Mavzu: Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti rivojlanishida marketing strategiyasini agrosanoat majmui sub’ektlari o’rtasida savdo munosbatlari haqida ma’lumotlar
Download 0.87 Mb.
|
statistika mustaqil ish..........
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Agrosanoat majmui
MUSTAQIL ISH. MAVZU: Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti rivojlanishida marketing strategiyasini agrosanoat majmui sub’ektlari o’rtasida savdo munosbatlari haqida ma’lumotlar. Bajardi: Tamaboyev Z.
Reja:
Agrosanoat majmui haqida. Qishloq xo’jaligi marketingi. Agrosnoat majmui sub’ektlari o’rtasidagi savdo munosabatlari jadval va grafiklarda. 1.Agrosanoat majmui (ACM) – xalq xoʻjaligida qishloq xoʻjaligi xom ashyosidan aholining oziq-ovqat va xalq iste’mo-li tovarlariga boʻlgan ehtiyojlarini ta’minlashda oʻzaro hamkorlikda fa-oliyat koʻrsatadigan tarmoqlar, kor-xonalar, faoliyat turlari majmui. ASM murakkab va koʻp tarmoqlidir. Uning ishlab chiqarish tuzilmasida qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi muhim ahamiyatga ega. ASM 3 sohani oʻz ichiga oladi: 1) qishloq xoʻjaligi(aholining tomorqa xoʻjaligi ham kiradi) va oʻrmon xoʻjaligi; 2) qishloq xoʻjaligiga ishlab chiqarish vositalari yetkazib beradigan sanoat tarmoqlari – traktor va qishloq xoʻjaligi mashina-sozligi, meliorativ va suv xoʻjaligi ob’ektlari qurilishi tarmoqlari, asosiy fondlar ta’miri boʻyicha korxo-nalar, mineral oʻgʻit va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari, biologik faol preparatlar ishlab chiqarish, ozuqa va mikrobiol. sanoati, turli idishlar (tara) tayyor-lash va b; 3) qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va iste’molchiga yetkazib berish bilan band boʻlgan tarmoqlar(tayyorlov, qayta ishlash, saqlash, tashish, sotish va boshqalar). Har bir tarmoq tarkibida ishlab chiqarish rivo-jining umumiy sharoitini ta’minlaydigan tarmoq infratuzilmalari muhim ahamiyatga ega (yoʻl-transport xoʻjaligi, moddiy-texnika ta’minoti, elektr, gaz, suv ta’minoti, aloqa, omborxona eleva-tor xoʻjaligi, ulgurji va taqsimot bazalari va boshqalar). Shuningdek, ixtisoslashgan oliy oʻquv yurtlari, mutaxassislar va rahbar xodimlar malakasini oshirish fakultetlari, ixtisoslashgan texnikum va ishlab chiqarish-texnika bilim yurtlari, tarmoq ilmiy tadqiqot instituti va laboratoriyalari, IIB, loyiha va institutlari hamda tashkilotlari, konstruktorlik byurolari, tajriba va davlat sinov stansiyalari tizimi ASMni shakllantiradigan tarmoqlar qatorida turadi.Oʻzbekiston ASMda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini birlamchi [un-yorma, yogʻ-moy(paxta moyidan tashqari), goʻsht, sut, meva-konserva, vinochilik sanoa-ti) va ikkilamchi (non, makaron, kondi-ter, paxta moyi, goʻsht, sut konservasi va mahsulotlari, oziq-ovqat konsentratlari) qayta ishlaydigan tarmoqlar va sohalardan iborat oziq-ovqat sanoati, texnika ekinlarini birlamchi (paxta, lub ekinlari, tamaki) va ikkilamchi (ip gazlama, toʻqimachilik sanoati, lub to-lalari, tamaki-maxorka mahsulotlari) qayta ishlaydigan tarmoq va sohalarni oʻz ichiga olgan yengil sanoat muhim ahamiyatga ega. ASM hududiy xususiyatlar va ish-lab chiqarayotgan eng muhim pirovard mahsulotiga qarab tizimlarga boʻlinadi. Hududiy xususiyatiga koʻra mamlakat va viloyat, tuman ASM mavjud. Ishlab chiqarayotgan pirovard mahsulot boʻyicha don, paxta, meva-sabzavot, chorvachilik va boshqa majmuaga boʻlinadi.Oʻzbekiston tarixan rivojlangan paxtachilik, suv xoʻjaligi, mashina-sozlik zavodlari, oʻgʻit va pestitsidlar ishlab chiqaradigan zavodlar, paxta to-zalash korxonalari, yogʻ-ekstraksiya zavodlari, toʻqimachilik sanoati, ixtisos-lashgan ilmiy muassasalarga ega. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotida ASM hissasiga yalpi mahsulotning 50% dan ortiqrogʻi, asosiy ishlab chiqarish fondlarining 40% dan ortigʻi, xalq xoʻjaligida band aholining 45% ga yaqini toʻgʻri keladi. Oʻz navbatida Respublika ASMda paxtachilik agrosanoat majmui (PASM) eng yuqori salmoqqa ega. Respublikada chorvachilik-sanoat majmui PASMdan keyingi oʻrinda tu-radi. 2.Marketing funktsiyasi ishlab chiqarish – sotishni tashkil etish faoliyati bilan boshqaruv kontseptsiyasi sifatida boshqaruvning barcha turlariga xos umumiy funktsiyalarga ega. Aynan rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, hisobga olish va nazorat marketing strategiyasi va dasturini ishlab chiqishni, marketing xizmatining strukturasini shakllantirishni, ular faoliyatini boshqa bo’limlar bilan muvofiqlashtirishni, marketing faoliyatini nazorat qilishni va uning faoliyatiga baho berishni ko’zda tutadi. Ayni vaqtda, barcha boshqaruv jarayonlariga xos bo’lgan bu asosiy funktsiyalar marketing faoliyati uchun maxsus bo’lgan funktsiyalar bilan konkretlashtirilgan va to’ldirilgan bo’lishi mumkin. Unga analitik, tovar ishlab chiqarish va sotishni tashkil etish va aynan: ·qishloq xo’jaligi mahsulotlari bozori, bozor muhiti vaiste’molchilar talablarini kompleks tarzda tadqiq qilish; ·bozorni segmentlash; ·qishloq xo’jaligi fermeri va shirkat xo’jaligining ishlab chiqarish – sotishni tashkil etish imkoniyatlari tahlili; ·maqsadli bozor tanlovi; ·tovar siyosati; ·narx siyosati; ·sotish (tarqatish) siyosati; ·kommunikatsion siyosat (qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan talabni shakllantirish va sotishni rag’batlantirish)lar kiradi. Bozor, bozor muhiti iste’molchilar talablarini kompleks tarzda tadqiq qilish yoki analitik funktsiya – ko’p vaqt, moliyaviy va infarmatsion resurslarni hamda marketing bo’yicha mutaxasislarni yuqori tayorgarligini talab etadigan muhim ishdir. Bu tadqiqot quyidagi muhim yo’nalishlarni qamrab oladi: ·marketing muhitini o’rganish: tadbirkorlik faoliyati geografik va demografik shartlarini, iqtisodiy va ilmiy – texnikaviy, siyosiy – huquqiy, ijtimoiy – madaniy xususiyatlarini, shu bilan birga, raqobatchi, vositachi, yetkazib beruvchi qishloq xo’jaligi fermeri va shirkat faoliyatining maxsus xususiyatlari va ularning munosabatlari xarakterini bilish; ·qishloq xo’jaligi mahsulotlari bozorining jami xususiyatlari tahlili: talab, taklif, sig’im, talab elastikligi, narx elastligi, raqobat darajasi; ·muayyan qishloq xo’jaligi mahsulotlarining iste’mol hususiyatlari va bozordagi harakati, shu bilan birga istemolchilar xohishi va ularning tovar haqidagi tasavvurlari tahlili; ·bozorning qishloq xo’jaligi fermeri va shirkat xo’jaligi tarkibi tahlili: sotib oluvchi qishloq xo’jaligi fermeri va shirkatlar, raqobatchi qishloq xo’jaligi fermeri va shirkatlar, betaraf qishloq xo’jaligi fermeri va shirkatlarni ko’rib chiqish; ·savdo shakllari va uslublari tahlili; iste’molchilarni (individual va kollektiv) va ularning sotib olishdagi hatti – harakatlarini o’rganish. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari bozori segmentatsiyasi marketing ishining tarkibiy qismi bo’lib, bozorni segmentlarga, yani bir xil talab xarkteriga ega bo’lgan iste’molchilar guruhi va qishloq xo’jaligi fermeri va shirkat xo’jaliklarining marketing tasiriga bo’lgan bir turdagi ta’siridir. Bozor segmentatsiyasi qishloq xo’jaligi mahsulotlarining individuallashtirish siyosati bilan bog’langan. Marketing yondashishi barcha iste’molchilarga hisoblangan standart, universal tovar tayorlash zaruratidan voz kechadi va biznesning optimalligini va raqobat afzalligi taklifini individuallashtirish va rang – barang qilishda ko’radi. Maqsadli bozorni tanlash – marketing tadqiqotlarining muhim urinishidir, chunki karxona faqat bozor ehtiyojini va o’z imkoniyatlarini aniqlabgina bozor talablarini o’z potentsiali va istiqbol rivojlanishi bilan moslashtira oladi va jamlangan marketing ishi uchun muayyan bir segmentni samarali ravishda tanlay oladi. Maqsadli bozorni tanlash bir tamondan, bozor segmentlari talablari baholanishi asosida, ikkinchi tamondan, qishloq xo’jaligi o’z imkoniyatlari asosida, ular o’rtasidagi muvozanat va balansni o’rnatish maqsadida quriladi. Maqsadli bozor shunday bozor segmentini, unda nafaqat raqobat afzalliklari, balki bir necha raqobat kamchiliklari ham shu qishloq xo’jaligi fermeri, shirkat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari uchun raqobatda yaxshi pozitsiyalarni yaratishi va ular uchun eng samarali bozor talabini vujudga keltirishi mumkin. 3. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling