O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Olamning mavjudligi — miqdor va sifat voqe’ligi


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Olamning mavjudligi — miqdor va sifat voqe’ligi tarzida 
namoyon bo‘ladi. 
Buning mohiyati shundan iboratki, narsa va hodisalardagi sezilarli bo‘lmagan 
miqdoriy o‘zgarishlar asta-sekin to‘plana borib, taraqqiyotning ma’lum bir 
bosqichida me’yorni buzadi va sakrash yo‘li bilan tub sifat o‘zgarishlariga olib 
keladi. Harakat jarayonida predmetlarda ma’lum o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Biron – 
bir lahzagacha miqdor o‘zgarishlar ko‘payadi, ichki va tashqi ta’sirlar natijasida 
ob’ektda yuz beradigan jarayonlarning miqyosi kengayadi. Keyinchalik «to‘planib» 
qolgan miqdor o‘zgarishlar bilan ob’ektning sifati o‘rtasidagi tafovut hosil bo‘ladi. 
Tafovutni o‘tkirlashib borishi yangi sifatning vujudga kelishi bilan yakunlanadi. 
Polimerdan biopolimerning hosil bo‘lishi, har qanday yangi ob’ektlarni vujudga 
kelishi 
sifat 
o‘zgarishidan 
dalolat 
beradi. 
YAngi sifatning vujudga kelishi oldin sodir bo‘lgan miqdor o‘zgarishlar turg‘unlikni 
saqlab turgan me’yorni buzilishi orqali yuz beradi. O‘z navbatida yangi sifat 
o‘zgargan miqdor bilan birlikni hosil qilar ekan, ob’ektni o‘zida yangi me’yor paydo 
bo‘ladi. 
Tabiiyki, yangi sifat yangi miqdoriy o‘lchamni keltirib chiqaradi. Bu xislatni 
asosida yotgan narsa – ob’ektdagi elementlarning harakati va mustaqilligining 
miqyosini oshishi, muhit bilan massa, energiya va struktura vositasi orqali 
almashunuv 
jarayonining 
tezlanishi 
yoki 
kengayishi, 
predmetning 
mukamallashishiga qaratilgan faollik qobiliyatini yuksalishidadir. Bu yangi sifat va 
miqdor olib kelgan jarayonlar mazmunan rivojlanishdan darak beradi. Miqdor 
o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishiga o‘tishi, hamda, yangi sifat o‘z navbatida yangi 
miqdoriy xislatlarni keltirib chiqarishi rivojlanishi qanday yuz berishini ko‘rsatadi. 


235 
Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishiga o‘tishi, borliqda bunday o‘tishni 
doimiy va umumiy usul tazrda namoyon bo‘lishi bu jarayonga qonuniyat tusini 
beradi. Bu xildagi qonuniyatning amal qilishi ikki yo‘nalishda sodir bo‘ladi: 1) 
Ma’lum tizim doirasida miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishiga o‘tishi oldin 
mavjud bo‘lmagan yangi predmetni yuzaga keltiradi. Ilmiy bilish sohasida oldin 
ma’lum bo‘lmagan faktlarni tahlil qilish mavjud konsepsiyaning cheklanganligini 
ko‘rsatishi va yangi mazmunga ega bo‘lgan nazariyani ishlab chiqishga olib kelishi 
mumkin. 2) Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishiga o‘tishi biron – bir oldindan 
mavjud bo‘lgan tizimning yo‘qolishi emas, balki uning yangilanish shaklida 
namoyon bo‘lishi mumkin. Moddiy olamdagi xilma-xil narsa va hodisalar bir- 
biridan o‘z sifati bilan ajralib turadi. Sifat — narsalarning ichki va tashqi 
muayyanligi bo‘lib, uning qator xossa, belgi, xususiyatlari birligini ifodalaydi. Sifat 
narsa qanday bo‘lsa, uni shundayligicha ko‘rsatib beradi, jismning barcha tashqi 
xossalarini bog‘liqlikda namoyon qiladi. 
Demak, sifat narsaning umumiyligini, yaxlitligini, uning iisbiy barqarorligini, 
bir-biriga o‘xshashligi yoki o‘xshamasligini ifodalaydi. U keng manoda narsalarning 
turli-tuman xossalari yig‘indisidir. Lekin sifat va xossa aynan bip xil ma’nodagi 
tushunchalar emas. Sifatning o‘zgarishi, muqarrar suratda, xossaning o‘zgarishiga 
olib keladi. Biroq xossaning o‘zgarishi har doim sifatning o‘zgarishiga ta’sir 
qilavermaydi, ayrim xossalar narsalarning sifatiga ta’sir etmasdan yo‘q bo‘lib ketishi 
mumkin. Sifat predmetning doimiyligini, nisbiy barqarorligini ifoda egadi. 
Narsalar sifat muayyanligidan gashqari, bir-biridan miqdoriy tomonlari bilan 
ham farq qiladi. Miqdor predmetning hajmi, o‘lchovi, og‘irligi, harakat tezligi va 
shu kabilar bilan tavsiflanadi. Tabiat hodisalari kabi ijtimoiy hodisalar ham miqdoriy 
tomonga ega. CHunonchi, suv o‘z solishtirma og‘irligiga, qaynash va muzlash 
darajasiga ega. Bir ijtimoiy tuzum boshqasidan xususiyati jihatidangina emas, balki 
ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti, mehnat unumdorligi, madaniyati va hokazolar 
bilan ham farq qiladi. Har qanday hodisa miqdor va sifat birligiga ega. Tabiatda faqat 
miqdorga va sifatga ega bo‘lgan, ya’ni sifati bo‘lib miqdori, miqdori bo‘lib aksincha, 
sifati bo‘lmagan narsaning o‘zi yo‘q. 
Taraqqiyot jarayonida miqsor o‘zgarishlari tub sifat o‘zgarishlariga o‘tishi bilan 
birga sifat o‘zgarishlari miqdor o‘zgarishlariga ham o‘tadi. Miqdor o‘zgarishlari 
bitan sifat o‘zgarishlari o‘zaro chambarchas bog‘langan bo‘lishiga qaramay, ylar 
ayrim o‘ziga xos xusussiyatlarga ham ega. CHunonchi: 

birinchidan, miqdor o‘zgarishlari doimo yuz berib turadi Hatto hodisalar 
sifatining nisbiy barqarorligi davrida ham miqdoriy o‘zgarishlar asta-sekin yuz 
beradi. Sifat o‘zgarishlariga o‘tish faqat malum bir davrda boshlanadi; 

ikkinchidan, miqdor o‘zgarishlari ma’lum vaqtgacha narsalarga muhim ta’sir 
ko‘rsatmaydi. Suv normal atmosfera bosimida 100° gacha suyuklik holatini 


236 
yo‘qotmaydi, keyin esa bug‘ga aylanadi, sifatini o‘zgartiradi. Demak, sifat 
o‘zgarishlari hodisalarni tubdan o‘zgartirib, uning boshqa hodisaga aylanishini 
taqozo qiladi; 

uchinchidan, miqsor o‘zgarishlari asta-sekin amalga oshadi 

ko‘p hollarda sezilmasdan o‘tadi. Sifat o‘zgarishlari esa ancha keyin, ayrim 
holatda to‘satdan sodir bo‘ladi; 

to‘rtinchidan, sifat o‘zgarishlari miqdor o‘zgarishlariga qaraganda tub 
o‘zgarish bo‘lib hisoblanadi. 

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling