O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti
Download 5.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019
Ijtimoiy vaqtda muayyan odamlar, ijtimoiy jamoalar, ayrim hamjamiyatlar,
millatlar, davlatlar va pirovard natijada butun insoniyat borlig‘ining vaqt ko‘rsatkichlarini farqlab, ijtimoiy vaqt strukturasining murakkabligi to‘g‘risida ham so‘z yuritish mumkin. Ulardan har birining yashash vaqti va surati har xil bo‘lib, o‘z xususiyatiga ega. Aslini olganda, turli mamlakatlar va xalqlar jamuljam holda butun insoniyatni ifoda etsa-da, amalda turli tarixiy davrlarda: kimdir o‘tmishda, kimdir 1 қ аранг: Блонский П.П. Память и мышление. – М., 1994; Восприятие пространства и времени. – Л., 1999; Проблема восприятия пространства и времени. – СП(б), 1998; Фресс П. Приспособление человека к времени // Вопросы психологии. 1996. №1. 2 қ аранг: Бахмутский В.Я. Категория времени во французской классической трагедии 17 века. – М., 1990; Бахтин М.М. Время и пространство в романе // Вопросы литературы. 1994. №3; Виплер Б.Р. Проблема времени в изобразительном искусстве. – М., 1999,Ленартович Ст. Организация времени и пространства в произведении киноискусства. – М., 1999; Лисса З. Проблема времени в музыкальном произведении. – М., 1995; Тураева З.Я. Категория времени. Время грамматическое и время художественное. – М., 1999. 186 hozirgi davrda, kimdir esa kelajakda yashaydi. Bunga, xususan, amerikalik taniqli futurolog E.Toffler etiborni qaratadi. Uning fikricha, «Er aholisining 70% o‘tmishda (turli o‘tmishda), 25% - hozirgi davrda, 3% - kelajakda yashaydi, qolganlar esa marginallar bo‘lib, ular har qanday vaqtdan tashqaridadir» 1 . Davr ruhi tushunchasi ijtimoiy vaqt umumiy kategoriyasi bilan bevosita va tabiiy bog‘lanishi lozim. U ichdan, yani o‘z mazmuni tomonidan va sirtdan – davr ruhi zamondoshlar hayotida, ularning turmush tarzi va fikrlash uslubini shakllantirishda bajaruvchi funksiyalar nuqtai nazaridan o‘rganilishi darkor. Har bir davrning o‘z ruhi bor, chunki davr – bu ayni holda inson avlodi vaqtidir. Bu erda zamondoshlar ijtimoiy-tarixiy avlodining manaviy dunyosi haqida gapirish o‘rinli bo‘ladi. Avlodning manaviy dunyosi ko‘p sonli, bazan o‘z xususiyatiga ko‘ra bir-biriga zid bo‘lgan omillar majmui tasirida shakllanadi. Ammo bu omillar orasida moddiy hayot ziddiyatlari birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Ushbu ziddiyatlar ijtimoiy vazifalarni ilgari surish, jamiyatda ijtimoiy manfaatlarning rivojlanishi, bazan ularning qutblashuvini belgilovchi obektiv asos sifatida amal qiladi. Moddiy hayot ziddiyatlari murakkab voqealar va jarayonlarda, xronologik zamondoshlar ularda o‘ynaydigan o‘ta rang-barang va hatto qarama- qarshi rollarda o‘zini namoyon etadi. Odamlar mazkur avlodining faoliyati qancha mazmunli va izchil bo‘lsa, unda keng xalq ommasi ishtirok etsa, davr ruhi shuncha kuchli bo‘ladi, u tarixda shuncha chuqur iz qoldiradi, shuncha ko‘p qahramonlarni yaratadi, kelajak avlodlarga shuncha go‘zal va jozibali bo‘lib tuyuladi. Zamondoshlar faoliyatining mazmuni, mohiyati va maqsadlari, ular o‘z maqsadlariga erishish uchun tanlovchi va foydalanuvchi shakllar, usullar va vositalar, yuz berayotgan ijtimoiy voqealar jarayoni va natijasiga ko‘maklashuvchi va ularga bevosita yoki bilvosita tasir ko‘rsatuvchi tarixiy sharoitlar majmui odamlar avlodi yashayotgan davrga alohida, betakror ruh va tus baxsh etadi. Bu faoliyat, bu voqealarni ularning ishtirokchilari o‘z boshlaridan kechiradilar; ularni kelajak avlodlar anglab etadilar, baholaydilar va qayta baholaydilar. Bazan yuz bergan voqeaning asl mazmuni va mohiyati oradan ancha vaqt o‘tganidan so‘ng ayon bo‘ladi. Davr ruhi – avlodning amaliy aqli turli tarixiy zamonlarda ijtimoiy Download 5.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling