Ушбу вазиятда юзага келган ҳуқуқий муносабатларни таҳлил қилинг


Download 20.08 Kb.
bet1/2
Sana14.05.2023
Hajmi20.08 Kb.
#1459702
  1   2
Bog'liq
HUQUQ TARIXI KAZUS ON

1. Милоддан аввалги XVIII асрда Қадимги Бобилда ибодатхона коҳини сифатида фаолият юритаётган Жамал исмли шахс қўшни Уруқ мамлакатидан келган Мағрур исмли савдогардан 4 мина кумуш эвазига 2 та қул сотиб олди. Бироқ орадан бир неча кун ўтгач, Уруқдан ташриф буюрган бошқа бир Камал исмли савдогар ўша икки қул унга тегишли эканлигини ва улар қочоқлигини ёки ўғирлаб кетилганлигини, буни унинг қўшнилари ҳам тасдиқлашини кўрсатган ҳолда даъво қилиб, Жамалга мурожаат қилди. Жамал эса ушбу қулларни сотиб олганлигини ва бунга гувоҳлари ҳам мавжудлигини айтиб, унинг даъвосини рад қилди. Сўнгра Камал Бобил шаҳрининг ҳукмдори – патесига арз қилди.



Ушбу вазиятда юзага келган ҳуқуқий муносабатларни таҳлил қилинг.
Ўғирлик жиноятининг объекти, объектив томони, субъекти ва субъектив томонини аниқланг.
Вазиятни Хаммурапи қонунларига асосланиб ҳал қилинг.
Бундай ҳолат Қадимги Римда содир бўлганида қандай ҳал қилинар эди?
1.Dastlab, huquqiy munosabatlar o’zi nima ekanligini bilib olamiz. Huquqiy munosabatlar - shaxslar o’rtasidagi yuridik aloqa bo’lib, bu ularning o’zaro huquq va majburiyatlarida ifodalanadi. O’zaro huquq va burchlarsiz huquqiy munosabat vujudga kelmaydi. Huquqiy munosabatlar - bu ijtimoiy munosabatlarning huquq normalari bilan tartibga solinadigan bir qismi bo’lib, ularning subyektlari subyektiv huquq va yuridik majburiyatlarga ega bo’ladi1 . Demak, huquqiy munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning bir qismi hisoblanadi va uning subyektlari subyektiv huquq va yuridik majburiyatga ega bo’ladi. Huquqiy munosabatlarning to’rtta tarkibiy elementlari mavjud. Bular: huquqiy munosabat subyekti, huquqiy munosabat obyekti, subyektiv huquq va yuridik majburiyat. Huquqiy munosabat subyekti deganda, huquq va muomala layoqatiga yetgan, aqli raso shaxslar tushuniladi. Huquq layoqati kishining tug’ilishi bilan vujudga keladi va vafot etishi bilan tugaydi. Ba’zan huquqiy munosabatning vujudga kelishida hali tug’ilmagan subyekt ham asos bo’ladi. U merosxo’r bo’la oladi. Huquqiy munosabat subyektlari delikt layoqatga ega bo’lishlari kerak. Ya’ni aqli raso, belgilangan yoshi yetgan bo’lishi kerak. Kishi to’la muomalaga layoqatli bo’lishi uchun o’n sakkiz yoshga to’lgan bo’lishlari lozim. Ba’zan esa o’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslar tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullansa, yoki nikohdan o’tsa, sud tomonidan emansipatsiya qilinadi va muomala layoqatiga ega bo’ladi. Jismoniy va yuridik shaxslar huquqiy munosabat subyektlari bo’lishlari mumkin. Huquqiy munosabat obyeki esa - huquqiy munosabatga o’z ta’sirini o’tkazuvchi narsadir .Ya’ni huquq subyektlarining xatti-harakati nimaga qaratilgan bo’lsa, o’sha narsa huquqiy munosabat obyekti hisoblanadi. Obyekt sifatida buyumlar, narsalarni aytish mumkin. Yuqoridagi misolda non sotib olish jarayonida non huquqiy munosabat obyekti hisoblanadi. Huquqiy munosabatning uchinchi elementi - bu subyektiv huquq. Ya’ni subyektlarning sodir etishi mumkin bo’lgan xatti-harakati turi va o’lchovi. Ishchi o’z mehnati evaziga haq oladi. Bu uning subyektiv huquqi. Subyektiv huquqqa ega bo’lgan shaxslar o’z huquqlarini amalga oshirsa ham, oshirmasa ham hech qanday salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi. Ya’ni bu ixtiyoriylikni kasb etadi. Yuridik majburiyat esa subyektlarning sodir etishi lozim bo’lgan xatti-harakati turi va o’lchovi.Misol uchun qarz shartnomasida qarzdor va qarz beruvchini xatti harakatlari aniq belgilab quyiladi bu ixtiyoriylik emas balki majburiylikka keltirib chiqaradi.Xulosa qilib aytadigan bo’lsak yuqoridagi holat ijtimoiy tusdagi huquqiy munosabatga misol bo’la oladi.
2. Jinoyatning obʼekti jinoyat tarkibining elementlaridan biridir Har qanday jinoyat shubhasiz u yoki bu obʼektni tajovuz qilish bilan sodir etiladi. Shuning uchun jinoyat obʼektini toʼgʼri aniqlash jinoyatning huquqiy mohiyatini aniqlash, eng asosiysi, jinoyat obʼektiga yetkazilgan zararga qarab, qilmishni toʼgʼri kvalifikatsiya qilish imkonini beradi. Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyatning obʼekti deganda, jinoyat qonuni bilan qoʼriqlanadigan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Jinoyat qonuni bilan qoʼriqlanadigan har qanday ijtimoiy munosabat jinoyatniig umumiy obʼekti hisoblanadi. Jinoyatning obʼektiv tomoni ijtimoiy-xavfli qilmishning tashqi tomoni boʼlib, jinoyatning qanday sodir etilganligini koʼrsatadi. Аynan ijtimoiy xavfli qilmishning tashqi tomoni bir jinoyatni ikkinchisidan ajratish imkonini beradi, chunki bitta obʼektga qilingan tajovuz ijtimoiy xavfli qilmishning xususiyati va darajasiga koʼra turlicha boʼlishi mumkin. Masalan, oʼgʼrilik yashirin sodir etilsa, talonchilik ochiqdan-ochiq, bosqinchilik esa jabrlanuvchining badaniga shikast yetkazilishiga olib kelgan hujum qilish bilan bogʼliq boʼladi. Har qanday jinoyat turli harakat, ayrim hollarda esa harakatsizlik orqali sodir etiladi. Masalan, qasddan odam oʼldirish koʼpchilik hollarda faol harakat orqali sodir etiladi (pichoq urish, quroldan oʼq otish, qandaydir narsa bilan qattiq, jarohat yetkazish, boʼgʼish va hokazolar), ammo xuddi shunday oʼlim harakatsizlik (onaning oʼz chaqalogʼini qasddan ovqatlantirmasligi, yordamga muhtoj holda yotgan shaxsni yordamsiz qoldirish va boshqalar) natijasida ham kelib chiqishi mumkin. Yaʼni har qanday ijtimoiy xavfli qilmish harakat yoki harakatsizlik natijasida sodir etilishi mumkin. Bundan xulosa qilib, har qanday jinoyatning obʼektiv tomoni qilmishdan iboratdir, desak xato boʼlmaydi. Ijtimoiy xavfli qilmish har qanday jinoyat obʼektiv tomonining zaruriy belgisidir. Jinoyat huquqi nazariyasiga koʼra har qanday ijtimoiy xavfli qilmish sodir qilgan, qonunda belgilangan yoshga yetgan va aqli raso jismoniy shaxslar jinoyatning subʼekti boʼladi. Jinoyat subʼekti jinoyat tarkibining zaruriy elementidir, yaʼni jinoyat sodir qilgan shaxs boʼlmasa, oʼz-oʼzidan jinoyat ham boʼlmaydi. Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyatning subʼektiv tomoni deyilganda, aybdor shaxsning oʼzi sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmish va uning oqibatlariga boʼlgan ruhiy munosabati tushuniladi.Yuqoridagilardan xulosa qiladigan bo’lsak agar va bizga berilgaan kazusdagi Mag’rur ismli shaxsning o’g’riligi isbotlansa bunda o’g’rilik obyekti ikki qul hisoblanadi,obyektiv tomoni bu yashirin tarzda sodir etilgan o’zganing mulkini talon taroj qilish,o’g’rilik subyekti Mag’rur ismli shaxsdir.
3.Bizga berilgan ushbu kazusga javob berish avvalambor Qadimgi Mesopotamiyada davlatidagi Xammurapi qonunlari haqida toʻxtalib oʻtsak.Miloddan avvalgi 1750-yillarda qirol Hammurapi davrida yaratilgan.Dunyodagi eng qadimgi huquqiy yodgorliklardan biri.Toʻplamning asosiy matni konus shaklidagi diorit va stelaga oʻyilgan Akkad tilida mixxat yozuvi koʻrinishida saqlanib qolgan boʻlib, U 1901 yil oxiri -1902 yil boshida Eron hududidagi qadimiy Suza shahrini qazish jarayonida fransuz arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan topilgan.1 Zamonaviy tadqiqotchilar Qonunlarni Sud ishlarini yuritish, mulkning turli shakllarini va nikoh va oilaviy munosabatlarini, shuningdek xususiy va jinoyat huquqini himoya qilish masalalarini tartibga soluvchi 282 bandga ajratadilar. Antik davrda steladan 35 ga yaqin paragraf oʻchirilgan va hozir loydan yasalgan lavhalardagi nusxalaridan qisman tiklangan. Hammurapi qonunlari uchta qismdan:
1) kirish
2) asosiy (qonun moddalari)
3) xulosa qismidan iborat boʻlgan.
Hammurapi qonunlarini tuzishda qadimgi odat huquqi, shumer qonunlari va yangi qonunlar asos qilib olingan. Hammurapi qonunlari ibtidoiy jamiyatda paydo boʻlgan yozilmagan xulq-atvor qoidalari normalarining amal qilishini birlashtirish va toʻldirishga moʻljallangan mavjud huquqiy tartibotning katta islohoti natijasidir. Qadimgi Mesopotamiya mixxat huquqi taraqqiyotining choʻqqisi sifatida qonunlar koʻp asrlar davomida Qadimgi Sharqning huquqiy madaniyatiga taʼsir koʻrsatgan.
Endi bizga berilgan kazusning asosiy qismiga eʼtibor qaratgan holda quyidagi savollarni oʻz oldimizga qoʻyib olsak:
1. Hukmdor Hammurapi davlatida qulchilik tuzumi qanday boʻlgan?


1 Davlat va huquq tarixi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik // H. Odilqoriyev, N. Azizov, X. Madirimov. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012. – 43 b.
2. Qadimgi Mesopotamiyada mulkchilik xususan qul oldi-sotdisi qanday
tartibga solingan?
3. Hammurapi qonunlarida mulkka qarshi jinoyatlarga nisbatan qanday
jazo nazarda tutilgan?
Endi ushbu savollarga Hammurapi qonunlari asosida javob berishga harakat qilamiz.
Qadimgi dunyoning boshqa bir qator davlatlari bilan birga qadimgi Mesopotamiyada ham quldorlik tuzumi ildiz otgan. Qullar bevosita mulkning bir shakli boʻlgan. Jamiyatda har bir shaxsning oʻrni qatʼiy belgilangan. Jamiyat avvalo erkin kishilar va qullarga (vardum) ajratilgan. Qullar podsho qullari, ibodatxona qullari va xususiy egalikdagi toifalarga boʻlingan. Ammo shuni taʼkidlash kerakki erkin kishi va choʻri, qul va erkin ayol turmush qurishi mumkin boʻlib ularning farzandlari erkin kishilarga aylangan. Shuningdek qarzdor ham qulga aylantirilishi mumkin boʻlgan.
Hammurapi qonunlarining 6-120-moddalarida mulk huquqining buzilishi va unga qoʻllanadigan jazo shakllari belgilangan.2
Hammurapi qonunlarida mulkchilikka qarshi jinoyatlar uchun juda ogʻir jazolar nazarda tutilgan. Qulga nisbatan mulk huquqi qattiq himoya qilingan. Aksar qadimgi sharq davlatlarida jumladan Mesopotamiyada ham qullarga belgi qoʻyilgan va uni oʻchirib tashlash, qirish mumkin boʻlmagan. Mulkni shu jumladan qulni oldi-sotdi qilish haqida Hammurapi qonunlarida xususan shunday deyilgan: Agar biror kishi oʻg’lining yoki odamning qulining qoʻlidan kumush, oltin yoki qul, qul yoki qul, hoʻkiz, qoʻy, eshak yoki biron bir narsani guvohlarsiz yoki shartnomasiz sotib olgan boʻlsa yoki saqlash uchun qabul qilingan boʻlsa. keyin bu odam oʻg’ri boʻlsa, uni oʻldirish kerak (7-modda).
Yuqoridagi qoidadan bilishimiz mumkin-ki, biron bir kishi qul sotib olsa uni shartnoma asosida yoki guvohlar ishtirokida amalga oshirishi lozim.
Aks holda u oʻgʻri sifatida eʼtirof etilib oʻldirilishi mumkin. Bu qoida Hammurapi qonunlari 9-moddasida ham belgilab qoʻyilgan. Unga koʻra Agar xaridor bu narsani sotgan sotuvchini va uni sotib olgan guvohlarni olib kelmasa va yoʻqolgan
narsaning egasi uning yoʻqolgan narsasini bilgan guvohlarni olib kelgan boʻlsa, unda xaridor oʻgʻri, u oʻldirilishi kerak va yoʻqolgan narsaning egasi boʻlishi mumkin. etishmayotgan narsalarni olib ketish mumkin.
2 Muhamedov H. Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi (Qadimgi dunyo davlati va huhuqi tarixi): Oliy oquv yurtlari talabalari uchun darslik/Masul muharrir: A.X.Saidov. Qism 1. - T.: Toshkent Davlat yuridik instituti nashriyoti, 2005. - 84-bet.
Bizga berilgan muammoli vaziyatda ham Ibodatxona kohini Jamal qullarni savdogar Magʻrurdan guvohlar ishtirokida sotib olgan. Shuni taʼkidlash kerak-ki Hammurapi qonunlariga asosan bitimlar guvohlar yoki yozma shartnomalar asosida boʻlishini taqozo etadi. Guvohlarsiz tuzilgan bitimlar aksar hollarda haqiqiy emas deb topilgan. Sud ishlarida ham guvohlar muhim rol oʻynagan.
Endi Uruklik savdogar Kamalning harakatlariga Hammurapi qonunlari asosida huquqiy baho bersak. Kazusda aytilishicha Uruklik savdogar Kamal Jamal sotib olgan ikki qul unga tegishli ekanligini va ular qochoqligini yoki oʻg’irlab ketilganligini, buni uning qoʻshnilari ham tasdiqlashini koʻrsatgan. Qochoq yoki o‘g‘irlangan qullar Hammurapi qonunlariga ko‘ra; Agar birov qochoq qulni yoki cho`rini tutib olsa va uni xo`jayiniga qaytarsa, qulning xo`jayini unga 2 siql kumush berishi belgilangan(17-modda).3 Shu o‘rinda masalaning boshqa tomoniga e’tibor qaratsak. Hammurapi qonunlariga koʻra: Agar yoʻqolgan narsaning egasi uning yoʻqolgan narsasini bilgan guvohlarni olib kelmasa, u yolg’onchi boʻlsa, u behuda koʻtarilgan va oʻldirilishi kerak (11-modda).4 Bu qoidadan bilishimiz mumkin-ki, uruklik savdogar Kamal Bobil shahrining hukmdori - Patesiga arz qilish uchun avvalo oʻz da’vosini tasdiqlaydigan guvohlarga ega boʻlishi kerak.
Kamalning so‘zlariga qaraganda buni uning qo‘shnilari tasdiqlaydi. Yuqoridagi Hammurapi qonunlarining tegishli bandlaridan xulosa qiladigan boʻlsak, ushbu muommoli vaziyatda ishga aloqador guvohlar ish boʻyicha qaror chiqarishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ya’ni uruklik savdogar Kamal oʻziga tegishli deb hisoblagan qullarini qaytarib olish uchun bu qullarni sotib olganligi va unga haqiqatda egalik qilishi haqida koʻrsatma beradigan guvohlarga ega boʻlishi kerak.
Aks holda guvohlarga ega boʻlmaslik Kamal ismli shaxsga ogʻir huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarishi tayin. Shuningdek qullarni Mag‘rurdan sotib olgan Jamal ham buni tasdiqlaydigan guvohlariga ega bo‘lishi kerak. Agar ularning har ikkisi ham sudga o‘z guvohlarini olib kelsa, guvohlar xudo nomi bilan haqiqatni aytishi haqida qasam ichadilar. Shundan so‘ng sudya guvohlar ko‘rsatmalari asosida tegishli hukm qiladi. Shuningdek sud ishiga Uruklik savdogar Mag‘rur ham jalb qilinadi. Sud ishi to‘liq og‘zaki shaklda olib borilgan.

3 Muhamedov H. Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi (Qadimgi dunyo davlati va

Download 20.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling