O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet291/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

64.
Gnoseologiya 

 bilish to’g’risidagi fan muammolari bilan shug’ullangan. 
65.
Go‘zallik 

 manaviy va moddiy xususiyatga ega bo‘lgan, ijtimoiy-
manaviy hayotda favqulodda ahamiyat kasb etuvchi 
tushuncha bo‘lib, narsa-hodisalarning inson tafakkurida 
lazzatning uyg‘unlik, meyor, hamohanglik, mutanosiblik
maqsadga muvofiqlik asosida namoyon bo‘lishidir. 
66.
Gumanizm 

 (lot.humanitas – insoniylik, insonparvarlik, inson haqida 
g‘amxo‘rlik) – insonni himoya qilishga, uning huquqlariga 
kafillik berishni maqsad qilib olgan talimot. 

67.
Halollik 

 sof, pokiza bo‘lishni talab qiladigan axloqiy meyordir. 
Dastavval u diniy tushuncha sifatida vujudga kelib, har bir 
musulmonning emak-ichmagi, jinsiy va iqtisodiy xatti-
harakatlari sifatini belgilab beruvchi shariy meyor bo‘lib 
amal qilgan. Insonni manaviy, axloqiy jihatdan bezaydigan 
ajoyib fazilatlardan biri - halol, pokiza yashash, birovlarning 
xaqiga zarracha bo‘lsada hiyonat qilmaslikdan iboratdir. 
68.
Hasad

 o‘zida yo‘q bo‘lgan narsaning boshqalarda bo‘lishini 
istamaslik, o‘zgalarning yutuqlari va muvaffaqiyatlarini 
ko‘ra olmaslik. Hasad tuyg‘usi mavjud bo‘lgan odam 
boshqalarning yaxshi turmush kechirishidan, o‘qishda, 
mehnat faoliyatida erishgan yutuqlaridan qiyin ahvolga 
tushadi. Hasad turli olamshumul dinlarda qoralanadi. 
Masalan xristian dinida hasad ettita gunohi kabiralardan biri 
hisoblanadi. Chunki bu dinda aytilishicha, hasad qilish xudo 
tomonidan o‘rnatilgan tartibdan norozilikni bildiradi. 
69.
Hayo 

 Shaxsning axloqiy o‘zini-o‘zi anglashi ko‘rinishlaridan 
biri; hayo tuyg‘usida insonning o‘z xatti-harakatlarini
axloqiy sifatlari va motivlarini anglashi tushuniladi. Inson 
o‘z xatti-harakatlarining axloqqa zid ekanligini mustaqil 
ravishda yoki bo‘lsamasa atrofdagilarning qoralashi 
natijasida anglab etishi mumkin. Hayo vijdon b-n bevosita 
bog‘liq bo‘ladi. Vijdonsiz odamlarda hayo bo‘lmaydi. SHu 


526 
b-n birga, hayoning vijdondan farq qiluvchi jihatlari ham 
mavjud. Hayo qo‘proq tashqi muhit b-n bog‘liq bo‘ladi. 
Hayo tuyg‘usi insonning o‘z xatti-harakatlarini boshqalar 
nuqati nazaridan baholashi b-n bog‘liq bo‘ladi. Hayo 
tuyg‘usi manaviyatli va manaviy yuksak insonlarga xos 
axloqiy fazilatdir.  

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling