O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Bioenergoinformatsion 
almashinuv axborotni 
qabul 
qilish, undan 
foydalanish va uni tasarruf etishning murakkab mexanizmini nazarda tutadi. 
Informatsiya yoki axborot tushunchasining o‘zi ancha sermanodir. Informatsion 
jarayonlar aksariyat hollarda aks ettirish, inikos jarayonlari bilan bog‘liq holda yoki 
ularga muvofiq tushuntiriladi. Inikos yo protsessual tomondan, yo natija nuqtai 
nazaridan qaralishi mumkin. Darhaqiqat, sirtqi (aks ettirilayotgan) real predmet 
g‘oyib bo‘lganidan so‘ng inikosning o‘zi aks ettirish jarayonining mahsuli sifatida 
yo‘q bo‘lmaydi, balki aks ettirayotgan predmetda iz sifatida mavjud bo‘lishda 
davom etadi. SHunday qilib, sirtdan ko‘rsatilgan tasir aks ettiruvchining tarkibidan 
o‘rin oladi va unda saqlanib qoladi. SHunga muvofiq axborotning atributiv 
konsepsiyasi tuziladi.
«Axborotning predmet sohasi to‘g‘risidagi masalaga bag‘ishlangan falsafiy 
munozaralarda kamida uch nuqtai nazar vujudga kelgan. Birinchidan, axborot 
muloqot sohasi va umumiy ilmiy refleksiya vositasi sifatida talqin qilinadi. 
Ikkinchidan, u o‘z-o‘zidan tashkil topuvchi tizimlarning o‘zaro tasirlarni tartibga 
solish bilan bog‘liq bo‘lgan xossasi sifatida tushuniladi. Uchinchidan, axborot 
materiya va energiya taqsimlanishining turli jinslilik mezoni, dunyoning azaliy turli 
jinsliligini qayd etuvchi barcha moddiy tizimlar xossasi sifatida namoyon bo‘ladi. 
Axborotning yuqorida zikr etilgan uch xil talqini hozirgi zamon nazariyasidan 
axborot kommunikativ, funksional va atributiv konsepsiyalari degan nomlar bilan 
o‘rin olgan.
Atributiv konsepsiya axborotning jonli va jonsiz tabiatdagi har qanday 
obektlar va jarayonlarda rang-baranglikning inikosi sifatidagi keng talqiniga 
tayanadi. Unda axborot umuman olganda materiya va energiyaning dunyoda yuz 
beruvchi barcha jarayonlarga yo‘ldosh bo‘lgan makon va vaqtda taqsimlanishining 
turli jinsliligi mezoni sifatida tavsiflanadi..

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling