O'qitish shakllarida ta'lim metodlaridan foydalanish


Deduksiya metodi bilishning shunday yo’liki, bu yo’l umumiyroq bilimlar asosida yangi xususiy bilimlarni olishdan iboratdir


Download 1.92 Mb.
bet4/6
Sana22.04.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1379973
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'QITISH SHAKLLARIDA TA\'LIM METODLARIDAN FOYDALANISH

Deduksiya metodi bilishning shunday yo’liki, bu yo’l umumiyroq bilimlar asosida yangi xususiy bilimlarni olishdan iboratdir.

  • Deduksiya metodi bilishning shunday yo’liki, bu yo’l umumiyroq bilimlar asosida yangi xususiy bilimlarni olishdan iboratdir.
  • Deduksiya bu umumiy qoidalardan xususiy misollarga va qoidalarga o’tishdir.
  • Analogiya metodi – shunday xulosaki, bunda predmetlar ba’zi belgilarining o’xshashligi bo’yicha bu predmetlar boshqa belgilari bo’yicha ham o’xshash, degan taxminiy xulosa chiqariladi.
  • Analogiya “Xususiydan xususiyga boradigan”, bir konkret dalildan boshqa aniq dalilga boradigan xulosadir.
  • Butunni uning tashkil etuvchi qismlarga ajratishga yo’naltirilgan fikrlash (tafakkur) usuli analiz deb ataladi.
  • Predmetlar yoki hodisalar orasida bog’lanishlar o’rnatishga yo’naltirilgan tafakkur usuli sintez deb ataladi.
  • Taqqoslash usuli qaralayotgan sonlar, arifmetik misollar, masalalarning o’xshash va farqli alomatlarini ajratishdan iborat.
  • Umumlashtirish – bu o’rganilayotgan ob’yektlardan umumiy muhim tomonlarini ajratish va ularni muhim bo’lmaganlaridan ajratishdan iborat.
  • Didaktik adabiyotlarda mustaqil ish tushunchasi har xil ta’riflanadi. Mustaqil ishning B.P.Yesipov bergan ta’rifini eng to’g’ri ta’rif deb tan olish kerak:
  • “O’quvchlarning o’qitish jarayoniga qo’llaniladigan mustaqil ishlari bu o’qituvchining bevosita qatnashuvisiz, maxsus ajratilgan vaqt davomida uning topshiriqlari bo’yicha bajariladigan ishdir; bunda o’quvchilar topshiriqda qo’yilgan maqsadga erishishga o’z kuchlarini sarflaydilar, aqliy yoki jismoniy harakatlar natijasini biror shaklda ifodalab ongli ravishda intiladilar”.

Ta’limning interfaol metodlari.

  • Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o’qitishning zamonaviy metodlari keng qo’llanilmoqda. O’qitishning zamonaviy metodlarini qo’llash o’qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli-tuman metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o’zlashtirish darajasi o’sishiga olib keladi.
  • Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida katta tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Interfaol ta’lim metodlari hozirda eng ko’p tarqalgan va barcha turdagi ta’lim muassasalarida keng qo’llanayotgan metodlardan hisoblanadi. Shu bilan birga, interfaol ta’lim metodlarining turlari ko’p bo’lib, ta’lim-tarbiya jarayonining deyarlik hamma vazifalarini amalga oshirish maqsadlari uchun moslari hozirda mavjud. Amaliyotda ulardan muayyan maqsadlar uchun moslarini ajratib tegishlicha qo’llash mumkin. Bu holat hozirda interfaol ta’lim metodlarini ma’lum maqsadlarni amalga oshirish uchun to’g’ri tanlash muammosini keltirib chiqargan.

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling