234
qarama-qarshiliklar ham mavjud bo‘lib kelmoqda.
Odamzod ziddiyatlar kamroq
bo‘lgan, kishilarning hilma-xil intilish va maqsadlari,
bir-biridan farq qiladigan
g‘oyalari uyg‘unlashgan, barqarorlik ustuvor bo‘lgan jamiyatni qurish uchun bosh
qotirib kelmoqda.
Anu shunday intilishlar fanda «Konfliktologiya» (konflik — ziddiyat, logos-
talimot) deb ataladigan falsafiy ta’limotning paydo bo‘lishiga olib kelgan. Bu soha
bilan shug‘ullanadigan olim va mutaxassislar konfliktologlar deb ataladi. Ular
konfliktlarni keltirib chiqarish emas, balki ularning
oldini olish va jamiyat uchun foydali tarzda hal qilish yo‘llari va usullari ustida
bosh qotirishadi.
Har bir ziddiyatning aniqlanishi, hal qilinishi o‘zgarishga,
yangilanishga, bir
sifatdan ikkinchi sifatga, eskidan yangiga o‘tishga sabab bo‘ladi. Olam turli-tuman
bo‘lganligi uchun ziddiyatlar ham xilma-xildir. Masalan, ichki va tashqi ziddiyatlar,
asosiy va asosiy bo‘lmagan ziddiyatlar mavjud. Ular O‘rtasida farq bo‘lgani
bilan
birga, mutloq chegara ham yo‘q. CHunki amalda, hayotda ular bir-biriga o‘tishi,
birgalashib ketishi va taraqqiyotda turli xil o‘rin tutishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: