O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Geotsentrik va nogeotsentrik moddiy tizimlar


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Geotsentrik va nogeotsentrik moddiy tizimlar. Geotsentrik dunyo haqidagi 
tasavvur Yer miqyosidagi obektlarga daxldor nazariyalarning umumlashtirilishi 
natijasida yuzaga kelgan. Unda, aynan Yer dunyosi andoza va negiz sifatida qabul 
qilinadi. Geotsentrizm talimotiga ko‘ra, moddiy tizimlarning atributlari barcha 
darajalarda biz Yer sharoitida duch keluvchi atributlar bilan bir xil bo‘ladi. 
Geotsentrizm makon, vaqt, sifat, sababiyat va boshqa atributlar ontologik manoda 
yagonadir, degan tasavvurga asoslanadi.
Atributlarning universal mazmuni, inson tanasi mavjudlik shart-sharoitlarida 
namoyon bo‘luvchi atributlarning universal mazmuniga mos kelishi geotsentrik 
dunyodir . Bu Nyuton vaqti (zamoni), Evklid makoni dunyosidir.
1
қаранг: Степанов А.М. Гомеостатическая модель сознания. Вербальная оболочка // Сознание и физическая 
реальность. – М., 1998. №4. – 60-б. 


170 
Atributlarning universal mazmuni, inson tanasining mavjudlik shart-
sharoitlarida namoyon bo‘luvchi atributlarning universal mazmunidan farq qiluvchi 
moddiy obekt nogeotsentrik dunyo deb ataladi. «Nogeotsentrik dunyo» tushunchasi 
nonyuton vaqti (zamoni), noevklid makoni, umuman, borliqning nogeotsentrik turini 
nazarda tutadi. Mikrodunyo va megadunyoni nogeotsentrik dunyolar tomon mavjud 
bo‘lgan «darcha»lar deb faraz qilish uchun asoslar mavjud. Ularning qonuniyatlari 
bizga o‘zaro tasirlarning o‘zga turini uzoq darajada bo‘lsa ham tasavvur qilish 
imkonini beradi. Ayni vaqtda, makrodunyo aloqalari va o‘zaro tasirlari borliqning 
geotsentrik turini aks ettiradi. Shunga qaramay, universal mazmunning «geotsentrik 
andoza»dan og‘ish xususiyati to‘g‘risidagi masalani faqat amaliyotda echish 
mumkin. Bu erda falsafadan ko‘ra aniq fanlarga asoslanish lozim.
Hozirgi zamon metodologlari pirovard maqsadga asoslanadigan va azaldan 
maqsadga muvofiq xususiyatga ega bo‘lgan tizimlar bilan stixiyali xususiyatlarni 
namoyish etuvchi mutlaqo ochiq tizimlarni farqlashni taklif qiladi. Mazkur tasnif 
yangi narsa paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan maqsadni belgilash mexanizmiga 
yangicha nazar bilan qarash imkonini beradi.
Noorganik, organik va ijtimoiy tizimlar moddiy tizimlarning eng ko‘p 
uchraydigan turlari hisoblanadi. Moddiy tizimning noorganik turini tasniflashda 
uning elementar zarralar va maydonlar, atom yadrolari, atomlar, molekulalar, 
makroskopik jismlar, geologik tuzilmalar kabi elementlari qayd etiladi. Moddiy 
tizim organik turining tuzilishi bir necha darajadan iborat: hujayrasiz daraja - 
DNK, RNK, nuklein kislotalar, oqsillarni; hujayrali daraja – mustaqil mavjud 
bo‘lgan bir hujayrali organizmlarni; ko‘p hujayrali daraja – to‘qimalar, organlar, 
funksional sistemalar (asab sistemasi, qon eltuvchi sistema), yani organizmlar 
(o‘simliklar va hayvonlar)ni o‘z ichiga oladi. Organizmlardan yuqori tuzilmalar 
ham farqlanadi: bu umumiy genofond bilan bog‘langan bir turga mansub 
jonzotlarning populyasiyalari – biologik birliklar (o‘rmondagi bo‘rilar to‘dasi, 
ko‘ldagi baliqlar galasi, chumoli uyasi yoki butazor va boshqalar)dir. 
Populyasiyaning yaxlitlik darajasi uning tarkibiga kiruvchi ayrim organizmlarning 
xususiyatlari va ko‘payishini tartibga soladi. Masalan, chigirtkalar biomassasi 
muayyan chegaradan oshib ketsa, ularning ko‘payishini sekinlashtiruvchi 
mexanizmlar ishga tushadi. Jonli materiya tuzilishining organizmlardan yuqori 
darajasiga populyasiyalardan tashqari biotsenozlar kiradi. Biotsenozlarning yaxlit 
tizimida populyasiyalar shunday bog‘langanki, ulardan birining hayot faoliyati 
mahsulotlari boshqasining yashash shart-sharoitlariga aylanadi. Masalan, o‘rmon 
muayyan biotsenoz hisoblanadi: unda yashovchi o‘simliklar, shuningdek hayvonlar, 
zamburug‘lar, lishayniklar va mikroorganizmlarning populyasiyalari o‘zaro tasirga 
kirishib, yaxlit tizimni vujudga keltiradi.
Biosfera doirasida moddiy tizimning alohida turi - kishilik jamiyati 
rivojlangan. Bu ijtimoiy tizim ham alohida kichik tizimlar individ, oila, guruh, 
jamoa, davlat, millat va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Materiya tuzilishining alohida 
turi sifatidagi jamiyat odamlar faoliyati tufayligina mavjud bo‘ladi. SHu sababli 


171 
jamiyatga o‘z ehtiyojlarini qondirish va rivojlanish imkonini beruvchi ijtimoiy 
ishlab chiqarish bilan bog‘liq inson faoliyati substansional negiz hisoblanadi.

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling