O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Metodika – bilish ob’ektini o‘rganishga yondoshuvda, nazariy va metodologik 
manbalarni qo‘llashdagi amaliy taktik jarayon. Metodikani aksariyat holatlarda 
amaliy faoliyatda ishlatiladigan qaror, metod va metodologiyaning tashkil etish 
usuli, texnik tashkil etish ko‘nikmasi sifatida olib qaraladi. Zamonaviy ilm-fanda 
har bir ilmiy sohaga tegishli metodlar va metodologik tizimlarning xilma-xilligi 
kundan-kunga rivojlanib, rang-barang tus olgani sababli, biror-bir ilmiy muammoni 
o‘rganishda qanday metodlar jamlanmasi qo‘llanilishi kerak, degan savolga 
metodika texnikasi yordam beradi. Metodika hozirgi kunda pedagogik sohada dars 
o‘tish texnikasi, tashkil qilish usuli sifatida tushuniladigan tushuncha bo‘lsa ham, 
mantiqiy jihatdan o‘rganilayotgan mavzuni yoki muammoni o‘rganishning to‘g‘ri 
yo‘lini tashkil qilish sifatidagi falsafiy mazmunga bog‘langan. Muammoni 
o‘rganishga metodik jihatdan to‘g‘ri yondoshuv to‘g‘ri bilim hosil bo‘lishiga 
yordam beradi. Metodika metod va metodologiya kabi o‘z mohiyatida nazariyaga 
juda ko‘p bog‘lanmagan, o‘zida ko‘proq tadqiqotni tashkil etishning texnik tomoni 
bo‘lib ko‘rinsa ham, aslida metodika o‘rganish jarayonida nazariya va metodni 
qo‘llashda ko‘proq bilim va tajribani talab qiladi. Misol uchun ma’lum bir kasallikni 
davolashning juda ko‘p usullari bo‘lsa, shifokordan shu kasallikni tez, samarali va 
kam harajat usulda davolash metodikasida katta tajriba, bilim va qo‘llaniladigan 
usulga ishonch talab etiladi. Metodika shu bilan birga ma’lum darajada nazariy
metodologik bilimni amaliyot bilan bog‘laydi. Chunki yangi nazariya, konsepsiya, 
metod va metodologik tizim amaliy jihatdan metodikada qo‘llaniladi.
Metodlarning tasnifi. Metodlar bilish vositasi ekan, u barcha fan sohalarida 
predmetni bilishda asosiy qurol hisoblanadi. SHuningdek bilishning qonuniyati
darajasi, tamoyillari, sohalariga qarab metodlar umumiy, xususiy hamda fanlararo 
tadqiqotlar metodlariga bo‘linadi. Umumiy xarakterga ega bo‘lgan metodlar: 
taqqoslash, analiz va sintez, umumlashtirish, abstraktlikdan konkretlikka qarab 
borish, induksiya va deduksiya hamda har bir fanga xos, lekin turlicha tarzda 
qo‘llanadigan metodlardir. Hozirgi zamon fani taraqqiyotining muhim xususiyati 
shundan iboratki, u ko‘pincha voqe’likning biror tomonini shunchaki aks ettirib 
qolmasdan, balki muayyan maqsadga muvofiq ravishda bu voqe’likni gavdalantiradi 
ham. Bu hol bilish metodlarini, ayniqsa formal metodlarni ishlab chiqish va tatbiq 
etishni taqazo etadi. SHuning uchun formal metodlarning logik tuzilishini maxsus 
o‘rganishga ham katta e’tibor berilmoqda. 

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling