O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Fan metodlari: umumilmiy, xususiy ilmiy va fanlararo tadqiqot metodlari


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Fan metodlari: umumilmiy, xususiy ilmiy va fanlararo tadqiqot metodlari
Fan metodining asosiy mazmunini yoki avval amaliyotda sinalgan ilmiy nazariyalar 
tashkil etadi: har qanday nazariya boshqa nazariyani yaratuvchi yoxud amaliyot 
mazmunini yoki izchilligini belgilovchi metod vazifasini bajaradi. Ilmiy bilishda 
falsafiy metodlarning roli katta. Falsafaning aksariyat metodlari fan taraqqiyoti va 
differensiatsiyasida umumilmiy metod vazifasini bajargan. Xususan, falsafaning 
universal metodi bo‘lgan tarixiylik va mantiqiylik tamoyilining birligi metodi 
biologiya, ximiya, antropologiya, tarix va boshqa fanlarda evolyusion ta’limotning 
asosi bo‘lib xizmat qilgan. Ijtimoiy bilishda tarixni mushohada qilish va 
tizimlashtirish, qiyoslash va modellashtirish barcha ijtimoiy fanlar uchun metod 
vazifasini bajaradi. SHuningdek alohida fan doirasida tadqiqot jarayonida 
qo‘llaniladigan o‘ziga xos metodlar mavjud bo‘lib, ular xususiy metodlar deb 
ataladi. Misol uchun, fizika, ximiya, astronomiya yoki mantiq fani doirasida 
muayyan holatni o‘rganish jarayonida ishlatiladigan tamoyil, tadqiqot usullari 
boshqa fan doirasida qo‘llanilishining iloji bo‘lmaydi.
Fanlararo tadqiqot metodlari esa bir nechta fan doirasida ditsiplinalararo 
tadqiqotlarga tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan metodlardir. Misol uchun ijtimoiy 
sotsiologiya, 
ijtimoiy 
falsafa, 
sotsial 
psixologiya 
predmetlari 
orasida 
o‘rganilayotgan muammolar echishga yordam beradi. Bunga ma’lumotlarni sintetik 
va integrativ usulda ishlash, tizimli yondoshuv asosida xulosa chiqarish metodi ham
misol bo‘la oladi. 


226 
Ijtimoiy-gumanitar fanlar metodlarining o‘ziga xos xususiyati. Hozirgi 
zamon metodologiyasi. Ijtimoiy gumanitar fanlar sohalar nuqtai nazaridan bir 
nechta yo‘nalishga bo‘linsada, mazmunan va mantiqan falsafaning klassik davridan 
shakllanib kelgan metodlarni o‘z sohalarida qo‘llaydilar. Bu holat ijtimoiy-
gumanitar fanlar falsafadan differensiallashgani tufayli o‘z tarixiy ildizlarida 
tarixiylik va mantiqiylikning birligi, induksiya va deduksiya, analiz va sintez, 
qiyoslash va modellashtirish tamoyillari va metodlariga binoan nazariy korpusining 
mavjudligi bilan xarakterlanadi. 
SHuningdek 
zamonaviy 
metodologiyada 
postmodernistik falsafaning germenevtik, sinergetik va integratsion metodlaridan 
unumli foydalanish, ularni umumiy metodologik yo‘nalish sifatida qabul qilish
ijtimoiy –gumanitar fanlarga xosdir.
Xususan germenevtika falsafa, tarix, psixologiya, sotsiologiya fanlarida keng 
qo‘llaniladi. Germenevtika hozirgi zamonda etakchi falsafiy oqimlardan biri, 
tarixiy-falsafiy fan doirasida matnlarni nazariy asoslovchi va metodologik jihatdan 
tushuntiruvchi sohadir. Nemis faylasufi, psixologi, madaniyat tarixchisi Vilgelm 
Diltey (1833-1911) ijodida germenevtika fan sifatida takomillashdi va konseptual 
yo‘nalishiga ega bo‘ldi. Uning «Germenevtikaning vujudga kelishi», «Dunyoga 
bo‘lgan qarash, insonni Uyg‘onish va Reformatsiya davridan boshlab tadqiq etish» 
asarlarida inson ruhiyatini o‘rganish bilan bog‘liq yangi tafakkur tarzi shakllanishi 
masalalari tahlil etiladi. Aynan shu metod tufayli psixologiya fani falsafadan ajralib 
chiqdi. Diltey nazarida falsafa va tarixiy fanlarni bog‘lovchi vosita «talqin 
to‘g‘risidagi ta’limot», yoki germenevtika bo‘lib, u o‘tgan qaytarilmas va qorong‘u 
madaniy dunyolarni qaytadan yaratishga vositadir»
1
. Dilteyning germenevtikaga 
bergan ushbu ta’rifida tarixiy jarayon insonni emas, balki inson tarixiy jarayonning 
nimadan iborat bo‘lganini ochib beradi, degan muhim fikr bor
2
. U ushbu fikrni 
metod sifatida «Dunyoga bo‘lgan qarash, insonni Uyg‘onish va Reformatsiya 
davridan boshlab tadqiq etish» asarida qo‘lladi. Mazkur asarda inson ruhiyati, 
mental borlig‘ining din, madaniyat, mafkura va qadriyatlar mushtarak ta’siri 
doirasida shakllanishi va bu dinamik jarayonning konuniyatlari yoritib berilgan.
Ijtimoiy-gumanitar fanlarda sinergetik metod ham muhim o‘rin tutadi. O‘z-
o‘zini boshqarish, nochiziqli hodisalarni o‘rganish, o‘z-o‘zidan tashkil bo‘lish 
nazariyasi, tafakkur uslubi, metodi sifatida sinergetika shakllanish va tashkil bo‘lish 
jarayonini, inqilobiy o‘zgarishlarning ong-tafakkurga ta’sir etish holatlarini, ijtimoiy 
jarayonlar shakllanishidagi ichki va tashqi xususiyatlar mushtarakligini yaxlit ilmiy 
konsepsiya sifatida ochib berishga vosita bo‘ladi. Sinergetikada nochiziqli tafakkur 
1
Человек: Мыслители прошлого и настоящего о его жизни, смерти и бессмертии. XIX век/ Редкол.: И.Т. 
Фролов (отв. ред.) и др. - М.: Республика, 1995. - С. 511. 
2
Қаранг: Ўша манба. С. 512 


227 
tarzining e’tirof etilishi ijtimoiy ong shakllaridagi o‘zgarishlar va qonuniyatlarning 
imkoniyatlarini keng tadqiq etishga yo‘l ochadi. 

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling