183
vaqtning bir o‘lchovliligi (u o‘tmishdan kelajakka qarab oqishi)ni
moddiy jismlar
borlig‘ining ehtimol tutilgan hollaridan biri sifatida talqin qiladi va bizning
Metagalaktikamiz bilan bir qatorda o‘zga dunyolar
ham mavjudligini faraz qilib,
makon va vaqtning ko‘p o‘lchovliligi g‘oyasini ilgari suradi.
Boshqa olamlarda
makon va vaqt butunlay o‘zgacha tuzilish, ko‘lamlilik va shakllarga ega bo‘lishi
mumkinligi taxmin qilinadi.
Makon va vaqt ko‘rsatkichlari nafaqat mikro-, makro- va megadunyo
darajasida, balki jonli tabiat, ijtimoiy borliq darajasida ham o‘ziga xos
xususiyatlarga egadir.
Erda hayot paydo bo‘lishi bilan go‘yo jonsiz tabiat makon va vaqti doirasida
joylashgan alohida, biologik makon va vaqt o‘lchovi yuzaga keladi. SHu munosabat
bilan jonli va jonsiz tabiatdagi simmetriklik muammosi hayotni o‘rganish
bilan
shug‘ullanuvchi olimlar etiborini o‘ziga tortdi. Jonli organizmlar simmetriyasi va
asimmetriyasi hodisalarini L.Paster, I.Kant, V.I.Vernadskiy va boshqalar o‘rgandi.
Ular jonsiz tabiatga xos bo‘lmagan asimmetriya
molekulyar darajada atomlar
guruhlarida «so‘l» va «chap» qanotlar ko‘rinishida namoyon bo‘lishi, organizmlar
darajasida esa ularning tuzilishi va dinamikasida aks etishini aniqladilar.
Makon va vaqtning metrik xossalari.
Metrik xossalarga makon va vaqtning
ko‘lamlilik hamda davomlilik kabi miqdor ko‘rsatkichlari kiradi. Ko‘lamlilik joy va
o‘rinning mavjudligini nazarda tutadi. Joy – makon chegarasi va u qamrab oluvchi
muayyan hajmning birligi. O‘rin – bir joyning boshqa joylarga nisbatan
koordinatsiyasi. Joy va o‘rin makon tuzilishini belgilaydi. SHunday qilib, biz makon
tuzilishi haqida so‘z yuritganda uning joy va o‘rnini tavsiflashimiz shart.
Davomlilik
va lahza vaqtning asosiy metrik ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Lahza – davomlilikning
boshqa parchalab bo‘lmaydigan atomi, davomlilik kvanti. Davomlilikning o‘zi
bunda muayyan chegaraga solingan lahzalar majmui sifatida tushuniladi. Muayyan
obekt mavjudligining dastlabki va pirovard lahzalari ana
shunday chegara sifatida
amal qiladi. Davomlilik – obekt mavjudligining davomiyligi va saqlanishidir.
Davomlilik voqea-hodisalarning ayni bir vaqtda yuz berishi – sinxroniya yoki
ketma-ketlik – diaxroniya munosabatlari bilan tavsiflanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: