524
donolikni
sevaman.
Tabiat,
jamiyat,
inson,
uning
tafakkurida amal qiluvchi
eng umumiy qonunlarni
o’rganuvchi fandir
53.
Fan
ilmiy bilimlar tizimidir. Fan o’zining ilmiy tushuncha
uslublari va metodologiyasiga ega bo’lgan, olamni bilish va
o’zlashtirishning
maxsus usuli, ilmiy bilimlar tizimidir.
Shuningdek, fan ijtimoiy ong shakllaridan biridir.
54.
Faoliyat
insonning o‘zini o‘rab turgan olamga faol munosabati shakli
bo‘lib, uning mazmunini maqsadga yo‘naltirilgan o‘zgar-
tirish va qayta qurish bilan bog‘liq xatti-harakatlar tashkil
etadi.
55.
Farosat
insonning axloqiy qobiliyatni yuzaga
chiqaruvchi estetik
anglash tuzilmasining o‘ziga xos talabi.
56.
Fazo
narsalarning bir-biridan uzoqligini, ularning ko’lamini,
joylashish
tartibini
ifodalash
uchun
ishlatiladigan
tushuncha. Shuningdek, fazo - narsalarning ko’lamini,
hajmini, o’zaro joylashish tartibini,
uzlukli yoki
uzluksizligini ifodalovchi borliqning yashash usullaridan
biridir.Fazo
va vaqt tushunchalari, ko’p hollarda,
forsiy til
ta’sirida yozilgan adabiyotlarda makon va zamon deb ham
ataladi. Bu tushunchalar
fazo va vaqtning tashqi, nisbiy
xususiyatlarinigina
aks ettiradi, xolos. Fazo narsalar
joylashadigan joy ma’nosida, vaqt esa hodisalar bo’lib
o’tadigan muddat ma’nosida ishlatiladi.
57.
Fenomenologiya
«Sof ong» falsafaning predmetini
tashkil etadi deb
hisoblovchi falsafiy oqim.
Do'stlaringiz bilan baham: