O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti
Download 5.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019
Makonning uch o‘lchovliligi. Makon va vaqtning Cheksiz ligi hamda
tuganmasligi, makonning uch o‘lchovliligi, vaqtning bir yo‘nalishliligi, orqaga qaytmasligi makon va vaqtning asosiy xossalari sifatida qaralishi lozim. Makon va vaqtning umumiyligi, ular universumning barcha strukturalarini qamrab olgan holda, mavjudligini anglatadi. Shu munosabat bilan makon va vaqtning nafaqat makro-, mikro- va megadunyoda, balki jonli va ijtimoiy materiyada ham namoyon bo‘lish shakllarini qayd etib o‘tish lozim. Biologik vaqt, psixologik vaqt, ijtimoiy makon va vaqt maxsus tahlil qilinadi. Makon va vaqtning obektivligi ular o‘zini idrok etish mumkinligi yoki mumkin emasligidan qatiy nazar, olamning barcha strukturalarini qamrab olgan holda mavjudligini anglatadi. L.Feyerbax makon va vaqtni borliqning asosiy shartlari - Wesenbedingung deb hisoblaganida ayni shuni nazarda tutgan edi. Ammo bu makon va vaqt moddiy jismlar vujudga kelishiga sabab bo‘lganini anglatmaydi, balki materiya makon va vaqtdan tashqarida mavjud bo‘lishi mumkin emasligini takidlaydi. Makonning uch o‘lchovliligi hanuzgacha ilmiy-nazariy jihatdan aniq isbotlanmagan. Makon va vaqtning Cheksiz ligi hamda tuganmasligi, makonning uch o‘lchovliligi, vaqtning bir yo‘nalishliligi, orqaga qaytmasligi makon va vaqtning asosiy xossalari sifatida qaralishi lozim. Biz makroskopik tajribada ko‘radigan obektlar uch o‘lchovli ko‘lamlilikka – uch o‘lchovdagi o‘lchamlilikka ega. Makonning har qanday nuqtasi uch soni yordamida beriladi. Ammo makonning uch o‘lchovliligi faylasuflar uchun amalda jumboq bo‘lib qolamoqda. Ular uchun bu asoslashga urinishlar natija bermayotgan empirik postulat sifatida qabul qilinadi. Makonning uch o‘lchovliligini tariflab bergan Aristotel pifagorchilarning g‘oyalari yordamida uni asoslashga harakat qilgan. U uch o‘lchov eng mukammal va tugallangan bo‘lib, aynan 3 soni shunday xususiyatga ega ekanligini qayd etgan. Biz yashaydigan makon uch o‘lchovlidir. Bu boshqa makon mavjud bo‘lishi mumkin emas, degan manoni anglatmaydi, lekin boshqa makonda atomlar ham, molekulalar ham, Quyosh sistemasi ham bo‘lmasligi mumkin. Agar makon uch o‘lchovli bo‘lmaganida, amaldagi barcha fizik qonuniyatlar buzilgan bo‘lar edi; narsalar biron-bir sababsiz paydo bo‘lishi va yo‘q bo‘lishi mumkin edi (ularning sabablari boshqa o‘lchovlarda bo‘lar edi); atomlar mavjud bo‘lishi mumkin emas edi, chunki elektronlar darhol yadrolar ustiga tushar edi. Butun dunyo boshqacha bo‘lishi lozim bo‘lar edi. Demak, bizning dunyomizda har qanday voqea to‘rt son: makonning voqea yuz bergan joyni qayd etuvchi uch koordinati va uning vaqt ko‘rsatkichi bilan belgilanadi. Shunday qilib, moddiy dunyo obektlarining «3 1» ko‘rinishidagi makon va vaqt tuzilishiga mansubligi ularning universal xossasi hisoblanadi. Download 5.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling