emas va ayni paytda birdan to‘xtab qoladigan «mexanizm» ham emas. U sekin-asta 
inson tomonidan orttirilgan hayotiy tajribalar, ko‘nikmalar, bilimlar orqali 
shakllanib boradi. Tarbiyaning bu shakli ijtimoiy jarayonlarda ishtirok etar ekan, o‘z 
navbatida, kishilarga jamiyatda olib borilayotgan ijobiy ishlardan zavqlanish
demokratik munosabatlarga nisbatan qiziqish tuyg‘usini uyg‘otishni asosiy 
maqsadlari sirasiga kiritadi. Bundan tashqari, estetik tarbiya insonni yangiliklar 
yaratishga undabgina qolmay, ayni paytda uni nafosat tamoyillari, go‘zallik talablari 
asosida rivojlantirishga o‘rgatadi ham. Negaki, inson olamga estetik jihatdan boy 
dunyoqarashga ega bo‘lgan, estetik tuyg‘usi va estetik didi tarbiyalangan xolda 
kelmaydi. Bu ko‘nikmalar inson tomonidan voqelikni kuzatish, o‘rganish va ulardan 
tegishli xulosalar chiqarishi natijasida shakllanadi. Inson ana shu tuyg‘ular tasirida 
o‘zi uchun mutlaqo yangi bo‘lgan olamni kashf etadi. 
Estetik tarbiya manaviyatning aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan faoliyati 
sifatida ish olib boradi. SHuningdek, ayrim kishilarning yohud biror-bir guruhning 
turli xil faoliyatlari natijasida yuzaga kelishi mumkin. Estetik tarbiya mohiyatan 
insoniy ideali bilan bog‘liq bo‘lib, bu ideal nafis didga, pokiza tuyg‘ularga egaligi 
bilan ajralib turadi. 
Malumki, shaxs ijtimoiy jarayonlarda bevosita yoki bilvosita ishtirok etadi. 
SHaxs bu bilan ijtimoiy taraqqiyotning estetik subektiga aylanadi. SHu bois 
jamiyatda yashayotgan biror-bir shaxs estetik jarayonlardan chetda turmaydi
aksincha, o‘zining muayyan xatti-harakati bilan mazkur jarayonlarga u yoki bu 
darajada tasir ko‘rsatadi. Estetik tarbiyaning maqsadi ana shunday tasirlarni 
go‘zallik mezonlari asosida ongli yo‘naltirishdan iborat. 


499 
Estetik tarbiya badiiy tarbiya bilan aloqador bo‘ladi. Biroq, bu “estetik tarbiya 
badiiy tarbiya bilan bir xil mano kasb etadi”, degani emas. CHunki, badiiy tarbiya 
badiiy ijod jarayonining inson tomonidan estetik tarzda anglash va o‘zlashtirishning 
bir qismi, xolos. Estetik tarbiya esa jamiyatda manaviy muhitni paydo qilishga 
ko‘mak beruvchi muhim faoliyat turi bo‘lib, u inson didini shakllantirish va 
rivojlantirish asosida insonni jamiyat munosabatlariga yaqinlashtiruvchi kuchdir. 
Estetik tarbiya insonda bunyodkorlik va yaratuvchanlikdan zavqlanish, 
qiziqish tuyg‘usini uyg‘otishni nazarda tutadi. U insonni yangilik va 
zamonaviylikka undaydi, faoliyatni nafosat tamoyillari, go‘zallik talablari asosida 
rivojlantirishga o‘rgatadi. SHu bois bugungi kunda estetik tarbiyaning bosh maqsadi 
- shaxsni har tomonlama kamol toptirish, uning estetik didi va estetik 
dunyoqarashini boyitishdan iboratdir. Ushbu maqsadlardan kelib chiqqan xolda 
quyidagilar estetik tarbiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi: 
Estetik tarbiyaning tadqiqot obekti kengayib borishi qator muhim vazifalarni 
amalga oshirishni talab etadi. YAni: 
- inson sanatni faol o‘zlashtiruvchi subektgina emas, balki sanatning estetik 
mohiyatini anglovchi va baxolovchi subekt sifatida yondashish; 
- ijodiy imkoniyatlarni namoyon qilishi va undan samarali foydalanishga 
ishonch tuyg‘usini uyg‘otish; 
- ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirishning samarali targ‘ibotini yo‘lga 
qo‘yish. 
- shaxsni hayotni oqilona, teran xis etadigan, turmush tarzini bunyodkorlik 
asosida tashkil etishga intilgan yangi kishini shakllantirish; 
- yosh avlodda sanat asarlari va badiiy ijod namunalarini faol o‘zlashtirish, 
ularning estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish; 
estetik tuyg‘u va estetik didning insonning barcha faoliyatlarida ustuvor 
bo‘lishini tamin etish. 
Estetik tarbiyaning vazifalari estetik tuyg‘u va estetik didning insonning 
barcha faoliyatlarida ustuvor bo‘lishini taminlash bilan belgilanadi. Bu vazifalar 
ijtimoiy-manaviy 
munosabatlarga, 
inson 
salohiyati 
va 
imkoniyatlariga 
singdirilsagina maqsadga erishadi. 
Ko‘rinib turibdiki, estetik tarbiyani qaror toptirish jamiyatning birdan bir 
maqsadi emas. Estetik tarbiyaning vazifasi nafaqat yuksak estetik did, esetik ideal 
va estetik tuyg‘ularga ega bo‘lgan insonlarni yaratish, balki ularni jamiyat hayotida, 
turmush nafosatida, mehnat faoliyatida, shuningdek ahloqiy munosabatlarda 
go‘zallik va ulug‘vorlikni xis qiladigan va yarata oladigan insonlarni 
shakllantirishdan iboratdir. 
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin, fuqarolik jamiyatini qurish jarayonida 
insonning amaliy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan barcha sohalarda estetik tarbiyaga 
bo‘lgan ehtiyoj yanada ortadi. Ayniqsa, ishlab chiqarish munosabatlari 
o‘zgarayotgan, axborot kommunikatsiya texnologiyasi va Internetning insonlarga 
tobora yaqinlashuvi, xizmat ko‘rsatishning yangidan-yangi turlari shakllanayotgan 
hamda inson ongini egallash uchun olib borilayotgan ko‘rash jarayonida estetik 
tarbiya masalalari kun tartibining dolzarb masalalariga aylanmoqda. Malumki, shaxs 


500 
ijtimoiy taraqqiyotning turli jabhalarida bevosita va bilvosita ishtirok etadi va bu 
jarayonda ijtimoiy taraqqiyotning estetik subektiga aylanadi. Biror-bir shaxs jamiyat 
ijtimoiy jarayonlaridan chetda turmaydi, aksincha, o‘zining xatti-harakati bilan bu 
jarayonlarga muayyan darajada tasir ko‘rsatishga harakat qiladi. Estetik tarbiya ana 
shu tasirlarni go‘zallik va ulug‘vorlik asosida yo‘naltirishga xizmat qiladi. 
Estetik tarbiyani shakllantiruvchi, yo‘naltiruvchi hamda tartibga soluvchi 
vositalar mavjud bo‘lib, ular yillar davomida xalqimiz tajribasidan o‘tgan, xalq 
turmush tarzining asosiy mezoniga aylangan. Sanat, mehnat, sport, matbuot, muhit 
kabi ananaviy vositalar shular jumlasidandir. Ular orasida sanat eng tasirchan estetik 
tarbiya vositasi hisoblanadi. 
Sanat mohiyatan shaxsning xis-tuyg‘ulariga tasir ko‘rsatishga qodir bo‘lgan 
muhim jarayon hisoblanadi. Shuning barobarida, u insonni doimo o‘ziga jalb etib 
kelgan. Sanat insonning ehtiroslar va tuyg‘ular olamiga singib borib ularni 
yig‘latadi, kuldiradi, o‘ylashga majbur qiladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak sanat 
barcha davrlarda insonga hamroh bo‘lib kelgan. Sanatni “bir narsani yaxshi ishlab 
chiqarishdan iboratdir”, - deb bilgan taniqli jadid mutafakkiri Abdurauf Fitrat sanat 
va uning insonga ko‘rsatajak tasiri to‘g‘risida mulohaza yuritib, shunday degan edi; 
“Buyuk bir shodlik ko‘rgan kishi o‘zining shod tuyg‘ularini boshqalarga bildirib, 
shodligini orttiradir. Ulug‘ bir qayg‘uga uchragan esa, o‘z dardini boshqalarg‘a 
o‘tkarib, o‘zini ovuntirg‘an bo‘ladir. Miyasi yuksalmagan bolalar, sanatdan xabarsiz 
kishilar shodli-qayg‘uli tuyg‘ularini sakrab, o‘ynab, kulib, yig‘lab, talpinib 
jonlantiradilar, ochiqqa chiqarib boshqalarg‘a anglatadilarda, shu yo‘l bilan 
ovuntirilgan bo‘ladilar, sanat egalari esa turli tovar (material)lar yordami bilan 
o‘zlarining tuyg‘ularini jonlantirib maydonga chiqaradir. SHu yo‘lda boshqalarni 
o‘z tuyg‘ulari bilan tuyg‘ulantirishga tirishadir”. 
Sanatning estetik tarbiya vositasi sifatidagi ahamiyati shu bilan belgilanadiki, 
estetik tarbiya faqat va faqat insonga xos bo‘lib, u inson orqali voqelikka aylanadi. 
Sanat tasvir vositalari orqali insonning idellari va orzu-umidlarini ranglarda, 
oxanglarda, badiiy obrazlarda aks ettiradi, insoniyatning fazilat va illatlarini chiroyli 
qiyofalar bilan uning o‘ziga namoyish qiladi. Bu bilan sanat o‘ziga insonni jalb 
etadi, uning qiziqishini orttiradi. Natijada inson sanatning muxlisiga, tomoshabiniga 
aylanadi. Agar inson o‘zining estetik tuyg‘ularini maqsadli, ijobiy tomonga 
yo‘naltira olgan bo‘lsa, chinakam sanat uning kelajakdagi buyuk ishlariga 
rahnamolik qiladi. Aksincha, estetik tuyg‘usi va estetik didi tarbiyalanmagan kishi 
sanatning buyuk imkoniyatlaridan mosuvo bo‘lib qolaveradi. Biroq, sanat u yoki bu 
ko‘rinishda tobora insonga yaqinlashib boraveradi. Zero, haqiqiy sanat asarlari 
insonni doimo yuksaklikka, bunyodkorlikka undab kelgan estetik tarbiya vositasidir. 
SHaxsning estetik tarbiyasini sanat vositasida amalga oshirishning afzal 
tomonini ikki xususiyat ko‘ra ifodalash mumkin. Birinchidan, sanat ijtimoiy 
anglashning boshqa shakllariga qaraganda insonga birmuncha yaqinroq hamda 
tezroq tasir ko‘rsata olish imkoniga ega. Ikkinchidan, sanat insonni estetik jihatdan 
kamolotga etkazish jarayoniga muayyan mafko‘raviy mazmun bag‘ishlashi bilan 
birga inson manaviy qadriyatlarini ro‘yobga chiqarishda yaqindan yordam 
ko‘rsatadi. 


501 
Sanat o‘zining estetik bisotini to‘laligicha namoyon qilishi uchun ham tarbiya 
jarayoni bilan chambarchas bog‘lanadi. Manaviy jarayonlarni inson tomonidan 
anglanishi shaxs estetik didining qay tariqa shakllanganligi bilan belgilanadi. 
CHunki, inson estetik didi uning go‘zallikdan xunuklikni, ulug‘vorlikdan tubanlikni, 
fojeaviylikdan kulgulilikni ajrata olish qobiliyatlariga qarab baholanadi. Did 
yordamida odamlar hayotiy faoliyatlarini shakllantirishga harakat qiladilar. SHunga 
ko‘ra, insonning didsizligini fojea deb bilish yaramaydi; didsizlik bu tariqa fojeaga 
aylanmaydi. Didsizlik fojeaga aylanishi mumkin qachonki, biror-bir shaxsning past 
darajadagi didi boshqa bir yuksak didli shaxsning didiga hukmronlik qilsa va uni o‘z 
izmiga bo‘ysundirishga harakat qilsagina did fojea tusini oladi. Bunday holat o‘z 
navbatida hayot go‘zalliklaridan bahramand bo‘lishga monelik ko‘rsatadi. Sanat ana 
shunday fojealarning oldini olishda insonga ko‘mak beradi. 
Estetik 
tarbiyaning 
barcha 
vositalari 
shaxsning 
voqelikka 
estetik 
munosabatini ravnaq toptirishga xizmat qiladigan tarbiyaviy faoliyat bo‘lib, u o‘ziga 
xos tasirchanlik, tug‘yoniylik kuchiga ega. Busiz inson bilish ko‘lamining vujudga 
kelishi mumkin emas. SHuningdek, inson badiiy tafakkur qilish qobiliyatini o‘stirish 
ayni paytda estetik tarbiya vositalarining muhim vazifasi sanaladi. SHunga ko‘ra, 
estetik tarbiya vositalari ikki xil xususiyati bilan ajralib turadi. Birinchidan, ular 
voqelikda sodir bo‘layotgan hodisalar to‘g‘risidagi malumotlarni insonga tushunarli 
tarzda etkazib beradi. Ikkinchidan, zamonaviy fanlarning estetik hususiyatlarni 
hissiy idrok qilishning faol, tajribalar asosida etkazib berishi bilan diqqatga 
sazovordir. 
Insonni estetik jihatdan tarbiyalash favqulodda murakkab va serqirra jarayon 
bo‘lib, amalga oshiriladigan islohotlar ham mazkur jarayonni takomillashtirishni 
nazarda tutadi. Estetik tarbiyani takomillashtirish va uni zamon talablariga 
moslashtirish estetik madaniyat shaxs – jamiyat – shaxs tizimida mavjud bo‘lib, 
bunda shaxs madaniyati ustuvor ahamiyatga ega. yani, estetiklashgan shaxs 
jamiyatni estetiklashtiradi, estetiklashgan jamiyat esa, o‘z navbatida yangi 
darajadagi estetiklashgan shaxsni yaratadi va shu tartibdagi o‘zaro tasir millatning 
qadam-baqadam komillik darajasiga ko‘tarilishi uchun xizmat qiladi. 
Hozirgi paytda milliy manaviyatga tasir o‘tkazuvchi tashqi tahdidlar ayni 
paytda estetik tarbiya jarayoniga ham sezilarli tasir ko‘rsatmoqda. Bu esa ijtimoiy-
manaviy munosabatlar tizimida estetik tarbiyani maqsadli yo‘naltirishni taqazo 
etadi. 

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling