O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet299/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

119. Modernizasiya 

 jamiyatni zamonaviy talablarga muvofiq takomillashtirish 


531 
maqsadida xilma-xil o‘zgartirishlarni amalga oshirishdan 
iborat ijtimoiy-tarixiy jarayonni ifodolovchi tushuncha.
120. Monizm 

 olamning asosi yakayu-yagona sababga, bitta asosga ega 
deb ta’lim beradigan falsafiy ta’limotdir. 
121. Muhabbat va 
nafrat 

 M. va N. ko‘pgina manaviy axloqiy tushunchalar kabi 
juftlik xususiyatiga ega. M. insoniy mohiyatning erkin 
tarzda 
namoyon 
bo‘lishi, 
zo‘ravonlik 
yoki 
zo‘rmaqzo‘rakilik b-n chiqisha olmaydigan hodisa. U 
meyorlar, ananalar, qonunlarga bo‘ysunmaydi, lekin yuksak
axloqiylik ifodasi tarzida insonga ulkan masuliyat yuk laydi, 
uni jasoratga chorlaydi, u – insonni tashqi va transsendental 
olam b-n bog‘laydigan, uni yolg‘izlikdan olib chiqadigan 
buyuk manaviy kuch. M. ning obekti doimo go‘zallik, 
manfaatsiz go‘zallik. U – Allohmi, Vatanmi, yormi – M. 
Egasiga undanda go‘zalroq narsa yo‘q. Ayni paytda bir 
obektni sevgan kishi boshqa obektlarni ham sevishi tabiiy. 
Deylik, yorga bo‘lgan haqiqiy M. Vatanga, insoniyatga 
M.ni inkor etmaydi, aksincha, barqaror qiladi. Zero, 
«o‘zqo‘zicha», «yakka», «xudbin» M.ning bo‘lishi mumkin 
emas. Inson o‘zi o‘zgaga aylanganida, o‘zgani o‘ziga 
aylantira olganida haqiqiy M. Egasi hisoblanadi. Mana shu 
obekt b-n subekt orasidagi farqning «yo‘qolishi» eng buyuk 
, eng mukammal manaviy lazzatdir. 
122. Muomala qilishni
bilish 

 avvalambor suhbatni olib bora olish qobiliyatidir. Bu erda 
ham 
umumqabul 
qilingan 
qoidalar 
mavjud. 
Suhbatdoshingizni gapini bo‘lmasdan uni eshitishni 
o‘rganing. Zero suhbatdoshingizni hamdardlik, layoqatlilik, 
yaxshi niyatliligingizni ko‘rsatib, diqqat va sabr-toqat bilan 
eshita olishning o‘zi - bu istedod. Lekin bu istedod tug‘ma 
emas – har bir inson uni o‘zida hamda farzandlarida 
mujassam 
etib, 
tarbiya 
toptirishi 
mumkin. 
Suhbatdoshingizni tinglayotib iloji boricha uning ko‘ziga 
qarashga harakat qiling. Suhbatdoshingizning gaplariga 
tasdiq sifatida yo boshingizni silkitib yohud so‘zlar bilan 
suhbatga bo‘lgan jonli qiziqishni ko‘rsatishga harakat 
qiling. 

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling