2-mavzu: G’arbiy Yevropa va sharqda feodal munosabatlarning yuzaga


Download 0.55 Mb.
Sana05.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#226791
Bog'liq
19.76-guruh XAMIDOV SHUKURULLOH. 2-mav. 2-top. d4b321071b67bdbdf3b628f5cbba9a2e


2-mavzu: G’arbiy Yevropa va sharqda feodal munosabatlarning yuzaga

kelishi.


I-topshiriq.

1.German qabilalarida ibtidoiy jamoa tuzumining inqirozi.

2.Tatsitning “Germaniya” asari.

3.Xalqlarning buyuk ko’chishining sabablari.

4.Vestigotlar.

5.Ostigotlar.

6.Vandallar.

7.Varvar davlatlarining tashkil topishi.

8.Varvar davlatlarida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar.

9.“Vandalizm” atamasi va uning ma’nosi.

10. Xiristian dinining yoyilishi

Javoblari.

1. Galliyadan shimolda juda qadimgi vaqtda eramizning birinchi yuz yilligidа juda ko'p varvar qabilalari yashagan: bu qabilalar 3 ta katta guruhga: keltlar, germnlar va slavyanlarga bo'lingan edi. Varvarlarning ijtimoiy tuzumi Rim quldorlik tuzumiga butunlay qarama-qarshi edi. Ularda hali tabaqaviy sinflar tarkib topmagan edi, haqiqiy ma'nodagi sinfiy munosabatlar yo'q ed; varvarlarda urug'chilik munosabatlari hali ham ijtimoiy munosabatlarning asosiy turi edi; bu qabilalar aholisining asosiy ommasiэerkin kishilardan iborat edi, garchi qabila boshliqlari va harbiy zodagonlar bu erkin kishilardan yuqori tursa ham, lekin ularning o'rtalaridagi mumnosabatlar sinfiy, antagonistik tus olmgan edi. Bu tuzum ibtidoiy jamoa tuzumi bo'lib, eramizning IV—V asrlarida anchagina chirigan edi, lekin shunday bo'lishiga qaramay urug'chilik munosabatlari ham, ishlab chiqarish vositalarining ijtimoiy mulkligi (jamoa yer egaligi) ham hali butunlay yo'qolmagan edi. Rim mana shu varvar qabilalariga qarshi yuzlarcha yil davomida kurash olib bordi. Rimning varvarlar ustidan g'alaba qilishi natijasida varvarlarning ko'pi qullarga aylantirildi. Varvarlarning shimoliy chekka o'lkasi uzoq vaqtgacha Rimga o'z quldorlik latifundiyalarini ichki kuchi bilan ta'minlab turadigan asosiy manba bo'lib keldi.

Keltlar. Rimd dastavvaal keltlar bilan to'qnashdi. Kelt qabilalari eramizdan oldingi 1 mingyil o'rtalarida va 2-yarmida ayniqsa G'arbiy Yevropaning ancha katta territoriyasiga o'rnashib olgqn edi. Eramizdan oldingi VI—III asrlarda ular hozirgi G'arbiy Germaniyada va Fransiyada (galliyaliklar), Ispaniyada (kelt-iberlar), Irlandiyada (irlar yoki eyrlar va skottlar), Angliyada (brittlar), shuningdek, Shveysariyada (gelvetlar) va Shimoliy Italiyada (Sizalpiya Galliyasi) o'rnashgan edilar. Kichik Osiyoda keltlar eramizdan oldingi III asr o'rtalarida davlat tuzdilar, bu davlat Gallatiya deb ataldi.

2. Tatsitning “Germaniya” asari german qabilalarining ijtimoiy  tuzumi,  dini  va  turmushi  to’g’risidagi tarixiy-geografik ocherk hisoblanadi. Tacitusning kelib chiqishi haqida aniq ma'lumotga ega emas, garchi u AD atrofida tug'ilgan deb hisoblansa ham 56-yilda, Gaul (zamonaviy Frantsiya) yoki uning yaqinida, Rimning Transalpiniyadagi Gaul shahrida yashovchilarning aristokratik oilasiga ko'chirildi. Biz uning ismini "Publius" yoki "Gaius Kornelius" Tacitus bo'lganligini bilmaymiz. U muvaffaqiyatli siyosiy kursga ega bo'lib, senator , konsul va oxir-oqibat Rim viloyatining hokimi bo'lgan. Ehtimol, Hadrianning hukmronligi davrida yashagan va yozgan (117-38) va milodiy 120 yilda vafot etgan bo'lishi mumkin. O'zining shaxsiy muvaffaqiyati uchun zarur bo'lgan siyosiy vaziyatga qaramay, Tacitus status-kvo uchun norozi edi. O'tgan asrning aristokratik kuchini qisqartirishga urindi , bu " knyazlar " imperatori bo'lishning narxi edi

3. Yevropa tarixiga IV-VI asrlar "Xalqlarning buyuk koʻchishlari davri" nomi bilan kirgan, sababi migratsiya jarayonlari ayni shu asrlarda keng tus olib , butun qit'aning etnik , madaniy va siyosiy qiyofasini oʻzgartirib yubordi.Ushbu davr antik madaniyatning inqirozi va yangi yer egaligiga asoslangan jamiyatning vujudga kelishi davri boʻladi.

4. Vestgotlar, vizigotlar, tervinglar — german qabilasi, gotlarning gʻarbiy tarmogʻi. Mil. III-IV-asrlarda Dnestr daryosining gʻarbiy tomonida yashagan Vestgotlar IV-asrning 70-yillarida gunnlar siquvi ostida Dunay daryosidan oʻtib Myoziyaga oʻrnashganlar (Xalqlarning buyuk koʻchishi). 418 -yil Janubiy Galliyada Gʻarbiy Rim imperiyasi hududida markazi Tuluza shahri boʻlgan ilk varvar qirolligini barpo etganlar. V-asr 2-yarmida Vestgotlar Ispaniyaning katta qismini egallab olganlar. 507- yil franklar tomonidan Janubiy Galliya bosib olingach, bu yer Vestgot qirolligining asosiy hududi boʻlib qolgan.VI-asr oʻrtasidan uning poytaxti Toledo shahri boʻlgan. Vestgotlar ayrim mahalliy yer egalari qoʻlidagi haydaladigan yerlarning 2/3 qismini tortib olganlar. Rim tartiboti bilan yaqindan tanishish Vestgotlarga urugʻ-qabilachilik munosabatlaridan ilk mulkchilik tuzumiga oʻtish imkonini bergan. Vestgot qirolligida hukmron etnik guruh boʻlgan bosqinchi Vestgotlar asta-sekin mahalliy ispan-rim aholisi bilan aralashib ketgan. 711—718 yillarda Vestgotlar davlati arablar tomonidan zabt etilgan

5. Ostgotlar — german qabilasi, gotlarning sharqiy tarmogʻi. III-asrda Qora dengiz boʻyidagi dashtlar, Dnepr bilan Don oraligʻi, qisman Qrimga kelib joylashganlar. IV-asrning 2-yarmida Er-manarix boshchiligida qudratli qabila ittifoqi barpo etishgan, bu ittifoq ostgotlardan tashqari, boshqa german, shuningdek, skif-sarmat va slavyan qabilalarini birlashtirgan. 375- yil bu ittifoq gunnlar tomonidan tor-mor keltirilgan. Ostgotlarning asosiy qismi gunnlar bilan birga gʻarbga yoʻl olib, Pannoniyaga joylashgan. V-asr oʻrtasida Attila vafotidan soʻng , ostgotlar gunnlarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarib ularning hukmronligidan xalos boʻlganlar. 493 -yil ostgotlar Teodorix boshchiligida Italiyaga yurish qilib Ravenna shahrini egallaganlar va ostgotlar qirolligini barpo etganlar. Qirollik tarkibiga Italiya, Sitsiliya, Alp oldi r-nlari, Dalmatsiya, 510 -yildan esa Provans kirgan. Ostgotlarning asosiy qismi Oʻrta va Shimoliy Italiyaga kelib joylashgan. Ostgotlar Vizantiyaga qarshi urushda magʻlubiyatga uchrab (552 yil), ostgot qirolligi Vizantiya imperiyasiga tobe boʻlib, barham topgan.

6. Vandallar — qadimgi german xalqlarining sharqiy tarmogʻiga mansub qabila; dastlab Yutlandiya yarimorolida, mil. av. I-asrdan esa Oder va Visla daryolari, shuningdek Sudet va Karpat toglari oraligʻidagi hududlarda yashashgan. Vandallar ikki qavmga (silinglar va xasdinglar) boʻlingan. Mil. V-asrda Markoman urushida qatnashib, hozirgi Vengriya hududiga qadar siljiganlar. IV-asrda Pannoniyada oʻrnashib olgan Vandallar Rimga yollanma askarlar yetkazib berishgan, ular orasidan iqtidorli sarkardalar ham (mas., Stilixon) yetishib chiqqan. Vandallar alanlar va svevlar bilan birgalikda Gʻarbga yurish qilib (406), Reyn daryosidan kechib oʻtishgan va butun Galliyani bosib oʻtib Ispaniyaga qadar borishgan (409). Bu toʻgʻsida hozirgi Andalusiya (Vandalusiya) provinsiyasining nomi hanuzgacha eslatib turadi. Silinglar Ispaniyada vestgotlar tomonidan deyarli tor-mor etilganlar, xasdinglar esa Geizerix rahbarligi ostida 429—439 yillarda Rim imperiyasiga qarashli Shimoliy Afrikani bosib olganlar va hozirgi Tunis hududida oʻrnashganlar. Vandallar qirolligi Rim imperiyasiga tobe yerlarda barpo etilgan birinchi german qirolligi edi. Vandallar floti Oʻrta dengizda hukmron boʻlib olgan. Vandallar 455 -yil Rimni talon-taroj qilishgan, Balsar orollari, Sardiniya va Korsikani egallashgan. Vizantiya sarkardasi Velizariy 533—534 yillarda Vandal qirolligini zabt etgan. Vandallar tarixda oʻzlarining talonchilik, bosqinchiliklari bilan mashhur boʻlishgan. Shu tufayli madaniy qadriyatlarni bekordan bekorga yoʻq qilinishini anglatuvchi vandalizm tushunchasi paydo boʻlgan

7. V asr boshlarida Pireney yarim oroli va Galliyaning bir qismida dastlabki varvarlar davlati — Vestgot qirolligi tashkil topdi.Yevropada mil. IV-VI asrlarda germanlar, slavyanlar, sarmatlar va boshqa kabilalarning Rim imperiyasi xududiga oʻtishidan iborat yalpi etnik koʻchishlarning shartli nomi. IV-asrning 70-yillaridan boshlab gunnlar ning ommaviy ravishda gʻarbga siljishlari Xalqlarning buyuk koʻchishiga bevosita turtki boʻlgan. Gunnlar Uralboʻyidan yurish boshlab taxminan 370- yil Volgani kechib oʻtganlar, soʻngra boʻysundirilgan alanlar bilan birga Shimoliy Qora dengiz sohillarida yashovchi gotlarga hujum qilganlar (375). 376 -yil kuzida gunnlar tazyiqiga bardosh berolmagan vestgotlarning bir qismi Rimning ruxsati bilan imperiyaga tegishli Dunayning janubidagi hududga joylashganlar. Biroq hukumat amaldorlarining zoʻravonligi natijasida vestgotlar 377 -yil qoʻzgʻolon koʻtarganlar. 378 -yil 9 avgustda Rim qoʻshini Adrianopol yaqinida qoʻzgʻolonchilar tomonidan tormor keltirilgan. Gotlar, alanlar va gunnlarning imperiyaga tazyiqi toʻxtatilgan, lekin gotlar Dunay daryosi va Bolqon togʻlari orasidagi hududda Rim federati sifatida yashay boshlagan, Rim armiyasida varvarlashuv jarayoni kuchaygan. IV-asr oxiridan varvarlar tazyiqi yangidan avjga chiqqan. 394—395 yillar qishida gunnlar Suriya va Kappadokiyada chopkun uyushtirganlar. Vestgotlar Alarix I boshchiligida Yunonistonni talontoroj etib, Illirikada muqim oʻrnashganlar. 410 -yil 24 avgustda ular Rimni egallab, uni talaganlar. Garchi gotlar 27 avgustda yoq Rimdan ketgan boʻlsalarda, "abadiy shahar"ning qulashi ulkan maʼnaviy ahamiyatga ega boʻlgan. V-asr mobaynida german qabilalari Gʻarbiy Rim imperiyasining butun hududi boʻylab joylashib, bu yerda bir necha varvar qirolliklarini barpo etganlar. Xususan, Galliyaning janubi-gʻarbida markazi Tuluza shahri boʻlgan Vestgot qirolligi (418 yil; u keyinchalik Ispaniyaga ham tarqalgan).

8. Varvarlar — yunon va rimliklar tomonidan ularga nisbatan tushunar-siz tilda soʻzlovchi va begona madani-yatga mansub barcha oʻzga yurtliklar (germanlar va b.)ga berilgan nom. Antik davrdagi Varvarlar tushunchasi xristianlar Vizantiyasi va Gʻarbiy Yevropada ham oʻzlashib ketib, bu yerlarda "xudosiz" degan maʼnoni anglatgan. Majoziy maʼnoda — qoʻpol, madaniyatsiz, bagʻ-ritosh kishilar.Pulning paydo bo’lishi qadimgi zamonlarda taraqqiy etgan madaniyatlar ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishlarning qonuniy oqibatidan kelib chiqqan tabiiy hodisadir. Tovar ayirboshlashning uzoq hamda murakkab jarayoni va chakana savdoning rivojlanishi tovar – pul hamda qimmatbaho buyum (yombi) ishlatish bosqichidan o’tib, oxir – oqibatda ma’dan tanga paydo bo’lishiga olib keldi. Birinchi tangalarning o’ng yoki tersida ularning o’lchovi to’g’ri, og’irligi to’la ekanligini tasdiqlovchi rasm – muhri bilan qimmatbaho buyumdan (yombi) farqlanadi.

Rasm – muhrlarda xilma – xil geometrik shakllar, hayvonlar, qushlar, baliqlar, sher, toshbaqa, dengiz mushugi, boyo’g’li va shu kabilar tasvirlanadi.

Faqat oradan ancha vaqt o’tgandan keyin tangalarda yozuvlar milloddan avvalgi VI asr o’rtalarida hamda Aleksandr Makedonskiy davridan boshlab, podshohlar va ma’budalarning tasviri paydo bo’ldi.

Varvarlar davrida tanga zarb qilish Rim imperiyasi an'analariga asoslangan. Shu vaqtlarda oltin, kumush, mis(bronza) tangalar zarb qilinib, funt og’irligiga ega bo’lgan(327,45 gr). Asosiy tanga – oltin solid (4,55gr q1G`72 funt) bo’lgan. Bu tangani imperator Konstantin I (306-337 yillar) zarb qilib, bu Vizantiyada to XI asrgacha saqlangan. Solid tanganing old tomnida imperator rasmi, orqa tomnida esa g’alaba xudosi qanotli Viktoriya tasvirlangan.

1-oltin tanga Vizantiya imperatori Tiberii II (579-582) tomonidan zarb qilingan. Bundan ilgari imperator Anastasiy I (491-518) mis tanga folis zarb qilingan. Solid 40 dinorga teng bo’lgan. Bu “katta solid”. 12 dinorga teng bo’lgan. Bu “kichik solid”.

9. Vandalizm (lot. Vandali — qadimiy sharqiy german qabilalaridan birining nomi) — moddiy va madaniy boyliklarni oʻylamay-netmay shafqatsizlarcha yoʻq qilib tashlash. Vandalizm tushunchasi 455- yilda german qabilalari Rimni talon-taroj qilib, koʻplab antik madaniyat obidalarini vayron etganligi tarixiga borib taqaladi. Keyinchalik u johillik, madaniyatsizlik maʼnolarida ham keng qoʻllanila boshlagan.



10.





Tarix yo'nalishi 19.74-guruh talabasi



XAMIDOV SHUKURULLOH
Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling