O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Qonun tushunchasi. Qonunlarning turlari


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Qonun tushunchasi. Qonunlarning turlari.
Qonun tushunchasi dunyoning mavjudligi ana shunday botiniy va zohiriy 
o‘zgarishlarning abadiy takrorlanib turishidan iboratdir. Bu takrorlanishlar esa o‘z 
mohiyati va xususiyatlarini saqlab qolganliklaridan qonun va qonuniyat tusini olgan. 
Masalan, biz Nyuton tomonidan kashf etilgan butun olam tortishish qonunini 
o‘rganganimizda ana shunday holni idrok etamiz. Bu qonunning asosiy mohiyati 
butun olamdagi narsalarning bir-biri bilan alokadorligi tamoyilining doimiy 
takrorlanishi, har soniya va har daqikada bu holatning sodir bo‘lib turishini 
isbotlaydi. 
Xo‘sh qonun o‘zi nima? U kishi va umuman, jamiyat hayotida qanday 
ahamiyatga ega? Qonunni bilmasdan, o‘rganmasdan turib yashash mumkinmi? 
Qonun tushunchasi kundalik hayotimizda nisbatan tez-tez ishlatib turiladigan 
tushunchadir. Xususan, fizika yoki ximiya qonunlari deymiz, tabiat qonuni yoki 
bo‘lmasa, iqtisodiy qonunlar, yuridik qonunlar va h.k. YUqoridagilarni birlashtirib 
turadigan, barchasi uchun ham umumiy bulgan xossa, xususiyatlar bormi? Eng 
avvalo, shuni aytish kerakki, olamdagi barcha narsa — tabiat, jamiyat va inson 
taraqqiyoti ma’lum qonunlar asosida amalga oshadi. Fanlarning (ijtimoiy, gumanitar, 
tabiiy va h. k,) asosiy vazifasi har bir soha bo‘yicha tadqiqot o‘tkazib, qonunlarni 
kashf qilish yoki ularning amal qilish xususiyatlarini o‘rganish, ochib berishdan 
iborat. 


231 
Qancha ko‘p qonun kashf qilinsa, taraqqiyot shuncha tez buladi. Taraqqiyot 
qonunlarini bilmasdan turib, rivojlanishga erishish qiyin. Hozir mustaqil O‘zbekiston 
barcha rivojlangan mamlakat singari ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqgisodiyotiga 
asoslangan demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo qilish yo‘lidan bormoqsa. 
Bunda umumbashariy qonunlar va mamlakatimizning o‘ziga xos xususiyatlari 
e’tiborga olingan. 
Inson qonunlarni bilishi, ularga amal qilishi doirasida erkindir. Erkinlik nima? 
Erkinlik anglab olingan zaruriyatdir. Har qanday qonunga xos belgilardan biri 
zaruriyligi yani ob’ektiv tarzda amalga oshish, o‘z-o‘zidan namoyon bo‘lishdir. 
Erkinlik esa ana shu zaruriylikni anglab olish mazmuniga amal qilishdan iborat 
faoliyatni anglatadi. 
Yuristlarda shunday ibora bor: «Qonunni bilmaslik javobgarlikdan xolos 
qilmaydi». Ana shu tufayli siz yuridik qonunlarni kancha yaxshi bilsangiz, 
o‘zingizning faoliyatingni!» shunga moslab olib borasiz. Demak, shuncha erkin 
bo‘lasiz. SHu holda siz nima qonuniy, nima esa qonuniy emasligini yaxshi bilasiz, 
qonunga xilof qadamlar qo‘ymaysiz. 
YUqoridagi fikrlarni xulosa qilib, qonunga qo‘yidagicha tarif berish mumkin: 
Qonun olamdagi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy va takrorlanib 
turuvchi bog‘lanishlari, aloqalari va munosabatlarining namoyon bo‘lishidir. Endi 
qonunning belgilariga to‘xtalamiz: 
1) 
Qonun turli-tuman aloqadorliklar, bog‘lanishlardan faqat muhimlarini, 
yani bunday bog‘lanishlarni ifodalaydiki, bu «olamning mavjudligi, o‘zgarishlari va 
undagi narsa hamda hodisalarning mohiyatidan kelib chiqqan bo‘ladi; 
2) 
Qonun zaruriy bog‘lanishlarni ifodalashi, ya’ni tasodifiy bog‘lanishlar, 
goh paydo bo‘lib, goh yo‘qolib ketadigan bog‘lanishlarga asoslanmaydi; 
3) qonun narsa va hodisalarning umumiy bog‘lanishlarini ifodalaydi. 
Qonun nisbatan barqaror, takrorlanib turuvchi rivojlanishlarni (munosabatlarni) 
ifodalaydi, yani bir safar berib, ikkinchi safar yuz bermaydigan bog‘lanishlarni 
butunlay qamrab olmaydi.
Tabiat qonunlariniig yana bir eng muhim xususiyati — bu ob’ektiv xarakterga 
ega, yani u insonga ham, insoniyatga ham bog‘liq emas. Biror kishi, hatto millatning 
irodasi bilan ham, tabiat qonuniga tub o‘zgartirish kiritish yoki uni butunlay yo‘q 
qilish mumkin emas. Chunki bu qonunlarning asosini tashkil qilgan bog‘lanishlar, 
munosabatlar ob’ektiv xususiyatga ega. 
Olamdagi har bir narsa va hodisa bir-birini taqozo qiladigan va shu bilan birga, 
bir-birini istisno qiladigan qarama-qarshi tomonlar birligidan iborat. Demak, voqe’lik 
va o‘zgarish jarayonida ayniyat va ziddiyatning bo‘lishi ham odatiy hol. Masalan, 
issiq va sovuq, oq va qora, kecha va kunduz, elektrning musbat va manfiy zaryadlari, 
yaxshilik va yomonlik, adolat va jaholat va h. k. Qarama-qarshi tomonlar bir-birini 


232 
inkor etadi va shu bilan birga biri ikkinchisini taqozo etadi, biri ikkinchisisiz mavjud 
bo‘la olmaydi. Faraz qilaylik, magnitning manfiy zaryadi bo‘lmasa, u holda ushbu 
narsa magnit bo‘lolmaydi. 
Borliq narsa, voqea-hodisalarning turli-tumanligidan iborat. Lekin narsalar 
qanchalik hilma-xil, turli-tuman bo‘lmasin, ular o‘rtasida yaqinlik, aynanlik 
mavjuddir. Masalan, stol va stul sifat jihatidan turli narsalardir. Lekin baribir ular 
o‘rtasida o‘xshash tomonlar, belgilar bor. aytaylik ularning yo rangi yoki bir turli 
materialdan yasalganligi yoki bo‘lmasa, vazni o‘xshash bo‘lishi mumkin va h.k. 
Ayniyat tushunchasi narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘xshash tomonlarni 
ifodalaydi. Shu bilan birga narsa-hodisalar bir biridan farq qiladigan tomonlar, 
xususiyatlar, belgilarga ham egadir. Aynan bir xil bo‘lgan narsaning o‘zi yo‘q. Hatto 
daraxtning bir shoxida yonma-yon turgan 2 barg ham bir-biridan farq qiluvchi bazi 
jihatlarga ega. Hech bo‘lmaganda, ular bir biridan makondagi o‘rni bilan farq qiladi. 
Hayotdan misol keltiradigan bo‘lsak, bir-biriga tashqi tomondan tamomila 
o‘xshash bo‘lgan Hasan va Husanlarda ham huddi kun farq qiluvchi xususiyatlar bor. 
Masalan, ularda fel-atvor, qiziqish turi, dunyoqarashlar har xil bo‘lishi, ularning 
ichki dunyolari farq qilishi mumkin. Demak, tarif narsa — hodisalarning farq 
qiluvchi tomonlarini ifodalovchi tushunchadir. 
Xo‘sh, qonuniyatli aloqalarning muhim belgilari va asosiy xususiyatlari 
qanday? Qonun, bu – muhim xarakterga ega bo‘lgan aloqadir. Qonun va mohiyat 
tushunchalari bir xil toifadagi tushunchalardir. Qonuniyatli aloqalarning muhimlik 
va zarurlik xossalari ularning yana bir xususiyatini – umumiyligini keltirib chiqaradi. 
Umumiylik qonunning tegishli sharoit bo‘lgan hamma erda amal qilishini bildiradi. 
Qonunlar kamroq umumiy bo‘lib, faqat moddiy jarayonlarning cheklangan 
sohalaridagina amal qilishi, ayrim konkret fanlar tomonidangina o‘rganilishi 
(masalan, energiyaning saqlanishi va aylanishi qonuni) mumkin; shuningdek 
qonunlar falsafa tomonidan o‘rganiladigan umumiy, universal bo‘lishi mumkin 
(dialektika qonunlari). 
Qonunlar o‘zining ifodalash shakllari bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Bir xil 
qonunlar hodisalar o‘rtasidagi qat’iy miqdoriy bog‘liqlikni aks ettiradi va fanda 
matematik formulalar bilan qayd etiladi (masalan, butun jahon tortilish qonuni). 
Boshqa xil qonunlarni esa qat’iy matematik formulalar bilan ifodalab bo‘lmaydi 
(masalan, tabiiy tanlanish qonuni). Qonunlarni sinflarga bo‘lish g‘oyat muhim 
ahamiyatga ega: dinamik qonunlar (qattiq determinatsiya), statistik (ehtimoliy) 
qonunlar, simmetrik qonunlar, boshqaruv qonunlari. Qonunlarning turli sinflari 
mavjudligi dunyoda sifat jihatdan turli tuman muhim aloqalar mavjudligini aks 
ettiradi, bu esa ilmiy bilim tuzilmasida, uning tuzilish mantiqida o‘z ifodasini 
topadi. 


233 

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling