35.
Dialektika
grek tilida bahs va suhbatlashish san’ati degan ma’noni
anglatadi. Antik dunyo faylasuflari uni haqiqatga erishish
yo’li va usuli sifatida talqin etganlar. Hozirgi davrga kelib
dialektika olamdagi narsa va hodisalar doimo o’zgarishda,
o’zaro aloqadorlik va bog’liqlikda, taraqqiyot va
rivojlanishda deb tushunishdir. Unga ko’ra, olamda o’z
o’rniga va joyiga, yashash vaqti va harakat yo’nalishiga ega
bo’lgan barcha narsalar va voqealar bir-birlari bilan bog’liq
va aloqador tarzda, bir-birlarini taqozo etadigan, doimiy va
takrorlanib turadigan bog’lanishlar orqali namoyon bo’ladi.
36.
Did
idrok, fahm, farosat kabi ildizi aqlga borib taqaladigan,
o‘zining ehtiros, his-hayajon, subektiv baholash xususiyati
bilan ulardan ajralib turadigan hamda insondagi go‘zallik,
ulug‘vorlik, fojeaviylik singari estetik xususiyatlarni va
nafosatni idrok etish qobiliyatidir. Did murakkab tarbiya
jarayonini taqozo etadi. Chunki u ham aqliy, ham axloqiy,
ham hissiy tarbiya uyg‘unlashgan umumiylikdan iboratdir.
37.
Diniy
dunyoqarash
Muayyan dunyoqarash tarkibida diniy-ilohiy qarashlar
o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ular insonning ilohga
bo’lgan e’tiqodi bilan bog’liq bo’lib, vujudga kelishiga
ko’ra, boshqa dunyoqarash sh akllari kabi, muayyan
asoslarga ega.
38.
Diyonat
(arab. dindorlik, to‘g‘rilik, insof) Xudodan qo‘rqish, gunoh
qilmaslik, savob ishlarni amalga oshirish, imonli- e’tiqodli,
sofdil va mard bo‘lish, diniy qonun-qoidalarga qattiq rioya
etish, dindorlik, taqvodorlik, vijdon, insoflilik. Diyonatli
odam to‘g‘riso‘z, haqgo‘y bo‘ladi, haromdan hazar qiladi,
birovning zarariga ish qilmaydi, hamiyatli, nomusli, oriyatli
bo‘ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |