O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Makon va vaqtning topologik xossalari


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Makon va vaqtning topologik xossalari. Topologik xossalarga sifat 
ko‘rsatkichlari, makon va vaqtning uzluksizligi, bog‘liqligi, vaqt tartibi, yo‘nalishi 
va o‘lchamliligi kiradi. Makonning topologik xossalari – makonning bir xilligi
izotropligi (jarayonlar ayni bir sharoitda bir xil kechishi) hamdir. Vaqtning 
topologik xossalari - bir yo‘nalishlilik, muayyan o‘lchovlilik, orqaga qaytmaslik. Bu 
ko‘rsatkichlarning hammasi hanuzgacha faylasuflar shug‘ullanadigan qator 
muammolarni tashkil etadi va falsafiy jihatdan ilmiy-nazariy asoslashga muhtojdir.
Vaqt tartibi va yo‘nalishi. Vaqt shakllanishi yoki o‘tishining obektiv 
xususiyati to‘g‘risidagi masala qadimdan hozirgi kungacha qizg‘in bahsga sabab 
bo‘layotgan muammodir. Odatda, vaqt tartibi va yo‘nalishi to‘g‘risida so‘z 
yuritilganida, uning o‘tmishdan hozirgi vaqt orqali kelajakka o‘tishi nazarda tutiladi. 


184 
Vaqt bir yo‘nalishli, nosimmetrik va orqaga qaytmaydigan jarayon sifatida namoyon 
bo‘ladi.
Borliq hodisalarini vaqtda tartibga solish uchun «vaqt» tushunchasining ikki 
majmuidan foydalanilgan: «O‘tmish – hozirgi vaqt – kelajak» tushunchasining sifati 
va mazmunini ifodalashda vaqtning psixologik tavsifi ko‘proq mos keladi. Vaqtning 
miqdoriy tahlil uchun : «oldin – ayni bir vaqtda – keyin» tushunchalari qo‘llaniladi
Borliq hodisalarini vaqtda tartibga solish uchun «vaqt» tushunchasining ikki 
majmuidan foydalanilgan: A majmui – «o‘tmish – hozirgi vaqt – kelajak» va V 
majmui – «oldin – ayni bir vaqtda – keyin». Vaqtning miqdor ko‘rsatkichlari qayd 
etilgan hollarda vaqt tushunchalarining ikkinchi majmuidan foydalanilgan. Masalan: 
4 minut oldin, 5 minut keyin va h.k. miqdor tahlilini ifodalaydi. Ammo tilimizning 
tuzilishiga ko‘ra 4 soat «o‘tmish», 5 minut «kelajak» qabilida gap tuzish imkoni 
yo‘q. Vaqtni tushunishning bu ikki xil jihati 1908 yilda J.Mak-Taggart tomonidan 
aniq tavsiflangan. U «vaqt» tushunchasining ikki majmui haqidagi tasavvurni ilmiy 
muomalaga kiritdi. 

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling