Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 2M1800-20 guruh talabasi Pavlova Natalya Valeryevna
METODIKA FANLARINI O‘QITISH TEXNOLOGIYASI
Reja: - O'qitish shakllarida ta'lim metodlaridan foydalanish.
- Ta’limning interfaol metodlari.
Metod (grekcha “metodos” so’zidan olingan bo’lib, aynan, u yoki bu narsaga, haqiqatga yo’l demakdir) maqsadga erishish usuli, tartibga solingan faoliyat ma’nolarini anglatadi. - Metod (grekcha “metodos” so’zidan olingan bo’lib, aynan, u yoki bu narsaga, haqiqatga yo’l demakdir) maqsadga erishish usuli, tartibga solingan faoliyat ma’nolarini anglatadi.
- Metod tushunchasi pedagogika, psixologiya va xususiy metodikalarning asosiy tushunchalaridan biri bo’lib, turli pedagog va metodist olimlar tomonidan turlicha talqin etib kelinmoqda.
- Pedagogik ensiklopediyada izohlanishicha, ta’lim metodi – o’qituvchi va o’quvchining ta’lim mazmunini o’zlashtirishga qaratilgan o’zaro aloqador, ma’lum ketma-ketlikdagi faoliyat tizimidir.
- G.L.Shukinaning “Pedagogika” kitobida o’qitish metodiga quyidagicha ta’rif beriladi. “O’qitish metodlari bu darsda o’quv-tarbiya maqsadlariga qaratilgan o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi ish faoliyatidir”.
- O.Roziqov, M.Maxmudov, B.Adizov, A.Hamroyevlarning “Ona tili didaktikasi” darsligida ta’lim metodiga quyidagicha ta’rif keltirilgan:
- “Ta’lim metodi – o’qituvchi va o’quvchilarning ma’lumot mazmuniga yo’nalgan faoliyatini tartibga solish yo’lidir”.
- L.N.Skatkin o’zining kitobida o’qitish metodiga quyidagicha ta’rif berdi:
- O’qitish metodlari – bu darsda o’quvchilar bilish faoliyatlarini tashkil etish usulidir.
Bu ta’rifga buyuk psixolog I.Ya.Lerner ham qo’shiladi. Lekin, uslubshunos olim Nikandirov o’zining doktorlik dissertasiyasida o’qitish metodlariga ta’rif berar ekan “O’qitish metodlari bu darsda o’quvchilarning bilish faoliyatlarini boshqarish usullaridir” deb ta’kidlaydi. - Bu ta’rifga buyuk psixolog I.Ya.Lerner ham qo’shiladi. Lekin, uslubshunos olim Nikandirov o’zining doktorlik dissertasiyasida o’qitish metodlariga ta’rif berar ekan “O’qitish metodlari bu darsda o’quvchilarning bilish faoliyatlarini boshqarish usullaridir” deb ta’kidlaydi.
- Moskva shahridagi “O’qitish mazmuni va metodlari ilmiy tadqiqot ishlari” institutining biologiya sektorida o’qitish metodlariga quyidagicha ta’rif berildi:
- “O’qitish metodlari – bu darsda o’qituvchi va o’quvchilarning ish faoliyati bo’lib, uning evaziga o’quv tarbiya ishlari hal etiladi”.
- Yoki shu institutning “Boshlang’ich ta’lim” sektorida A.M.Pishkalo rahbarligida quyidagicha ta’rif keltirildi:
- O’qitish metodlari – bu darsda o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyati bo’lib, uning evaziga bilim beriladi, malaka va ko’nikmalar hosil qilinadi, o’quvchilarda dunyoqarash va mustaqil ishlash elementlari shakllanadi, ular hayotga va mehnatga tayyorlanadi.
- O’qitish metodlari o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari usuli bo’lib, bu faoliyat yordamida yangi bilimlar, malakalar va ko’nikmalarga erishiladi, o’quvchilarning dunyoqarashi shakllanadi, ularning qobiliyatlari rivojlanadi.
O’qitish maqsadi
O’qitishni
tashkil
etish
shakllari
O’qitish mazmuni
O’qitish metodlari
O’qitish vositalari
Do'stlaringiz bilan baham: |