O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Falsafada metod va metodologiya, metodika tushunchalari


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Falsafada metod va metodologiya, metodika tushunchalari. Metod 
(yunoncha - usul) keng manoda yo‘l ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi 
manolarni anglatadi. Metodologiya esa metod to‘g‘risidagi talimot bo‘lib, u 
nazariy bilimlar va amaliy faoliyat tamoyillarini, usullarini o‘rgatadi. U malum 
tizim to‘g‘risidagi talimotdir. 
Har bir fan turli sohalar dunyoning u yoki bu tomonini o‘rganar ekan, uning 
o‘ziga xos tekshirish obekti mavjud. Mana shunga muvofiq har bir soha o‘zining 
obektini o‘rganish uchun turli metodlar ishlab chiqadi va uning yordamida o‘sha 
o‘rganishni yaxshilaydi va takomillashtiradi. Jumladan, tilshunoslikni o‘rganish 
metodi bilan, biiologiya metodi yoki matematikatini o‘rganish metodi bir- biridan 
farqlanadi.
Metod u yoki bu shaklda malum qoida, tartib, usul, harakat va bilim 
mezonlarining yig‘indisi hamdir. U tamoyillar va talablar tizimi bo‘lib, subektni 
aniq vazifani bajarishga, faoliyatning shu sohada malum natijalarga erishish sari 
yo‘naltiradi. U haqiqatni izlashda vaqt, kuchni tejaydi, maqsadga eng yaqin va oson 
yo‘l bilan etishishga yordam beradi 
Har qanday metod malum nazariya asosida yaratiladi va tadqiqotning zaruriy 
sharti sifatida namoyon bo‘ladi. Nazariya reallikni aks ettirar ekan, undan kelib 
chiquvchi tamoyillar, qoidalar va x.k. orqali metodga aylana boradi va natijada yana 
nazariyaga qaytadi, subekt bilish jarayonida undan foydalanadi. Ilmiy bilishda 
nafaqat ilmiy natija, uning predmetining mohiyatini anglash balki unga eltuvchi 
yo‘l, yani metod ham haqiqiy bo‘lmog‘i darkor. Predmet va metodni ayri holda 
tushunish mumkin emas. Metod har qanday tadqiqot boshlanishida to‘la holda 
namoyon bo‘lmasada, malum darajada predmetning sifat o‘zgarishi bilan har safar 
yangidan shakllanadi. Predmetning xususiyatlari o‘zgarishi bilan metod ham 
o‘zgarib boradi. Demak, metodning haqiqiyligi tadqiqot (obekt) predmetining 
mazmuni bilan bog‘liq.


216 
Metod metodikada konkretlashadi. Metodika daliliy materiallarni yig‘ish va 
saralash vositasi, aniq faoliyat turidir.
Ilmiy tadqiqot jarayoni tarixan ishlab chiqilgan metodlar asosida amalga 
oshiriladi. Hech kim hech qachon haqiqatni yo‘qdan bor qila olgan emas. Albatta, 
olim izlanishlar, xatolar qurshovida harakat qiladi. Bazi hollarda bir narsani izlash 
jarayonida boshqa narsa yaratiladi. 
Fanda, ko‘p hollarda tanlangan metod tadqiqotning taqdirini hal qiladi. Aynan 
bir daliliy materialni turli metodlar asosida o‘rganish ziddiyatli xulosalarga olib 
kelishi mumkin. Ilmiy bilishdagi metodni to‘g‘ri xarakterlar ekan, Bekon uni 
yo‘lovchining yo‘lini yorituvchi chiroq bilan qiyoslaydi. Ilmiy bilish jarayonida turli 
metodlardan foydalaniladi. Umumiy darajasiga ko‘ra, ular keng va tor ko‘lamda 
qo‘llaniladi. Har qanday fan o‘z predmetini o‘rganishda u yoki bu obektning 
mohiyatidan kelib chiquvchi turli xususiy metodlardan foydalanadi. M: ijtimoiy 
jarayonlarni o‘rganish metodi olamning ijtimoiy shakli, uning qonuniyatlari, 
moxiyatining xususiyatlari bilan belgilanadi. (O‘qituvchi misol tariqasida 
tushuntirishi kerak.) 
Metod o‘z-o‘zidan tadqiqotning muvaffaqqiyatli bo‘lishini taminlay olmaydi, 
chunki nafaqat yaxshi metod, balki uni qo‘llash mahorati ham muhimdir. Ilmiy 
bilish jarayonida turli metodlardan foydalaniladi. Umumiy darajasiga ko‘ra, ular 
keng yoki tor ko‘lamda qo‘llaniladi. Har qanday fan o‘z predmetini o‘rganishda y 
yoki bu obektning mohiyatidan kelib chiquvchi turli xususiy metodlardan 
foydalanadi. Masalan, ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish metodi olamning ijtimoiy 
shakli, uning qonuniyatlari, mohiyatining xususiyatlari bilan belgilanadi. 
Metodlar umumiylik darajasi va amal qilish doirasiga ko‘ra bir necha guruhga 
bo‘linadi. Ular: falsafa, fan: umumilmiy, xususiy ilmiy, fanlararo 
tadqiqot, ijtimoiy -gumanitar fanlar metodlaridir.
Turli konkret vazifalarni hal qilishning zaruriy shartlaridan biri universal 
xususiyatiga ega bo‘lgan umumiy falsafiy metodlarga murojaat qilishdir. Bu 
metodlar haqiqatni anglashda umumiy yo‘lni ko‘rsatadi. Mazkur metodlarga 
falsafaning qonun va kategoriyalari, kuzatish va tajriba, taqqoslash, analiz, sintez, 
induksiya va deduksiya va xokazo taalluqli.
Agar maxsus metodlar obektning qonuniyatlarini o‘rganishning xususiy 
usullari sifatida namoyon bo‘lsa, falsafiy metodlar shu obektlarda namoyon 
bo‘ladigan, alohida xususiyatlardagi harakat, taraqqiyotning eng umumiy 
qonuniyatlarini o‘rganadi.
Eng qadimgi va keng tarqalgan falsafiy metodlardan biri dialektika bo‘lsa, 
ikkinchisi metafizikadir. Bulardan tashqari sofistika, eklektika, analitik, intiutiv, 
fenomenologik, sinergetik, germenevtik kabi metodlar ham mavjud. (O‘qituvchi 
yuqoridagi metodlar to‘g‘risida tushuncha berishi kerak.)
Fan metodlari – malum fan tarmog‘iga kiruvchi yoki fanlar tutashgan joyda 
vujudga kelgan muayyan fan sohasida qo‘llaniladigan usullar tizimidir. Har bir 
fundamental fan, mohiyat-etibori bilan, o‘z predmetiga va o‘ziga xos tadqiqot 
usullariga ega bo‘lgan sohalar majmuidir.


217 
Umumilmiy tadqiqot metodlari - falsafa bilan maxsus fanlarning fundamental 
nazariy-metodologik qoidalari o‘rtasida o‘ziga xos «oraliq metodologiya» bo‘lib 
xizmat qiladi.
Xususiy ilmiy metodlar – materiya harakatining asosiy shakliga mos bo‘lgan 
muayyan fanda qo‘llaniladigan bilish usullari, tamoyillari, tadqiqot usullari va 
tartib-tamoillari majmuidir. Mexanika, fizika, kimyo, biologiya va ijtimoiy-
gumanitar fanlarning metodlari shular jumlasidandir.
Fanlararo tadqiqot metodlari – asosan fan sohalari tutashgan joyda amal 
qiladigan (metodologiyaning turli darajasi elementlarini birlashtirish natijasida 
yuzaga kelgan) bir qancha sintetik va integrativ usullar majmui. Mazkur metodlar 
kompleks ilmiy dasturlarni amalga oshirishda keng qo‘llaniladi.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar metodlariga – etnometodologik, ideografik, dialog, 
tushunish va oqilona tushuntirish, hujjatlarni tahlil qilish, so‘rovlar o‘tkazish, 
proektiv, testlash, biografik va avtobiografik, sotsiometriya, o‘yin metodlari kiradi. 
(Bu metodlar mazkur fanlarning predmeti bilan bog‘liq maxsus vositalar, metod va 
amallardan foydalaniladi.) 
Hozirgi zamon metodologiyasi. Metodologiyaning hozirgi rivojlanish 
bosqichining o‘ziga xos xususiyati ilmiy muomalaga mutlaqo yangi tushunchalarni 
kiritish bilan bog‘liq ekanligini ko‘rish mumkin. Mazkur tushunchalarning 
aksariyati muayyan (xususiy) fanlar sohasi bilan bog‘liqdir. Bunday tushunchalar 
qatoriga hozirda ancha mashhur bo‘lgan bifurkatsiya, fluktuatsiya, dissipatsiya, 
attraktor, kumatoid (yunoncha–to‘lqin), «case studies», «abduksiya», evrestika kabi 
innovatsion tushunchalarni kiritish mumkin.
Kumatoid - suzayotgan obektni anglatadi va obektlarning tizimli xususiyatini 
aks ettiradi. U vujudga kelishi, hosil bo‘lishi, shuningdek yo‘qolishi, parchalanishi 
mumkin.
«Case studies» atamasi pretsedentning, yani kuzatish ostida bo‘lgan va 
tushuntirishning mavjud qonunlari doirasiga sig‘maydigan individuallashtirilgan 
obektning mavjudligini aks ettiradi. 
Abduksiya fikr yuritish orqali empirik faktlardan ularni tushuntiruvchi 
gipotezaga yuksalishni nazarda tutadi.
Shunday qilib, Metodologiya alohida metodlarning oddiy yig‘indisi, ularning 
«mexanik birligi» ham emas. Metodologiya – turli darajadagi usul va tamoyillarning 
faoliyat sohalari, yo‘nalishlari, evristik imkoniyatlar, mazmunlar, tuzilmalar va 
hokazolarning murakkab, yaxlit hamda muvofiqlashtirilgan tizimi.
Ilmiy bilishda turli darajalarda, faoliyat sohalarida va yo‘nalishlarda turli-
tuman metodlarning murakkab, dinamik va muvofiqlashtirilgan tizimi faoliyat 
ko‘rsatadi. Mazkur metodlar har doim tadqiqotning muayyan shartlari va 
predmetidan kelib chiqib amalga oshiriladi. 
Xulosa. Insonning bilish qobiliyati, bilish imkoniyatlari, umuman olganda, 
cheklanmagan. Uning bilish imkoniyatlari fanlarning va amaliyotning rivojlanishi 
bilan yanada ortib boradi. Insonning bilishi faqat konkret avlod hayoti uchungina 
cheklangan, xolos. Lekin bu bilish butun insoniyat hayoti uchun Cheksiz dir, inson 
Cheksiz dunyoni Cheksiz bila boradi. Dunyoda inson bilib olgan va hali bilib 


218 
ulgurmagan narsalar va hodisalarning tomonlari, xususiyatlari bor, xolos. Lekin bu 
— inson ularni bilishi mumkin emas, degan manoni bildirmaydi, balki malum davr, 
malum vaqtda inson — hozir bilmagan bu tomonlar va xususiyatlarni bilib olishi 
mumkin. 

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling