O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Sinergetika. Falsafaning zamonaviy metodlaridan biri sinergetik metoddir. 
Sinergetika o‘z-o‘zidan tashkil topish mexanizmlari va qonuniyatlarini taraqqiyot 
jarayonining universal komponenti sifatida o‘rganadi. Bu universallik o‘z-o‘zidan 
tashkil topish nazariyasi uchun shu qadar muhimki, sinergetika tadqiqotchilaridan 
biri G.Xaken bu fanning asosiy masalasini u bilan bog‘laydi. «Nima uchun, - deb 
yozadi u,- o‘z tabiatiga ko‘ra turli komponentlardan – elektronlar, atomlar, 
molekulalar, fotonlar, xujayralar, hayvonlar yoki xatto odamlardan iborat bo‘lgan 
tizimlar o‘z-o‘zidan tashkil topganda, ayni bir tamoyilga bo‘ysunib, suyuqlikdagi 
tuzilmalar, elektr tebranishlari, hayvonlar populyasiyalari yoki ijtimoiy guruhlarni 
tashkil etishi kerak?».
1
 
O‘z-o‘zidan tashkil topish hodisalarining bu qadar keng ko‘lami sinergetikada 
postulat qilib olinmaydi. U mutaxassislarning turli tuman bilim sohalarida tabiiy va 
ijtimoiy jarayonlarning umumiy determinantlarini kashf etishi natijasidir. SHu 
tufayli sinergetika alohida fan g‘oyalarining yig‘indisi sifatida emas, balki fizik
ximik, biolog va matematik o‘z materialini ko‘radigan umumiy qarashlar tizimi 
sifatida va, aksincha, bulardan har biri, o‘z fani metodini qo‘llab, sinergetikaning 
rivojlanishiga biron bir tarzda hissa qo‘shadi. «Men yangi fanni «sinergetika» deb 
atadim, bunga sabab, - deb yozadi G. Xaken,-unda tizimlarning ko‘pgina 
elementlarining birgalikdagi harakati tadqiq etilishigina emas, balki o‘z-o‘zidan 
1
Г.Хакен. Синергетика, М., 1980. 31 бет. 


224 
tashkil topishni boshqaruvchi umumiy prinsiplarni topish uchun ko‘pgina turli-
tuman fanlarning kooperatsiyalashuvi zarurligidir».
2
Sinergetika bu turli tabiatli tuzilmalarning o‘z-o‘zidan tashkil topish, 
barqarorlik, parchalanish va qayta paydo bo‘lish jarayonlarini tadqiq etuvchi 
nazariyadir.
Sinergetika dialektikaning quyidagi g‘oyasini tasdiqlaydi – har bir ob’ekt 
olamdagi hodisalarning umumiy bog‘langanligi oqibatida uni qurshab turgan xilma-
xil jarayonlar bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, ayni vaqtda turli qism sistemalardan 
tarkib topadi. Ob’ektning xar bir tarkibiy qismi boshqa tarkibiy qismlar va tashqi 
dunyo bilan o‘zaro bog‘lanishda mavjud bo‘ladi. SHu sababli xar bir tarkibiy qism 
o‘ziga xos individual aloqalar tizimiga ega bo‘ladi, demak u o‘ziga xos harakatga va 
ichki harakatga ega bo‘ladi va oqibatda ob’ektning ichki o‘z-o‘zidan 
differensiatsiyalanuvi tendensiyasi paydo bo‘ladi. Ayni vaqtda bir butun ob’ekt 
uning bir butunligi saqlanishi mobaynida o‘z qismlariga ta’sir o‘tkazadi, shu sababli 
ob’ektning ichki o‘z-o‘zidan integratsiyalanuvi tendensiyasi paydo bo‘ladi.
Sinergetika taraqqiyot konsepsiyasini chuqurroq ifoda etishga imkon beradi. 
I.Prigojin ta’kidlashicha: «ham klassik, ham kvant mexanikada agar qaysidir bir 
vaqtda sistemaning holati etarli aniqlikda ma’lum bo‘lgan bo‘lsa, unda kelajakni 
juda bo‘lmaganda prinsipda oldindan aytish mumkin edi. Buning ustiga bunday 
turdagi nazariy sxema ko‘rsatdiki, qaysidir bir ma’noda «hozir» o‘zida o‘tmish va 
kelajakni saqlaydi. Ko‘rib turganimizdek, haqiqatda unday emas. Kelajak 
o‘tmishning tarkibiy qismiga kirmaydi. Hatto fizikada huddi sotsiologiyadagidek 
atigi xilma-xil mumkin bo‘lgan «ssenariylar»nigina oldindan aytish mumkin»
1
.
Sinergetika taraqqiyotning qator fundamental o‘ziga xosliklarini ochib 
berishga imkon beradi. Taraqqiyot jarayonida tizimning umumiy muhitida 
tebranishlar hosil bo‘lishi, ya’ni tizim muhitini yangi tashqi ta’sir vujudga 
keltirayotgan yangi tarkibi sifat jihatdan sakrash nuqtasiga yaqin bosqichda hal 
qiluvchi hisoblanadi. Bu jarayon fluktatsion jarayon deb ataladi. Bu bifurkatsiya 
nuqtasini, ya’ni taraqqiyotning bundan keyingi yo‘nalishining aniq bir variantining 
ko‘pdan ko‘p mumkin bo‘lgan variantlardagi «tanlovi» ni hosil qiladi. Taraqqiyot 
jarayoni kogerentlik, turbulentlik, dinamik tartibsizlik, dissipativ va avtoto‘lqinli 
strukturalar dinamikasi, kengmasshtabli spontan fluktuatsiyalar kabi bungacha 
taraqqiyot konsepsiyasi qamrab ololmagan ko‘pgina boshqa fenomenlarni o‘z ichiga 
oladi
2
. Rivojlanish va taraqqiyot jarayonida bifurkatsiya nuqtalari orasida 
deterministik qonunlar, bifurkatsiya nuqtalarida esa ehtimoliy qonunlar ustunlik 
2
Ўша жойда, 15-бет.
1
Пригожин И. От сушествующего к возникающему: Время и сложность в физических науках. М. 1985. 16-17-
б. 
2
Пригожин И., Стенгерс И. Время, хаос, квант. М.,1994; Haken H. Information and self-organization: a 
makroscopic approach to complex systems. Berlin, 2000 


225 
qiladi. Bu murakkab jarayon yangilanish elementlari orqali yangi o‘zaro 
bog‘liqlikda bo‘lgan mikro va makro darajadagi tizimlarni hosil qiladi.
Xulosa qilib aytganda sinergetika dunyoga yangicha qarash usuli va bir 
vaqtning o‘zida falsafa fani metodi bo‘lib, fanlardagi yangiliklarni umumlashtirish, 
o‘z-o‘zini tashkil qilish, chiziqsiz tafakkur asosida evolyusion jarayonni tashkil 
qiluvchi fanlararo ilmiy tadqiqot usuli sifatida asrimizning 70-yillarida paydo 
bo‘ldi. Sinergetika yangi ta’limot sifatida o‘z-o‘zini boshqarishning umumiy 
qonunlari va tamoyillarini o‘rganishni asosida noorganik va organik tabiatda o‘zaro 
aloqadorlikda o‘z-o‘zini shakllantirish orqali tashkil topish mavjudligini isbot qilib 
berdi. Materiyaga tashqi ta’sir natijasida o‘zgaruvchi inert ob’ekt deb emas, balki 
o‘z-o‘zini tashkil qila oladigan ob’ekt deb qaraladigan bo‘ldi. Bu ma’lumotlar statik 
va jonli materiya tushunchalarini ajratib turgan oraliqni ancha kamaytirdi. Agar o‘z-
o‘zini tashkil etuvchi tizimlarning xossalari va vujudga kelishi sharoitlari bilan, 
biologik evolyusiyaning eng muhim jihatlarini bir-biriga taqqoslab ko‘rilsa, ikki 
holda ham o‘zgarishlar ayni bir xil qonunlarga bo‘ysunadi va o‘xshash tendensiyani 
namoyon qiladi, degan xulosaga kelish mumkin.

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling