O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Bilishda haqiqat va amaliyot uyg‘unligi


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Bilishda haqiqat va amaliyot uyg‘unligi
.
Insonning borliqni 
bilishidan asosiy maqsadlaridan biri - bu haqiqatni bilishdir. Bu asosan inson 
bilimlari bilan obektiv borliqdagi narsa va hodisalar o‘rtasidagi munosabat 
masalasini o‘z ichiga oladi. 
Haqiqat - bu borliqdagi narsa va hodisalarning o‘zi emas, balki ular haqidagi 
inson bilimlarining o‘sha narsa va hodisalarga mos kelishidir.


213 
Haqiqat, bu – bizning dunyo to‘g‘risidagi bilimlarimiz va tasavvurlarimizning 
dunyoning o‘ziga, obektiv reallikka muvofiq kelishidir. Haqiqatni nohaqiqatdan, 
yanglishuvdan, yolg‘ondan farqlashtirish, ajratish uchun bizning bilimimiz obektiv 
voqelikka, uning yashash va rivojlanish qonunlariga qanchalik mos kelishini aniqlab 
olmoq kerak. 
Haqiqat konkret yoki mavhum, mushohadaviy va fikriy xulosalar, tushuncha 
va tasavvurlarning obektga mosligidir. 
Hozirgi zamon falsafiy va ilmiy adabiyotida obektiv haqiqat tushunchasi tez-
tez uchrab turadi. Obektiv haqiqat – bu bilimlarimizning shunday mazmuniki, u bir 
kishiga ham, butun insoniyatga ham bog‘liq emas. Haqiqatning obektivligini u
mavjud olamning inikosi bo‘lishi belgilaydi.
Haqiqatning obektivligi vaqt va zamondagi o‘tish manosida ketma-ketlik, 
izchillik va vorislikning asosi hisoblanadi. 
Haqiqat bu jarayondir. Obektiv haqiqatning jarayon bo‘lish xususiyati ikki xil 
tarzda namoyon bo‘ladi: birinchidan, bu obektni to‘liqroq inikos ettirishga tomon 
qaratilgan o‘zgarishlar jarayonidir, ikkinchidan esa, konsepsiyalar, talimotlar 
strukturasida xatolik va yanglishishlarga barham berish jarayoni hamdir.
Bu jihatdan qaraganda xaqiqat o‘zi ifodalangan bilimlarning mazmuniga 
ko‘ra subektga bog‘liq bo‘lmasada (bu manoda u obektiv haqiqat deb ataladi), lekin 
u o‘z ifodalanish shakli jihatdan subektga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘p hollarda haqiqat 
mazmuniga ko‘ra obektiv, shakliga ko‘ra nisbiydir. 
Bilish nazariyasida nisbiy va absolyut haqiqat shakllari muhim o‘rin tutadi. 
Absolyut va nisbiy haqiqatlar masalasi insoniyat rivojining malum bosqichida 
kishilarning bilish jihatidan murakkab tashkil topgan obektlar bilan aloqador 
bo‘lgan, har qanday nazariyalar ushbu obektlarni tugal anglash davosini qilishga 
qodir bo‘lmagan davrlardagi dunyoqarash muammosi sifatida yuzaga chiqqan. 
Absolyut (mutlaq) haqiqat deganda o‘z obektiga aynan mos bo‘lgan va 
bilishning keyingi taraqqiyoti davomida inkor etilmaydigan bilim, xulosa va 
hukmlar tushuniladi.
Absolyut haqiqat -o‘rganilayotgan obektlarning umumiy va alohida 
tomonlarini aniq-ravshan hamda voqelikning muayyan jihat va xususiyatlarini tugal 
bilishi, nisbiy haqiqatning keyingi bilish jarayonida ham saqlanib qoladigan 
mazmunini tashkil etishi, olam, undagi eng murakkab sistemalar to‘g‘risida hech 
qachon inkor qilinmaydigan to‘liq bilimdir. Masalan, 1913 yilda XX asrning eng 
yirik fizigi Nils Bor o‘zining mashhur to‘ldiruvchanlik prinsipini tariflab berdi. Bu 
prinsipga ko‘ra, haqiqatligi muayyan hodisalar guruhi uchun aniqlangan va 
tasdiqlangan bilim va nazariyalar yanada kengroq predmet sohasini qamrab olgan 
yangi, yanada chuqurroq bilim va nazariyalar paydo bo‘lishi bilan mutlaqo noto‘g‘ri 
deb uloqtirib tashlanmaydi, balki nisbiy haqiqat sifatida bu yangi nazariyalarning 
chegaraviy shakli yoki xususiy holati sifatida saqlanib qoladi. Klassik mexanika 
bilan nisbiylik nazariyasi, moddalar ximik tuzilishining klassik va hozirgi zamon 
nazariyasi va ko‘p boshqa nazariyalar o‘zaro ana shunday munosabatda bo‘ladi.


214 
Nisbiy haqiqat - borliqdagi predmet va hodisalar to‘g‘risidagi taxminan 
to‘g‘ri, lekin to‘liq bo‘lmagan, bilish jarayonimizda tuzatilib, to‘ldirilib borishi 
lozim bo‘lgan bilimlarimizdir. 
Har qanday mutlaq haqiqat nisbiy haqiqatlarning Cheksiz jamlanib 
borishidan vujudga keladi, har bir nisbiy haqiqatda esa mutlaq haqiqatning zarrasi, 
donasi mavjud bo‘ladi. Ilm - fan taraqqiyotida har bir yangi bosqich nisbiy 
haqiqatlar sifatida mutlaq haqiqatning mazmuniga yangi - yangi zarralar qo‘shib 
boradi. Borliq bepoyon va Cheksiz bo‘lgani kabi, insonning uni bilishi ham 
Cheksiz davom etadi.
Haqiqat mavxum emas, balki aniq (konkret) bilimlardir. Har bir bilimning 
haqiqatligi malum joyga, vaqt va vaziyatga, kishi bilishining imkoniyatiga va 
darajasiga bog‘liq. Hamma zamonlar, makonlar, hamma davr va har qanday 
sharoitda ham to‘g‘ri bo‘ladigan, o‘zgarmaydigan haqiqatlar yo‘q va bo‘lishi ham 
mumkin emas.
Haqiqatni xatodan farq qiladigan mezon bormi? Bu savolga turli falsafiy 
oqimlar turlicha javob berib kelganlar. 
Masalan, XX asrda neopozitivizm oqimi vakillaridan bazilari, haqiqatning 
mezoni, deb kogerensiya prinsipini (yani bilimning o‘z-o‘ziga mos kelishi) oladilar. 
Neopozitivizmning boshqa bir guruhi vakillari esa bilimlarning haqiqatlik mezoni 
sifatida verifikatsiya prinsipini yani, bilimlarni hissiy tajriba, kuzatish, eksperiment 
yo‘llari bilan tekshirishni oladilar. Biroq bizga malumki, fanlarda paydo bo‘lgan 
bazi g‘oyalar va qarashlarning haqiqatligini bunday hissiy tajribalar asosida 
tekshirib bo‘lmaydi. 
Empiriokratitsizm (maxizm) tarafdorlari, xususan Bagdanov haqiqat mezoni 
sifatida bilimlarni, ko‘pchilik tomondan olinganligini tushunadilar, ular ko‘pchilik 
ham barovar adashishi va xato qilishi mumkinligini esdan chiqarib qo‘yadilar. 
Pragmatizm oqimi vakillari esa, har qanday bilimning haqiqatlik mezoni 
uning insonga keltiradigan foydasi bo‘lishi kerak, deyishadi. Haqiqatda esa, foydali 
bo‘lish, foyda keltirish hali inson bilimlarining haqiqatligi mezoni bo‘lmaydi. 
Ekzistensializm falsafasi vakillarining bazilari bo‘lsa, inson bilimlarining 
haqiqatligi mezoni har bir kishining o‘z ehtiyoji, maqsad va manfaatlariga 
bog‘likdir, deyishadi. Lekin, hech qachon turli kishilarning ehtiyoji, intilishlari bir-
biriga to‘la mos kelmasligini ular nazarda chetda qoldirishadi. 
Bilimlarning haqiqatligi mezoni amaliy faoliyatdir. Amaliyot insonning 
dunyoga o‘ziga xos munosabati usuli bo‘lib, u tashqi olamdagi obektiv mavjud 
narsa va hodisalarga faol tasir etish, ularni o‘zlashtirish, o‘zgartirish va qayta qurish 
yo‘li bilan insonning uni o‘rab turgan tabiiy va ijtimoiy muhitga kirib borish 
jarayonidir. Amaliyot bilish jarayonida hosil bo‘lgan har bir bilimning haqiqatligini 
tasdiqlash bilan birga, bu bilimning cheklanganligini, xatoligini ham aniqlab beradi. 
Lekin amaliyotni ham haqiqat mezoni sifatida mutlaqlashtirish mumkin emas. 
CHunki inson bilimlarining haqiqatligi yoki xatoligi amaliyotda tasdiqlanishi to‘liq 
bo‘lmaydi, amaliyotda sinab ko‘rish imkoniyati bo‘lmagan bilimlar ham mavjud. 
Uning ustiga amaliyotning o‘zi ham o‘zgarib rivojlanib boradi. 


215 
SHunga qaramasdan, amaliyot haqiqat mezoni sifatida insonning to‘g‘ri 
bilimlarini xato bilimlaridan farq qilishda katta ahamiyatga ega. Bu mezon, 
birinchidan, inson bilimlari borliqning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri inikosi ekanligini 
tasdiqlasa, ikkinchidan, u borliqni noto‘g‘ri aks ettiruvchi qarashlarning xatoligini 
ham ochib beradi. 
Falsafa amaliyotga kategoriyalar, yani amaliyotning barcha shakllariga xos 
bo‘lgan umumiy jihatlari nuqtai nazaridan yondoshadi. 
Inson amaliyot orqali obektiv mavjud bo‘lgan narsa va hodisalarga faol tasir 
etib, ularni o‘zlashtirish, o‘zgartirish yo‘li bilan o‘zini o‘rab turgan tabiiy – ijtimoiy
muhitga kirib boradi. Inson amaliy faoliyati borliqni o‘zgartirishga qaratilgan 
jarayon bo‘lib, u obektiv va subektiv tomonlar yig‘indisidan iborat. Albatta, amaliy 
faoliyatning subektivligi insonning qobiliyati, maqsadga muvofiq hatti harakati, 
obektiv tomoni essa boshlang‘ich material, faoliyat vositalari va olingan mahsulotni 
anglatadi. 
Umuman olganda amaliyot insonning dunyoga, o‘ziga xos munosabat 
usulidir. 

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling