O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti
Makon va vaqtning dinamik va statik konsepsiyalari
Download 5.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy vaqt.
Makon va vaqtning dinamik va statik konsepsiyalari. Dinamik konsepsiya
vaqt jarayonlarining, shu jumladan vaqt oqimining obektiv borlig‘ini, yani o‘tmish, hozir va kelajak voqealari o‘rtasida real fizik farqlar mavjudligini tan oladi. Ayni vaqtda, mazkur konsepsiya nuqtai nazaridan, haqiqiy borliqqa hozirgi vaqt voqealarigina ega bo‘ladi. O‘tmish xotiralarda mavjud, kelajak voqealari amalda ro‘y beradimi, yo‘qmi - nomalum. Faqat hozirgi vaqtda ehtimol tutilgan voqealar o‘tmishdagi sabablar asosida real borliqqa aylanishi mumkin. So‘ngra ular ham o‘z davrida muayyan iz qoldirib, o‘tmishga aylanadi. Vaqt tartibi va yo‘nalishini tushunib etishning ikkinchi statik konsepsiyasi - obektiv vaqt jarayonlari mavjudligini inkor etmagan holda, vaqtning o‘tmish, hozir va kelajakka bo‘linishini rad etadi. Unda «oldin - keyin» vaqt nisbati obektiv deb etirof etiladi. Ushbu konsepsiya tarafdorlari B.Rassel va T.Gold fikriga ko‘ra, kuzatish etibordan soqit etilsa, dunyoda har qanday holat yuz berishi mumkin. G‘arb falsafiy adabiyotlarida bu konsepsiya «Sovib qolgan olam konsepsiyasi» deb ataladi. Ammo statik konsepsiyadagi vaqtning harakati va oqimi subekt – kuzatuvchiga bog‘liqligi haqidagi asosiy tezisiga qo‘shilish qiyin. Ko‘pgina jarayonlar kuzatuvchidan qatiy nazar mavjud bo‘ladi va yuz beradi. Eng katta muammo – hozirgi vaqtni qanday tushunish mumkinligida. Inson uchun eng qimmatli narsa vaqtdir. Xohish va harakat bo‘lsa, hamma narsani topish yoki qo‘lga kiritish mumkin, lekin o‘tgan vaqtni orqaga qaytarib bo‘lmaydi. Ijtimoiy vaqt. Hozir «Ijtimoiy vaqt mavjudmi» degan masala bahsli emas. Muammo uning mazmunida qanday ustuvorliklar va konstantalar mavjudligida. Ijtimoiy vaqt individ vaqti va avlod vaqtiga bo‘linadi. U kishilik jamiyatining o‘zgaruvchan informatsion sig‘imiga bog‘liq. Falsafiy adabiyotlarda vaqt jarayonlariga makon xossalarining kirishi, yani ijtimoiy vaqt uzunligi – hayot sikllari 185 bosqichlarining ketma-ketligi sifatida, kengligi – faoliyat turlarining miqdoriy rang- barangligi sifatida, chuqurligi – individning o‘zi ishtirok etayotgan faoliyat turlaridagi faollik darajasi sifatida ko‘rsatilishi bilan bog‘liq fikrlarga ham duch kelish mumkin. Makon va vaqt bog‘lanishi hamma joyda har xil bo‘lgan «mahalliy vaqt» tushunchasida yorqin namoyon bo‘ladi. Bularning hammasi makon, vaqt va materiya jarayonlari o‘zaro bog‘liq ekanligini yana bir karra tasdiqlaydi. Nazariy jihatdan esa, makon va vaqt munosabatlarining relyasion va dinamik konsepsiyalari rivojlanishining ahamiyatini yanada oshiradi, bu borada tadqiqotlar olib borish zaruratini namoyon qiladi. Ijtimoiy vaqt ham o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, u, biologik va planetar- kosmik vaqtdan farqli o‘laroq, notekis oqadi. Ijtimoiy vaqtning yana bir jihati bu subektiv, ichki vaqtdir. Subektiv vaqt borliq vaqti emas, balki ong vaqti hisoblanadi. Ammo o‘z tabiati va mohiyatiga ko‘ra bu ijtimoiy fenomendir 1 . Subektiv vaqtni psixologlar bilan bir qatorda sanatshunoslar va estetika mutaxassislari ham keng o‘rganganlar 2 . Ijtimoiy hayot tabiiy hayotning davomi hisoblanadi. Odamlar tug‘iladilar, yashaydilar, o‘ladilar, nasl qoldirish yo‘li bilan o‘z nasabini muttasil quvvatlaydilar. Ijtimoiy darajada «individ – avlod – nasab» uchligigina emas, balki bir strukturaviy darajadan boshqa strukturaviy darajaga o‘tish obektiv tamoyili ham saqlanib qoladi. Ammo muammoning mazmuni amalda boshqacha ko‘rinish kasb etadi. Inson vaqti uning hayot faoliyati vaqtidir. Hayvon o‘z mohiyatini tabiatdan oladi, u o‘zini o‘zi yaratmaydi va shu manoda u tarixiylikdan xolidir. Hayvon o‘z tarixini o‘zi yaratmaydi – tarix uni yaratadi. Inson esa o‘z tarixini o‘zi yaratadi. Insonning mohiyati uning o‘z ijtimoiy munosabatlari majmui bilan belgilanadi. Hozirgi paytda «individ – ijtimoiy avlod – jamiyat tarixi» uchligi ijtimoiy vaqtni o‘rganish va uning mazmunini aniqlashning obektiv asosi sifatida qaraladi. Download 5.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling