O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi. SHakllanish


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi. SHakllanish,
o‘zgarish va rivojlanish tushunchalari. 
Asrlar mobaynida insoniyat ongida o‘zgarish, rivojlanish, taraqqiyot yoki 
turg‘unlik kabi jarayonlar tushuncha sifatida shakllanib kelgandir. Dastlab bu 
g‘oya bir hodisaning vujudga kelishi va boshqasiga aylanishi, shakllanishi haqidagi 
tasavvur ko‘rinishida uyg‘ongan. Insonlar ongida tarixiy jarayonda hosil bo‘lgan 
madaniy taraqqiyot, sivilizatsion o‘zgarishlar, jamiyat rivojlanish xususiyatlari, 
urush va tinchlik omillarining insonlar turmush tarziga ta’siridan olingan tasavvur 
va tajribalar bu tushunchalar haqidagi bilimlarni boyitdi. Masalan, qadimgi yunonlar 
dunyoda hamma narsa takrorlanadi va aylanib-aylanib ma’lum muddat o‘tgach 
«o‘zining dastlabki doirasiga» qaytib keladi, deb hisoblashgan. Dunyo mangu va 
yaratilmagan, u muayyan siklda takrorlanuvchan xilqatdir. Geraklit: «Dunyo 
yagonadir va u na biror odam, na biror xudo tomonidan yaratilmagan, u bo‘lgan, 
bor, bo‘ladi va u mangu alangalanib va so‘nib turuvchi olovdan iboratdir»- deb 
xitob qilgan edi. Antik falsafaning aksariyat vakillari borliqning doimiy ravishda 
harakat, o‘zgarish va rivojlanishda bo‘lish g‘oyasini talqin qiluvchi ta’limotlar 
yaratdilar.
Sharq falsafasida ham zardushtiylikning abadiylik va cheksizlikni targ‘ib 
qiluvchi dualistik ta’limoti borliqning atributi bo‘lmish abadiy va to‘xtovsiz harakat 
g‘oyasini targ‘ib qiladi. Hindiston va Yaqin Sharq, Markaziy Osiyoning qadimgi 
an’analarini davom ettirgan Ilk o‘rta asr Sharq falsafasi Islom teologiyasiga 
borliqning makon, zamon va harakatda abadiyligi va cheksizligi g‘oyasini olib kirdi. 
Bu fikrlar rivojlanishini o‘tmishdan kelajakka qarab yo‘nalgan jarayon sifatida 
tushunishga turtki bergan muhim g‘oyalardir.
Rivojlanish jarayonining zamirida harakat va o‘zgarish yotadi. Harakat – bu 
ham bir o‘zgarishdir. Agar harakatni umuman o‘zgarish, ya’ni har qanday o‘zgarish 
ma’nosida tushunsak, rivojlanish alohida shakldagi o‘zgarishdir. Rivojlanish 
1
On the peculiarities of oral history // History Workshop Journal. Oxford, England. #12, Spring, 1981, 96-107. 


229 
jarayonida ob’ektni tashkil etuvchi barcha elementlar o‘zgarishga uchraydi. Lekin, 
bu elementlar bir-biriga asoslangan va bir-biriga aloqador holda, kompleks va 
yahlit holda o‘zgaradi.
Rivojlanayotgan sistema kompleks va yaxlit o‘zgarishi natijasida bir miqdoriy 
va sifatiy holatdan boshqa o‘zgargan miqdoriy va sifatiy holatga o‘tadi. SHu tariqa 
o‘zgarish sistemaning yaxlit o‘zgarib ketishiga (boshqa sistemaga aylanishiga) 
sababchi bo‘ladi, ya’ni rivojlanish – bu holatlarning aylanib turishidir. Agar biz bu 
jarayonni vaqtning o‘tishi nuqtai nazaridan izohlasak, quyidagi fikrga kelamiz: 
hozirgi zamon o‘tgan zamonning aylangan holati va kelgusi zamonning aylanadigan 
holati, kelajak esa hali aylanishga ulgurmagan hozirgi zamondir. Bundan, siklik 
aylangan holat rivojlanishning natijasidir, degan xulosa kelib chiqadi. Sistemaning 
aylanishi o‘zining yo‘nalishiga egadir. Sistema paydo bo‘lishda, yangilanishda
gullab-yashnashda, ravnaq topishda, qarish-chirishda va halokat holatida bo‘lishi 
mumkin. Bularning hammasi aylanish oqibatida sodir bo‘ladi. Aylanishlar sistema 
tashkiliy holatini murakkablashtirishi, yoki aksincha soddalashtirishi mumkin. 
Shunga qarab sistema ravnaq sari, yoki inqiroz sari yo‘naladi. Bu esa, rivojlanish – 
yo‘nalishga ega bo‘lgan o‘zgarishdir, degan xulosani beradi. 
Dunyoda absolyut izolyasiyalangan, alohida ajratilgan, absolyut yopiq 
sistemaning o‘zi bo‘lishi mumkin emasligidan rivojlanayotgan sistema, u bilan 
yonma-yon yashayotgan boshqa qo‘shni sistemalar bilan o‘zaro aloqadorlikka 
kirishadi, buning oqibatida u ichki va tashqi o‘zgarishlarga uchraydi. Bu 
o‘zgarishlar mazkur sistemaning erkinlik darajasining (ichki va tashqi aloqalarning) 
kuchayishiga (progressiv rivojlanishda) yoki susayishiga (regressiv rivojlanishda) 
olib boradi. Bunday ichki va tashqi aloqadorliklar oqibatida rivojlanayotgan sistema 
har tomonlama o‘zgarishga uchraydi. Bunday xilma-xil o‘zgarishlar esa orqaga 
qaytmaslik xususiyatiga egadir. Bundan, rivojlanish – orqaga qaytmas jarayonlar, 
degan xulosa kelib chiqadi. Rivojlanish jarayonida sistemadagi o‘zgarishlarning 
bunday xususiyatlardan kelib chiqib rivojlanishga quyidagicha ta’rif berish mumkin: 

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling