Falsafaning asosiy qonunlari va tamoyillari. Qarama-qarshilik va ziddiyat
qonuni. Miqdor va sifat o‘zgarishlari dialektikasi. Inkorni-inkor qonuni va
vorisiylik.
Falsafa o‘z mohiyati bilan narsa va hodisalarning harakati, o‘zgarishi va
rivojlanishiga ular o‘rtasidagi bog‘lanish va aloqadorlik munosabatlarini o‘rganadi.
SHuningdek jamiyat va inson tafakkurining mavjudlik qonuniyatlari ham borliqning
ajralmas qismi sifatida umumiy aloqador qonuniyatlarda o‘rganiladi. Albatta,
olamdagi har qanday bog‘lanish ham rivojlanishga sabab bo‘lavermaydi. Chunki bu
bog‘lanishlarning ko‘lami, mohiyati, ta’sir kuchi va doirasi turlicha.
Bog‘lanishlarning ana shu xususiyatlariga qarab, zaruriy va tasodifiy, ichki va tashqi,
bevosita va bilvosita, muhim va muhim bo‘lmagan va hokazo bog‘lanishlarga
ajratish mumkin.
SHuningdek, olamda boshqa voqea yoki hodisalardan alohida, ular bilan
bog‘liq, o‘zaro aloqadorlikda va ta’sirda bo‘lmagan birorta ham voqea yoki hodisa
mavjud emas. Demak, o‘zaro bog‘lanish va ta’sir natijasida narsa-hodisalarda
o‘zgarish sodir bo‘ladi. Lekin, barcha o‘zgarishni har doim ham birdaniga, yaqqol
sezish mumkin emas. Chunki olamning namoyon bo‘lish turli darajada bo‘lganligi
sababli, o‘zgarishlar ham turlichadir.
Tashqi faktorlar (inson faoliyati, yorug‘lik, issiqlik, namlik, atmosfera bosimi)
natijasida ro‘y beradi o‘zgarishlarni ko‘z ko‘radi, quloq eshitadi. Xullas, ular oson
anglab olinadi, ochiq-oydin namoyon bo‘ladi. ulardagi o‘zaro bog‘liqlikni ham oson
ko‘rish, ilg‘ash mumkin. Ana shunday oson ko‘rish va ilg‘ash mumkin bo‘lgan, ochiq-
oydin ro‘y beradigan voqea, hodisa, natijaga nisbatan «zohiriylik» tushunchasi,
mohiyatini ilg‘ash qiyin bo‘lgan va murakkab ichki sabablar natijasida kechadigan
jarayonlar o‘zgarishlarga nisbatan «botiniylik» tushunchasi qo‘llaniladi. Falsafada
rivojlanish, o‘zgarish, taraqqiyot jarayonlari dialektik nuqtai nazardan qarama-
qarshiliklar birligi va ana shu birlik asosida ro‘yo beradigan o‘zgarishlar asosida
o‘rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |